К содержанию
РецензированоUZ2026

O`QISH DARSLARI - O`QUVCHILARNING KREATIV FIKRLASHGA O`RGATISH ASOSI

O`RGATISH ASOSI · Amonova Amina Shavkatovna

Развитие педагогических технологий в современных науках · 2026

Аннотация

maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativ fikrlashni o`rgatishda Finlyandiya ta’lim dasturining ahamiyati, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o`qish va savodxonlik malakalarini oshirishda ko`p qirrali ijodiy topshiriqlar tahliliga o`rgatishning ayrim tamoyillari haqida fikr yuritilgan. Kalit so`zlar: kreativ fikrlash, modifikatsiya, PIRLS, EGRA, EGMA, savodxon, ijodiy tafakkur, texnologiya, badiiy matn, robototexnika, axborot Ta’lim tizimidagi islohotlar hamisha yosh avlodni raqobatbardosh, yuksak intellektual salohiyatli qilib tarbiyalashga yo`naltirilgan. Mustaqillik yillaridagi ilm-fan taraqqiyoti boshlang`ich sinflarning ta’lim mazmuniga ham o‘zgarishlarni olib kirmoqda. Negaki, ilm-fan yangiliklari, zamonaviy texnologiyalar yosh avlod ma’naviy qiyofasini ham tobora o‘zgartirib bormoqda. Natijada, turli o‘quv predmetlarini o‘qitishda soatlarning qisqarishi, o‘quv materiallari mazmunining ilmiy jihatdan murakkablashishi o‘quvchilarga qo‘yilayotgan talablarning kuchayishi, ta’lim sohasidagi yangilanishlarga ehtiyoj tug`dirmoqda. Maktab ta’limida bugungi kunda erkin fikrlovchi, ijodkor, serqirra hamda fan va texnikaning eng so`nggi yutuqlaridan keng foydalana oladigan barkamol avlodni tarbiyalash va bunda eng avvalo boshlang‘ich ta’lim tizimidagi samaradorlikni oshirish taqozo etilmoqda. Boshlang‘ich sinflarning Ona tili va o`qish savodxonligi darsliklari shu ma’noda chet el ta’lim tizimiga tayanilib tuzilgan dastur hisoblanadi. Unda o`quvchilarning nafaqat savod chiqarishi, balki ona tili, o`qish, badiiy matn tahlili, tabiatshunoslik, geografiya, rabototexnika, fan va texnologiya kabi bilimlarga ijodiy tafakkurlash asosida tasavvurga ega bo`lishi ko`zda tutilgan. Endilikda boshlang‘ich sinf faqat o‘qish, yozish va sanashni o‘rgatishi haqidagi tasavvur o`zgardi. Har bir bolaning shakllanishi davrida uning intellektual faolligini rag‘batlantirish, ijodiy qobilyatlarini o‘tsirish uning keyingi muvaffaqiyatlari uchun juda muhimdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida mustaqil fikrlash salohiyatini rivojlantirishda chet el ta’limi mexanizmlaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Jumladan, ona tili va o`qish savodxonligi darsliklari yangi mazmun va mohiyat, 123 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference qiyofa kasb etishini taqozo etdi. Aniqrog`i uning modifikatsion imkoniyatlari kengaydi. Binobarin, modifikatsiya – predmet yoki hodisaning asli, mohiyati saqlangan holda yangi xossalar paydo boʻlishi bilan namoyon boʻladigan shakliy oʻzgarishi, shunday oʻzgarishga uchragan predmet yoki hodisa, koʻrinish demakdir. Ijodiy maqsadlarni roʻyobga chiqarish kreativ fikrlashni taqozo etadi, lekin shu bilan birga aqliy salohiyat, soha borasidagi bilim va sanʼatkorlik talanti kabi kengroq va maxsus koʻnikma va qobiliyatlar ham zarur boʻladi. Masalan, sanʼat durdonalari yoki texnologik kashfiyotlarni yaratish bilan bogʻliq buyuk ijodkorlikda kreativ fikrlashdan tashqari salmoqli talant, chuqur bilim, muayyan sohada tinimsiz mehnat hamda jamiyat tomonidan ushbu mahsulot qiymatga ega ekanligi haqidagi eʼtirof ham talab etiladi. Va aksincha, kichik yoxud kundalik kreativlik (masa lan, fotojurnalda rasmlarni mahorat bilan joylashtirish; oziq-ovqat qoldiqlaridan yangi taomni hosil qilish yoki ishxonadagi murakkab muammoga ijodiy yechim topish kabi ijodiy fikrlashga qodir deyarli barcha insonlarga zarurdir. Shundan kelib chib fikr yuritsak, boshlang`ich sinflarning ona tili va o`qish savodxonligi darsligini mavzu-mundarijasi, shakily va mazmuniy o`zgarishlarini tahlil va tadqiq etish zarur. Ma’lumki, respublikamizdagi ta’lim tizimi islohotlarida xorijiy mamlakatlar, jumladan Finlyandiya ta’limiga xos bo`lgan omillar, fin ta’limining muvaffaqiyat tamoyillari muhimlik kasb etadi. Ayniqsa, bolalarni kreativ fikrlashga o`rgatishda o`qish darslari muhim rol o`ynashi nazarda tutilsa, bunga erishish usullari haqida mulohaza yuritish o`rinli. Zotan, Finlyandiya taʼlimida nimaga urgʻu berilsa, PIRLS – boshlang‘ich 4-sinf o‘quvchilarining matnni o‘qish va tushunish darajasini baholash; EGRA va EGMA esa boshlang‘ich sinflarda o‘qish hamda matematika bo‘yicha ko‘nikmalariga baho beradi. Baholash natijalariga ko‘ra yangi o‘quvdasturlari, o‘qitish uslubi va yondashuvlar O‘zbekiston yoshlarining yaxshi natija ko‘rsatishi uchun moslashtiriladi dasturidagi baholashlar ham aynan shular bilan chambarchas bogʻliqligi ahamiyatlidir. PIRLS – (inglizcha – Progress in International Reading Literacy Study – matnni o‘qish va tushunish darajasini aniqlovchi xalqaro tadqiqot ) mazkur xalqaro tadqiqotning maqsadi turli xil ta’lim tizimidan iborat bo‘lgan davlatlarni boshlang‘ich maktab o‘quvchilarining matnni o‘qish va qabul qilish bo‘yicha tayyorgarligi hamda o‘quvchilarning har xil yutuqlarga erishishga sabab bo‘luvchi ta’lim tizimidagi o‘ziga xos xususiyatlarni aniqlash va baholashdan iborat. 124 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES Internation

Доказательный фрагмент

«maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativ fikrlashni o`rgatishda Finlyandiya ta’lim dasturining ahamiyati, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o`qish va savodxonlik malakalarini oshirishda k…»

Образец извлечения

Демо-превью

maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilarida kreativ fikrlashni o`rgatishda Finlyandiya ta’lim dasturining ahamiyati, o`quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, o`qish va savodxonlik malakalarini oshirishda k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kreativ fikrlash, robototexnika, PIRLS, EGMA, modifikatsiya, savodxon, axborot, texnologiya, ijodiy tafakkur, badiiy matn, EGRA
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники