Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Hypericum perforatum l osimligining dorivorlik xususiyati va genetik tahlili
Фарангиз Джамоатова · Бобур Анваров
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 11 · 17-22 · 2026
Аннотация
Qizilpoycha – Hypericum L. va dog‗li (to‗rtqirrali) dalachoy- Hypericum muculatum Crantz. Dalachoydoshlar- Hypericum oilasiga kiradi. Dalachoy ko‗pyillik, bo‗yi 30- 276 100 smga yetadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi va ildizi sershox. Dalachoy o‗simligini yetishtirish bugungi kunda keng yo‗lga qo‘yilgan. Undan tayyorlangan damlama antidepressant ta‗sirga ega ya‘ni markaziy asab tizimini tinchlantirish va stress xolatlarda yaxshilash kabi ta‘sirga ega. Kalit so‗zlar: Hypericum Perfiratum, qilpoycha, to‗qson to‗qqiz kasallikka davo o‗t, Hypericum muculatum. Qizilpoycha (dalachoy)-o‗simligi sariq, yulduz shaklida bo‗lib, qadimdan shifobaxsh giyoh sifatida foydalaniladi. Hypericum L dalachoydoshlar- Hypericaceae oilasiga kiradi. Dalachoy turlari ko‗p yillik, bo‗yi 30-100 smga yetadigan o‗t o‗simlik. Poyasi bir nechta tik o‗suvchi, silliq, tuksiz, qirrali bo‗lib, yuqori qismi qarama-qarshi joylashgan. Bargioddiy, cho‗ziq tuxumsimon, poyada bandsiz qarama-qarshi joylashgan. Mevasi uch xonali, ko‗p urug‗li, ko‗sakcha. Urug‗i mayda, qo‗ng‗ir rangli. Iyun-avgust oylarida gullaydi. Tarqalgan hududlari Farg‗ona, Toshkent, Samarqand, Surxandaryo va Jizzax viloyatlarining tog‗ oldi mintaqasidan o‗rta tog‗ hududigacha tarqalgan[1]. Qizilpoycha ko‗p yillik o‗simlik bo‗lib, asosan urug‗idan ko‗paytiriladi. O‗simlik ekishdan avval yerni kuzda 25-28 sm qatlami haydaladi. Gektariga 20-25 tonna go‗ng va 50 kg superfosfat o‗g‗iti beriladi. Mart oyining oxiri aprel oyining boshlarida urug‗lar sertifikatsiya qilinib sabzovot ekadigan seyalkalarda qator oralarini 60 sm li va urug‗ni 0,5-1 sm chuqurlikka ekiladi. Urug‗ juda mayda bo‗lgani uchun uni qumga aralashtirib ekiladi. Gektariga 4-5 kg dan urug‗ sarflanadi. Uning urug‗lari 5-6 C da 12-16 kundan keyin ko‗karib chiqishi mumkin. Lekin urug‗larning tez unishi uchun harorat 18-20 C bo‗lishi muhim. Agar kuzda ekilgan bo‗lsa unishi tez va hosildorligi yuqori bo‗ladi. Agar o‗simlik qalin bo‗lib chiqsa uni orasi siyraklatilib, 1 m yerga 10 ta o‗simlik o‗tkaziladi. Birinchi yili o‗simlik 10-12 marta sug‗oriladi, qatororalari 4-5 marta yumshatiladi. O‗sish davomida gektar hisobiga 40 kg dan azot, 30 kg dan kaliy o‗g‗iti beriladi. Iyun va iyul oylarida dalachoy to‗liq gullaganda uning yer usti qismini gulli shoxlari shonasi 30 sm dan oshmasdan o‗rib olinadi va maxsus uskunalarda quritiladi. Birinchi o‗rimdan keyin dalachoy ekilgan maydonlarning gektariga 80-100 kg ammofos o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi. Orada 30-40 kun o‗tgandan keyin dalachoyni ikkinchi marta o‗rib olish mumkin. Dalachoy birinchi yili meva bermaydi. Dalachoy o‗tlarini odatda iyun oxiridan iyul boshlarida ommaviy gullash paytida yig‗iladi. Yig‗ilgan o‗tlar yaxshi havo