Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILIDAGI UNDOSH BIRIKMALARNING FONOSEMANTIK XUSUSIYATLARI
Isroilova Dilnavoz O’ktam qizi
Развитие и инновации в науке · 11 · 5178-5183 · 2017
Аннотация
This article talks about the phonosemantic features of some consonant sounds in English, as well as the fact that some sounds evoke different emotions in the human mind. Key words: Phonosemantics, reflective, communicative functions, Agrawal, theory of phonosemantics, phoneme clusters, consonant combinations, meaning, phoneme, lexical unit. Har qanday zamonaviy til belgilar va usullarning murakkab iyerarxik tizimidir.1 Tirik mavjudot kabi har qanday til doimiy ravishda rivojlanib, takomillashib boradi. Tilshunoslar har doim tillarning bunday xilma-xilligi qachon va qayerda paydo bo’lgan degan savolga qiziqib kelishgan. Fonosemantika shunday gipotezaki, bunda koinotda mavjud har bir tovushda tabiat tomonidan berilgan o’ziga xos ma’no borligi tushuntirilgan.2 Bu gipoteza zamirida shu mazmun yotadiki, biz har qanday tovushni hosil qilganimizda yoki tinglaganimizda, shu tovushlarga mos keluvchi o’ziga xos tuyg’uni his qilamiz. Bu olamdagi barcha tillar tovush va ma’no o’rtasidagi ana shu munosabat tufayli rivojlangan.3 Ushbu qarash falsafiy jihatdan har tomonlama qo’llab quvvatlanishiga qaramay, zamonaviy tilshunoslar bu fikrga qo’shilmaydilar. 1 Allwood J. 2017. From Language as a System of Signs to Language Use. The Routledge Handbook of Language and Dialogue, 9. 2 Magnus M. 2000. What's in a Word? Evidence for Phonosemantics (Doctoral dissertation, Norwegian University of Science and Technology). 3 SHestakova O. – Bolshakova N. 2016. Phonosemantics Principles of Description Onomatopoeias in the Dictionary of New Type. The Social Sciences, vol. 11, n. 21, pp. 5178-5183. 25 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference O’ylashimizcha, ular obyektni tuzilishiga qarab nomlashga harakat qilishadi. Haqiqat shundaki, tabiat hech qachon biron bir obyektga shunchaki nom bermaydi. Tilshunos olimlardan biri Jespersen o’z ehtiyojlari va imkoniyatlariga ko’ra obyektni kuzatadi va kuzatishlari davomida obyektning tuzilishiga alohida e’tibor qaratadi. Til belgisining g’ayriixtiyoriy, motivli tabiati zamonaviy tildagi barcha so’zlarni motivatsiyali deb hisoblash mumkin degan ma’noni anglatmaydi. Til doimo rivojlanib boradi, yangi so’zlar va yangi ma’nolar paydo bo’ladi, chunki so’zning o’zi ikki funksiyani bajaradi: reflektiv va kommunikativ funksiyalar.4 So’zning shakli va uning maʼnosi o’rtasida muntazam bog’liqlik borligi munozarali, degan tushunchani qayd etish mumkin. Ko’pgina tilshunoslar tovushlar va ular bildiradigan narsalar o’rtasidagi munosabat ixtiyoriy ekanligini ta’kidlaydilar. Tovushning o’zi universal ma’noga ega emasligini inkor etish qiyin, lekin har bir tilda u nisbiy qiymatga ega. Buni turli tillarda olib borilgan bir qancha tadqiqotlar tasdiqladi.5 So’zlar odatda bir nechta ma’noga ega bo’lishiga qaramay, umumiy, o’ziga xos va izchil semantik sohani topish mumkin. Olimlar o’z tadqiqotlarida so’zlardagi tovush va ma’no o’rtasidagi muvofiqlikni ko’rsatishga muvaffaq bo’lishdi va fonosemantika o’zaro bog’liqliklarini tasavvur qilish mumkin bo’lgan va umuman taxmin qilinganidan ko’ra kengroq va kattaroq soha ekanligini ko’rsatdi. Qanday bo’lmasin, fonosemantikani o’z-o’zidan "fanlararo fan" deb hisoblash mumkin va shuning uchun fanlararo muammolarni hal qilishda uning g’oyalarini amalga oshirish juda samarali ko’rinadi.6 Ayrim vokal tovushlarning ma’noga ega ekanligi haqidagi g’oya avvaldan mavjud bo’lgan. Olimlar doimo nima uchun u yoki bu alohida so’z bu obyektni bildirishiga yoki nima uchun bu harf o’sha tovushga mos kelishiga qiziqib kelishgan. Qadim zamonlardan beri tilshunos olimlar fonemaning ma’lum bir ma’noga ega ekanligi haqida bahslashib kelishgan. Shunday qilib, S.V.Voronin 2006-yilga kelib, fonosemantikani lingvistik xususiyatga ega bo’lgan mustaqil fan sifatida ajratib ko’rsatadi. U F.de 4 Bervik R.C. – Xomskiy N. 2015. Why only us: Language and evolution. MIT press. 5 Grosvald.M. – Korina.D. 2012. The production and perception of subphonemic vowel contrasts and the role of the listener in sound change. The initiation of sound change: Perception, production, and social factors, vol. 323, pp. 77-87. 6 Butler.R. A. 2017. Cross-Linguistic Phonosemantics. 26 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Sossyurning “ixtiyoriylik tamoyili”ni til belgisi tabiatining qo’shaloq “ixtiyoriylik/gʻayriixtiyoriylik prinsipi”ga qarshi qo’ydi va uni asoslab berdi. Kattalar va bolalar nutqida uchraydigan undosh tovushlar birikmalarining chalkashliklarini solishtirishga urinishlar ham bo’lgan. Natijalar shuni tasdiqladiki, bolalar bir vaqtning o’zida barcha fonetik xususiyatlarni anglab olish qobiliyatiga ega emas. Shu sababli, yosh bolalar nutqini idrok etish ko’rsatkichlarini izohlashda biroz ehtiyot bo’lish kerak.7 Ayrim olimlar monogenez nazariyasiga amal qilib, barcha tillar bir proto-tildan kelib chiqqan va umumiy ildizlarga ega deb hisoblashsa, boshqalar poligenez kontseptsiyasiga tayanadinva dastlab til paydo bo’lishining bir necht
Доказательный фрагмент
«This article talks about the phonosemantic features of some consonant sounds in English, as well as the fact that some sounds evoke different emotions in the human mind.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the phonosemantic features of some consonant sounds in English, as well as the fact that some sounds evoke different emotions in the human mind. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Phonosemantics, reflective, communicative functions, leksik birlik., Agraval, kommunikativ funksiyalar, undosh birikmalar, fonosemantika nazariyasi, fonema klasterlari, fonema, ma’no, reflektiv, Fonosemantika
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014