Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PIRLS XALQARO BAHOLASH DASTURI ASOSIDA O‘QUVCHILARDA O‘QISH SAVODXONLIGINI SHAKLLANTIRISHNING METODIK TALABLARI
Rajabova Kimyoxon Farmonovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
В статье изложены методические требования к формированию читательской грамотности у младших школьников на основе международной оценочной программы PIRLS, процент распределения заданий, направленных на оценку осознанного чтения в исследовании PIRLS, научный анализ и рекомендации по проблемам, возникающим при обучении учащихся чтению, и вопросам их внедрения в практику. Ключевое слово: чтение текста, понимание, национальное образование, программа PIRLS, упражнение, творческое задание Annotation. The article describes the methodological requirements for the formation of Reading Literacy in primary school students based on the PIRLS International Assessment Program, the percentage of distribution of tasks aimed at assessing comprehension and reading in the PIRLS study, scientific analyzes and recommendations on problems arising in student literacy and their implementation in practice. Keyword: text reading, understanding, National Education, PIRLS program, exercise, creative assignment Kichik yoshdan boshlab bolalarni o‘qishga qiziqtirish oilada shakllanadi. Uydagilar: ota-ona, bobo-buvi, aka-uka, opa-singillarning bolani o‘qishga tayyorlash uchun jalb qilishi o‘rinli ravishda yetarlicha natijasini ko‘rsatadi. O‘qish va o‘qish asosida hayotni tushunib borish bolalarning dunyoni anglashiga yordam beradi. Umumiy o‘rta ta’limda esa boshqa fan bilimlarini o‘zlashtirishda aynan o‘qish savodxonligi natijasini ko‘rsatadi. O‘qishda 12 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference qiyinchiliklarga duch kelgan o‘quvchilar bilan muvaffaqiyatli ishlarni olib borish shart hisoblanadi. PIRLS xalqaro tadqiqot monitoringi badiiy va axborot matnlari asosida o‘quvchilarning savodxonlik va bilim darajasini, shaxsiy o‘qish ko‘nikmalarining shakllanishini baholash, turli tadqiqot sikllaridagi o‘zgarishlarni tahlil qilish va h.k. vazifalarni bajaradi. Sinov paytida vaqt cheklangan bo‘lib, o‘quvchilarga xalqaro tadqiqot bankining barcha topshiriqlarini bajarish imkoniyati mavjud emas. Chunki tadqiqotda taxminan 10 ta matn va matndan kelib chiqib, 135 tadan ortiq topshiriqlar kiritiladi. Shuning uchun xalqaro sinovni tuzishda va natijalarni qayta ishlashda zamonaviy sinov nazariyasi (IRT – Item Response Thyeogu) ishlatiladi. Ushbu nazariya tadqiqot davomida cheklangan miqdordagi vazifalarni (30 tagacha) o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlari, o‘qituvchilar va ta’lim muassasalarining xususiyatlarini hisobga olgan holda, anketa savollariga berilgan javoblarni tahlil qilish natijasida, har bir bola va har bir mamlakat uchun miqdoriy ko‘rsatkichlar, xalqaro ma’lumotlarni individual o‘quvchilar yoki butun guruh o‘quvchilari tomonidan bajarishi mumkinligini tavsiflaydi. – o‘quvchilarda badiiy o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish; – axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish va rivojlantirish. Tadqiqotda o‘quvchilarning dars vaqtidagi va maktabdan tashqari vaqtdagi o‘qish savodxonligini baholaydi. Ya’ni o‘quv dasturlari asosida olib borilgan ta’lim hamda o‘qishdan bo‘sh vaqtlarida, ta’tillarda qiziqib o‘qiganlari baholanadi. Tadqiqotda o‘quvchilar badiiy va axborot (ilmiy-ommabop) matnlarni o‘qish qobiliyatlari to‘rt guruhda baholanadi: – aniq shaklda berilgan matndan ma’lumot topish; – berilgan matndan xulosa chiqarish; – axborotni umumlashtirish, sintez va talqin qilish; – matnning mazmunini, til xususiyatlarini va tuzilishini tahlil qilish va baholash. O‘qish qobiliyati 4-guruh darajasidagi o‘quvchilarning iste’dodi borligi yaqqol ko‘rinadi (1-jadvalga qarang). 1-jadval. PIRLS tadqiqotida anglab o‘qishni baholashga yo‘naltirilgan topshiriqlar quyidagi foizlarda taqsimlanadi: T/r Tushunish jarayonlari PIRLS 13 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference 1 Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish 20% 2 Matndan kelib chiqib to‘g‘ridan to‘g‘ri 30% xulosalarni tuzish 3 Ma’lumotni umumlashtirish va izohlash 30% 4 Matnning tuzilishi va mazmuni, tilning o‘ziga 20% xosligini tahlili va baholanishi Aniq ko‘rinishda berilgan ma’lumotni topish, matnning tuzilishi va mazmuni, tilning o‘ziga xosligining tahlili va baholanishi jami 40 foizni tashkil qilsa, matndan kelib chiqib to‘g‘ridan to‘g‘ri xulosalarni tuzish, ma’lumotni umumlashtirish va izohlash 60 foizni tashkil qilishi 1.3-jadvalda ko‘rinadi. PIRLS tadqiqotida ishlatiladigan matnlar uchun quyidagi mezonlar belgilangan. 1. PIRLS tadqiqotida matnlar 1000 tagacha so‘zni o‘z ichiga oladi. O‘qish savodxonligi darajasi past bo‘lgan mamlakatlar uchun esa 400-500 ta so‘zli matn beriladi. 2. PIRLS tadqiqotidagi mavzularga qo‘yiladigan talablar: Adabiy matnlar asosiy mavzuga ega bo‘lib, u berilgan matndan tashqari o‘quvchi tomonidan umumlashtiriladi. Axborotdan iborat bo‘lgan matnlar o‘quv materiallardan olinmagan mavzu yoritib beriladi. 3. Tadqiqotda matn va topshiriqlar 40 dan ortiq tillarga tarjima qilinadi, shuning uchun tarjima qulay bo‘lishi muhim hisoblanadi: – m
Доказательный фрагмент
«В статье изложены методические требования к формированию читательской грамотности у младших школьников на основе международной оценочной программы PIRLS, процент распределения заданий, направленных на оценку осознанно…»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье изложены методические требования к формированию читательской грамотности у младших школьников на основе международной оценочной программы PIRLS, процент распределения заданий, направленных на оценку осознанно… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- matnni o‘qish, ijodiy topshiriq, PIRLS dasturi, mashq, tushunish, milliy ta’lim
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026