К содержанию
РецензированоUZ2026

''ZAMONAVIY TA'LIMDAGI MUAMMOLAR''

''ZAMONAVIY TA'LIMDAGI MUAMMOLAR'' · Abdumutalova Shirin Axmad qizi

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim unsurlari, zamonaviy ta'limdagi muammolar va ularga yechim, yosh pedagoglarning salohiyatini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan. Kalit so'zlar: Zamonaviy ta'lim tizimi, byurokratiya, pedagoglarlardagi ba'zi kamchililar, o'quv malaka, metodlar, tezkor izlanishlar, Shiddat bilan rivojlanayotgan yurtimiz O'zbekiston har jabhada rivojlanishni boshdan kechiryapti. Ta'lim, texnologiya sohalarida ancha ilgariladi. Rivojlanish bo'lishi bilan bir qatorda, ta'lim sohamizda o'ziga yarasha kamchilik va muammolar bor. Ularni to'g'ri tushungan holda o'rgansak va muamollarni to'g'irlashga harakat qilsak foydadan holi bo'lmaydi. Bilamizki, ta'lim sohasidagi rivojlanishlar yurtimizda kecha yoki bugun rivojlanishni boshlanmadi. Deyarli barcha fanlarning rivojlanish ildizi bizning ota-bobolarimizga borib taqaladi, lekin kechagi kun bilan cheklanib qolish, ertangi kun rivojiga hissa qo'shmaydi. Yangiliklar yaratish, izlanishlar olib borish, turli xildagi metodlarni hayotga tadbiq etish nafaqat insonni, balki mamlakatdagi ta'lim rivojlanishiga ham katta foyda beradi. Biz XXI asr ya'ni g'aroyib davrda yashayapmiz. Atrofimizdagi olam tez sur'atlarda, tanib bo'lmas darajada o'zgaryapti. Shularni inobatga olgan holda zamonaviy o'qituvchilarimiz bugungi kun nuqtai nazaridan qaraganda, turli xildagi shart-sharoitlarga tayyor bo'lishi kerak. Masalan; -rivojlanish; -o'z ustida ishlash; -o'zgarish; -o'z xatolarini tan olish kabilar bilan ishlagan pedagogda muammolar soni ancha kamayadi. Zamonaviy muallim va o'qituvchilar o'z mehnati mahsulidan bahra olish va shogirdlari tomonidan foyda olishni istasalar, quyidagi sifatlarga ega bo'lishlari lozim. 1. Bolalarga hurmat (hurmat ikki tomonlama bo'lsa maqsadga muvofiq bo'ladi). 2. Tolerantlik (har bir bolaning o'ziga xos xarakter xususiyati bor, ularga chidamli bo'lish). 3. Chegarani his qilishi (ruhiy va shaxsiy chegaralarni o'z ichiga oladi). 191 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference 4. O'z vazifasini tushunishi (o'qituvchi google qidiruv tizimida yo'q ma'lumotlarni bera olishi kerak). 5. O'z o'zini tanqid qilishi (agar o'qituvchi o'z faoliyatini tahlil qilib, uni qanday rivojlantirish haqida o'ylasa, u ko'p narsaga erishadi. Agar yuqoridagi pedagoglar yuzasidan bo'layotgan muammolar bartaraf etilsa, ta'lim tizimidagi muammolar soni ham kamayadi. Endi aynan ta'limdagi muammolarga to'xtalamiz va zamonaviy umumiy o'rta ta'lim maktablaridagi kamchiliklarni sanaymiz. 1-muammo. Yosh o'qituvchilardagi malaka pastligi. Yosh ustozlarimiz yetarlicha bilim olmay, o'z ustida ishlamay katta ish o'rinlariga o'tirishi va katta miqdordagi ish soatini talab qilishi. Ularning yoshlarga bilim berishga vaqti yo'q, faqat obro' kerak- juda katta muammo. 2-muammo. Katta uy vazifasi. Pedagoglar qanday vazifa bersa, shuni talab qilishga haqqi bor, biroq bermagan bilimini so'rab olish maqsadga muvofiq bo'lmaydi. Sinfda tushuntirib ulgurmagan sinf vazifalari, odatda, uy vazifaga aylanib qoladi. Sinfda bo'sh o'zlashtiruvchi o'quvchilar ham bo'ladi, albatta. Shu sababli o'quvchilar mavzuni tushunmaydilar va ularda bo'shliq paydo bo'ladi. 3-muammo. Maxsus o'qitish tizimining yo'qligi O'zbekistondagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida maxsus o'qitish tizimi yo'lga qo'yilmagan ya'ni o'quvchilar davlat tomonidan berilgan 15-18 tagacha fanni birdek o'qishga majbur. O'quvchilar barcha fanni mustaqil, a'lo darajada o'zlashtira olmaydilar, buning o'rniga 6 ta ular uchun kerakli fanni dasturga joylashtirsak, nur ustiga a'lo nur bo'ladi va o'quvchilarda ta'limga nisbatan qiziqish uyg'onadi. 4-muammo. Ta'lim samaradorligini pastligi. 1 soat dars 45 daqiqani tashkil etadi. Shu vaqt davomida o'quvchilarga 4 tadan 8 tagacha vazifa beriladi, lekin bu vaqt davomida uyga vazifa tekshirish, yangi mavzuni tushuntirish va sinfdagi mashqlarni ishlashga vaqt yetmaydi. Buning natijasida ta'limdagi samaradorlik past ko'rsatgichlarni qayd etadi. 5-muammo. Sifatga emas, balki songa ishlash. Hozirgi kundagi eng dolzarb mazvulardan biri. Maktab ma'muriyati va o'qituvchilar orasida o'quvchilarning bilim sifatiga emas, balki ularning soniga ishlash avj olgan. 6-muammo. Byurokratiya. 192 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference Maktablarda bo'layotgan asosiy tadbirlar, anjumanlar yoki yangiliklar rasmiyatchilik yuzasidan bo'lishi katta ehtimol bilan to'g'ri. Asosan, biz ,,rasm'' uchun ishlaymiz. 7-muammo. O'quvchilarda OAV haqida ma'lumotlar yo'qligi. Zamona talabining asosiy qismi, ommaviy axborot vositalari hisoblanadi, lekin hozirgi yoshlar axborot madaniyati va elektron savodxonlik haqida bilimlar yetarli emas. 8-muammo. Xorijiy tillarni bilmaslik. Deyarli 70-80% o'quvchi yoshlarimiz chet tillarini bilmaydi, balki o'zlarida xohish yo'qdir, balki ularga o'rgatish uchun ilmli pedagoglar yo'qdir. 9-muammo. Eski tizimda qolib ketish. Maktablarimizda nafaqa yoshidagi ustozlarning ko'pligi va u

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim unsurlari, zamonaviy ta'limdagi muammolar va ularga yechim, yosh pedagoglarning salohiyatini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada zamonaviy ta'lim unsurlari, zamonaviy ta'limdagi muammolar va ularga yechim, yosh pedagoglarning salohiyatini oshirish yuzasidan fikrlar yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Zamonaviy ta'lim tizimi, byurokratiya, pedagoglarlardagi, o'quv malaka, pedagoglarlardagi ba'zi kamchililar, metodlar, tezkor izlanishlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники