Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHET EL LINGVOKULTUROLOGIYASINING PAYDO BO’LISHI TARIXI
Ibrohimova Zarnigor Nodirjon qizi · ORCID ID ---
Развитие педагогических технологий в современных науках · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada lingvokulturologiyaning jahon tilshunosligida o’rganilishi va buning tildagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Shuningdek, linvokulturologiyaga oid leksik birliklar va ularning o‘rganilishi soha rivoji uchun muhim manba bo‘lib xizmat qilishi haqida ham fikrlar bildirilgan. Kalit so‘zlar: lingvokulturologiya, universal atamalar, hissiy kechinmalar, marosimlar, madaniy omil, muloqot. Tilshunoslikda lingvokulturologiya yo’nalishi XX asrning so’nggi choragida shakllangan bo’lib, “lingvokulturologiya” atamasi tilshunos V.N.Teliya boshchiligidagi Moskva frazeologik maktabida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida tilshunoslikka tatbiq qilingan. Aksariyat tadqiqotlarda lingvokulturologiyaning shakllanishi aslida nemis tilshunosi V. fon Gumboldtga aloqador ekanligi ta’kidlanadi. Chunki u hamisha tilni inson ruhiga bog’lab o’rganish g’oyasini ilgari surgan. Lingvokulturologiya ham tilni madaniyatga bog’lab o’rganadi, madaniyat esa inson tafakkuri, onggi, ma’naviyatiga bog’liq hamma narsa. Bu miflar, asotirlar, marosim va udumlar, ibora va maqollar, aytimlar, hattoki duo va qarg’ishlar hamdir. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR Tilshunoslik tilni ruh faoliyati sifatida tushunish darajasiga yetmaguncha hech qanday masalani yecha olmaydi. Shuning uchun ham V.Gumboldt doimo “xalq ruhi” tushunchasiga murojaat qiladi. “Xalq ruhi” atamasi ostida xalqning ruhiy o‘ziga xosligi, intelektual qadriyatlari, milliy madaniyat tushunchalari o‘z ifodasini topadi. Boshqacha aytganda, xalqning dunyoqarashini belgilovchi tafakkur tarzi, fani, adabiyoti va san’ati shu xalqning ruhiy dunyosini tashkil qiladi hamda tilida aks etadi. V.Gumboldt xalq ruhi va tili o‘rtasidagi munosabat o‘zaro zich bog‘langanligini, ularni ayro tasavvur qilib bo‘lmasligini bayon qilar ekan, tilni xalq ruhining tashqi voqelanishi, xalq tili uning ruhi, ayni paytda xalq ruhi uning tili ekanini ta’kidlaydi. Ana shu g‘oyadan kelib chiqqan holda tilning xilma-xilligi 5 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference xalq ruhining xilma-xilligi natijasidir, degan xulosaga keladi, til ruh qonuniyati asosida o‘zgarib rivojlanib boradi, deydi. Tilshunoslikda lingvokulturologiyaning shakllanishida A.A.Potebnya, L.Vaysgerber, X.Glints, X.Xolg`ts, U.D.Uitni, D.U.Pauell, F.Boas, E.Sepir, B.L.Uorf, G.Brutyan, A.Vejbitskaya, D.Xaymz singari tilshunoslarning hissasi katta. Lingvokulturologiya sohasida jiddiy tadqiqotlar yaratgan V.A.Maslova ushbu sohaning rivojini 3 bosqichga ajratadi: 1) fan shakllanishiga turtki bo`lgan dastlabki tadqiqotlarning yaratilishi (V. Gumboldt, E.Benvenist, L.Vaysgerber, A.A.Potebnya, E.Sepir kabi tilshunoslarning ishlari); 2) lingvokulturologayaning alohida soha sifatida ajratilishi; 3) lingvokulturologiyaning rivojlanish bosqichi. XX asr oxirlariga kelib Rossiyada, xususan, Moskvada to‘rtta lingvomadaniyatshunoslik maktablari shakllandi. 1. Yu.Yu. Stepanov maktabining maqsadi madaniyatning davomiyligini diaxron nuqtai nazardan tasvirlashdir. Yo'nalish turli davrlarda yaratilgan matnlar yordamida, ya’ni tilning faol egasi emas, balki tashqi kuzatuvchisi sifatida ish ko'radi. Bu maktab asoschisi akademik Yu.S. Stepanov qalamiga mansub “Konstanto: Slovar russkoy kulturo” asari lingvokulturologiyaga bag’ishlangan va fanda o‘z ahamiyatiga ega. Bu asar rus yozuvchilari, jamiyatning mashhur kishilari asarlari, shningdek, lug’atlardagi ibora va tushunchalar etimologiyasining tahliliga bag’ishlangan bo‘lib, bir necha bor chop etilgan. 2. Arutyunova lingvokulturologiya maktabi.Bu maktabda ham tahlil qilinadigan atamalar faol til egalari tomonidan emas, balki kuzatuvchilar tomonidan o‘rganiladi.Arutyunova maktabi tilshunoslari turli zamonlarda yozilgan tarixiy matnlardan olingan universal atamalar va tushunchalarni tahlil etadi. N.D.Arutyunova lingvokulturologiyaga bag’ishlangan “Культурноеконсепто” asarida shunday deydi: “Odam madaniyat konteksida yashaydi. Unig uchun bu kontekst “ikkinchi voqelik’’ sanaladi. O‘sha odam tomonidan yaratilgan va uning uvhun bilish obyektiga aylangan tabiat chetdan o‘rganiladi, madaniyat eesa ichdan. U g’ayriixtiyoriy refleks tufayli idrok etiladi”. 3. V.N. Teliya asos solgan lingvokulturologiya maktabi. Bu maktab o‘z esa navbatida jahon tilshunosligida Frazeologizmlarni lingvomadaniy tahlil qilish Moskva maktabi nomi bilan mashhur. Bu maktab madaniy semantikani til madaniyat egalari orqali o‘rganadi, ya’ni real til egalarining nuqtai nazari va dunyoqarashi orqali tilning mohiytai tadqiq qilinadi. Tilshunos V.N. teliya til va til birliklarini o‘sha tilning ichidan ichki kuzatuvchi sifatida o‘rganish g’oyasini 6 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference ilgari suradi. Uning fikricha, lingvokulturologiya inson omiliga, aniqrog’i insondagi madaniy omilni tadqiq etuvchi fandir. Teliya o‘zining “ Rus frazeologiyasi: semantik, pragmatik va lingvomadaniy aspektlar” kitobida yozishicha: “Lingvokulturologiya
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada lingvokulturologiyaning jahon tilshunosligida o’rganilishi va buning tildagi ahamiyati haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada lingvokulturologiyaning jahon tilshunosligida o’rganilishi va buning tildagi ahamiyati haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- : lingvokulturologiya, madaniy omil, marosimlar, universal atamalar, hissiy kechinmalar, muloqot.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026