aylanadigan chortoqlarda yoki ayvonlar ostida quritilib, qog‗ozga yoki matoga 5-10 sm qalinlikda yopilib, vaqti-vaqti bilan aylantiriladi. Butun o‗simlik o‗ti 15 kg dan oshmaydigan matodan qilingan qoplarga, maydalangani 25 kg og‗irlikdagi qoplarga qadoqlanadi. Xomashyoning yaroqlilik muddati 3 yil. Namlik 13 % dan oshmasligi kerak [2-4]. Foydali xususiyatlari: Dalachoy dorivor o‗simlik sifatida dastlab qadimgi Yunonistonda tanilgan. Rossiya tabobatida dalachoy o‗simligini to‗qson to‗qqiz kasallikka qarshi o‗t deb hisoblanadi va ko‗plab kasalliklarni davolash uchun, ayniqsa, dorivor o‗tlar aralashmasida keng qo‗llaniladi. Dalachoy o‗ti biriktiruvchi, qon to‗xtatuvchi, yallig‗lanishga qarshi, og‗riq qoldiruvchi, antiseptik, siydik haydovchi ta‘sirga ega. O‗simlik ishtaxani qo‗zg‗atadi, to‗qimalar tiklanishini tezlashtiradi va asab tizimiga tinchlantiruvchi ta‘sir ko‗rsatadi. O‗simlik damlamasi ayollar kasalliklari, oshqozon –ichak trakti kasalliklari, jigar, yurak va siydik pufagi kasalliklarida, xususan, buyrak toshlarida qo‗llaniladi[5-8]. Genetik tahlili: Hypericum L. turlari haqida Shuyan Ma, Majid Xayatnezhad, Amir Abbos Minaifor Hypericum L turlari orasidagi genetik xilma-xillik va munosabatlari haqida quyidagicha ishlar olib borgan. Eron shimolidagi Hypericum turlarini tahlilini olib borishgan. Odatda Ibn Sino (yoki Abu Ali Sino) deb atagan "Hofariqun" nomlari bilan Eronda mahalliy giyoh sifatida tanilgan. Hypericum jinsi o‗simliklari an‘anaviy ravishda dunyoning turli burchaklarida dorivor o‗simliklar sifatida ishlatilgan. Hypericum perforatum L. so‗nggi yillarda eng ko‗p ishlab chiqarilgan va qo‗llanilgan o‗simlik preparatlaridan biri, ayniqsa yengil antidepressant sifatida manba hisoblanadi. Ushbu tadqiqot uchu 9 viloyatdagi 17 turdan tasodifiy to‗plangan 175 o‗simlikdan foydalanilgan.10 ta primer yordamida genomik DNKni kuchaytirish 141 ta bandni hosil qildi, ulardan 127 tasi polimorf (95,78%). Olingan yuqori o‗rtacha PIC va MI 277 qiymatlari Hypericum turlari orasida polimor lokuslarni aniqlash uchun ISSR primerlarining yuqori imkoniyatlarini aniqladi. 17 ta to‗plamning genetik o‗xshashligi 0,617 dan 0,911 gacha baholandi. Oddiy ketma-ketlikni takrorlash (ISSR) belgilari tahliliga ko‗ra, H. androsaemum va H. hirtellumeng past o‗xshashlikka ega va H
Доказательный фрагмент
«Qizilpoycha – Hypericum L. va dog‗li (to‗rtqirrali) dalachoy- Hypericum muculatum Crantz. Dalachoydoshlar- Hypericum oilasiga kiradi. Dalachoy ko‗pyillik, bo‗yi 30- 276 100 smga yetadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi va…»
Образец извлечения
Демо-превьюQizilpoycha – Hypericum L. va dog‗li (to‗rtqirrali) dalachoy- Hypericum muculatum Crantz. Dalachoydoshlar- Hypericum oilasiga kiradi. Dalachoy ko‗pyillik, bo‗yi 30- 276 100 smga yetadigan o‗t o‗simlik. Ildizpoyasi va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- toqson toqqiz kasallikka davo ot, qilpoycha, Hypericum muculatum, Hypericum Perfiratum
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025