Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Iqtisodiy muammolarni bartaraf etish inson faravonligi va barqaror rivojlanish kafolati
Chinoz ENK, . · BARQAROR RIVOJLANISH KAFOLATI · Mohinur Isaxonova
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2005
Аннотация
Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi. Kalit so‗zlar: iqtisod, rivojlanish, muammo, inson, barqaror, farovon, jamiyat, omil, asos, taraqqiyot. Iqtisodiy barqarorlik demokratik, adolatli jamiyat qurishning muhim omillaridan biri hisoblanadi. Jamiyat hayotining iqtisodiy sohasini barqaror muhitini doimiy ta‘minlab borilishi mamlakatimiz kelgusi taraqqiyotining muhim asosi hisoblanadi. Mazkur jarayon jamiyatda fuqarolarning iqtisodiy sohadagi huquq va manfaatlarini ta‘minlash, farovon hamda obod turmushini yanada samarali tashkil etilishiga muhim zamin yaratadi, uning hayotiyligini ta‘minlaydi. Jamiyat o‗zgarib borar ekan odamlarning hayotiy farovonlikka ega bo‗lishga qaratilgan ehtiyojlari ham rivojlanib boradi. Mazkur farovon jamiyatga erishi uchun jamiyatda barcha sohalarda uchraydigan muammolarni ham hal etib borish lozimdir. Jamiyatdagi inson faravonligini ta‘minlash, mavjud muammolarni bartaraf etib borish lozimligi haqida mamlakatimiz Prezidenti SH.Mirziyoev quyidagicha ta‘kidlagan: «Insonlarning 554 dardu tashvishini o‗ylab yashash biz uchun odamiylikning eng oliy mezoni, eng muhim vazifa bo‗lib qolishini alohida ta‘kidlamoqchiman. CHunki xalqimiz o‗z hayotidagi ijobiy o‗zgarishlarni kelajakda emas, balki bugun ko‗rishni, ulardan bugun bahramand bo‗lishni istaydi. Aholimizning ana shunday tabiiy istak va talablarini bajarish barcha rahbar va etakchilarning asosiy burchi va vazifasiga aylanishi shart»[1]. Iqtisodiy barqarorlik va unga to‗siq bo‗ladigan salbiy hodisa va jarayonlarning o‗zaro bir- biriga ta‘siri va muntazam sharoitlari o‗rganilib, iqtisodiy tizimning muvozanatiga nomuvofiqligi va qarama-qarshi hodisasi sifatida tadqiq etilishi lozim. Alohida olingan muammolar va salbiy hodisalarni o‗rganish, tahlil etish, uning o‗sish va rivojlanish dinamikasini o‗rganish va ularni bartaraf etish yo‗llarini tadqiq etishga ehtiyoj sezilmoqda. Bugungi iqtisodiyot fani doirasida jamiyatning iqtisodiy tizimi bilan aloqador bo‗lgan bir qancha muammolar hamda salbiy omillar bilan bog‗liq tushunchalar mavjuddirki, ularning tadqiq va tahlil etish dolzarb masaladir. O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―2022–2026 yillarga mo‗ljallangan YAngi O‗zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‗g‗risida‖gi farmoni qabul qilindi. Bu bilan kelgusi 5 yilga mo‗ljallangan taraqqiyot strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur davrda mamlkatimiz iqtisodiyoti yanada barqaror rivojlaniga erishadi. E.Tulyakovning ta‘kidlashicha, ―Taraqqiyot strategiyasida boshqa ustuvor vazifalar bilan bir qatorda, milliy iqtisodiyot barqarorligini ta‘minlash, iqtisodiyot tarmoqlarining barqaror o‗sishiga erishish, raqamli iqtisodiyotni drayver sohaga aylantirish, investitsiya muhitini yaxshilash, moliyaviy resurslarni ko‗paytirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish, eksport salohiyatini oshirish choralari ko‗zda tutilgan‖[2]. Jamiyat taraqqiy etib borar ekan, uning iqtisodiy sohasi ham yangi an‘analar va tajribalar asosida rivojlanib boradi. Har bir sohani o‗z rivojlanish yo‗lida to‗siqlar va muammolari mavjud bo‗ladi. Mavjud muammolarni o‗rganish, uni shakllanish sabablari va omillarini tadqiq etish jamiyatning buguni va kelgusi istiqboli uchun muhim ahamiyatli bo‗lgan jarayondir. O‗zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov ta‘kidlaganidek, ―Mustaqillikka erishilganidan so‗ng halqimiz oldida ko‗ndalang bo‗lib turgan keskin muammolarni hal qilmasdan turib, yangi davlatchilikni barpo etish, demokratik huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyatini qurish mumkin emas‖[3]. Jamiyatda uchraydigan iqtisodiy muammolarni yanada aniqlashtirish, oydinlashtirishga qaratilgan keng qamrovli izlanishlar va tadqiqotlar o‗tkazish darkor. Iqtisodiy hayotning mazmun-mohiyatiga, iqtisodiy infratuzilmalar va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasi, kishilar turmush tarziga putur etkazishi mumkin bo‗lgan salbiy omillarni ko‗rsatib berish va uni oldini olish va tahlil etish muhim ahamiyat kasb etadi. Jamiyat hayotida muammolar va salbiy omillarni aniqlab, ularni bartaraf etish borasida tadqiqotlar olib borish fuqarolik jamiyati asoslarini mustahkamlashda muhim jarayon hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda jamiyat va insonlar hayoti mana shunday tadqiqotlar olib borilishiga o‗ziga xos ravishda ehtiyoj sezadi. Bugungi kunda mamlakatimizda iqtisodiy muammolarini bartaraf etib borilishi dinamik ravishda rivojlanib bormoqda. Bu esa, jamiyatda dasturiy asoslangan iqtisodiy islohotlarning samarali asosda olib borilayotganligidan dalolat beradi. A.Saitqosimovning fikricha, ―Jamiyat hayotidagi muammolar – bu jamiyat sohalarida barqaror muhitni ta‘minlashga salbiy ta‘sir etuvchi jihatlar, omillar va shart-sharoitlar yig‗indisi (majmuasi)dir. Muammolarni o‗rganish va bartaraf etilishi esa jamiyat va inson hayoti farovonligini ta‘minlashga qaratilgan jarayonlarni ta‘minlab, shu asnoda jamiyatning barqaror, osoyishta hayot kechiri
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada iqtisodiy muammolarni bartaraf etish, uning inson farofonligi, taraqqiyoti va barqaror rivojlanish kafolati haqida so‗z yuritiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- rivojlanish, iqtisod, farovon, omil, muammo, barqaror, jamiyat, inson, asos, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025