Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
X. SULTONNING “TARJIMAYI HOL” ASARI XUSUSIDA
Abdullayeva Gulmira
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asari orqali ayol matonati va shaxsiy identitet mavzulari tahlil qilinadi. Asardagi qahramonlar orqali urush va ijtimoiy adolatsizliklar muammolari ko'tariladi, bu esa o'quvchilarga ayollarning sabr, matonat va jasoratini namoyish etadi. Kalit so`zlar: matonat, ijtimoiy identitet, shaxsiy identitet, milliy an'analar, oila qadriyatlari, jasorat. Ayol matonati, bardoshini xalqimiz doimo ulug`lab kelgan, asarlarda ularni bosh qahramon obrazi qilib olish, XX asr nasrida ancha sezilarli ko`zga tashlana boshladi. Mumtoz adabiyotlarda yor jamoli, go`zalligi ulug`langan bo`lsa, bugungi kundagi asarlarda ularni qahramon, o`qimishli, mehnatsevar, ojiza, sabrli, mushfiq yoki aksincha, makkora, fitnachi kabi real obrazlarda tasvirlash asarlarning hayotiyligini ta’minlashga xizmat qiladigan jihatlardan biri bo`ldi. Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asarini ham ayol matonatiga qo`yilgan haykal desak mubolag`a bo`lmaydi. Asar qahramoni Nisoxon Axmedovaning “tarjimayi holi”da boshiga tushgan qiyinchiliklar juda ishonarli tarzda aks ettirilgan. Umuman olganda, Xayriddin Sulton asarlarida oddiy insonlarining hayot tarzi, ijtimoiy holati, bugungi kun muammolari qahramon tili bilan bayon etiladi. Ijodkor odatda asar oxirida o`zi xulosa bermaydi, o`quvchining o`ziga havola qiladi, bu esa asarlariga qiziqishni orttiradi. Adibning “Tarjimayi hol” hikoyasi ham “ bor -yo`g`i uch sinf o`qigan” ayol tilidan hikoya qilingan. Adibning asarlarida shaxsiy, milliy va ijtimoiy identitetga duch kelamiz. Identitet - bu shaxs yoki guruhning o’zini qanday anglashini, boshqalarga qanday ko`rinishini ifodalovchi tushuncha. Identitet tushunchasi shaxsning o’ziga xos xususiyatlari, tajribalari va o’z-o’zini anglash jarayoni, uning kimligini, qiziqishlarini va hayotiy maqsadlarini o’z ichiga oladi. Unda bir guruh yoki millatga mansublik hissi aks etadi. Bu esa tarix, til, madaniyat va urf- odatlar orqali shakllanadi. Xayriddin Sulton asarlarida O’zbekistonning tarixiy va madaniy an’analari, urf-odatlari keng yoritilgan. Qahramonlar vositasida xalqning ma’naviy qiyofasi, urush va tinchlik davrlaridagi kurashlari aks ettiriladi. Ularning ichki kechinmalari, kurashlari, his-tuyg’ulari milliy va shaxsiy identitetni shakllantirishga yordam beradi. O’zbek xalqining ijtimoiy qiyinchiliklari, adolatsizlik va tengsizlik kabi muammolarni ko’tarish orqali 21 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference milliy ruhni o’rganadi. Xayriddin Sulton asarlaridagi bu konseptlar o’quvchilarga milliy o’zlik va madaniyatni chuqurroq anglash imkonini beradi. “Tarjimayi hol” hikoyasida ham qahramonlar taqdiri, voqealarning izchilligi asardagi identitetni namoyon qiladi. Quloqlashtirish siyosati qahramonlar taqdirini tubdan o’zgartirib yuboradi. Otasi rahmatli “quloq qilinib, sho’roga haqsiz bo’lgandan keyin” mol-mulki musodara qilinib Nisoxonlar oilasida qiyinchiliklar boshlanadi. “Mushtday boshi bilan sho’ro oshxonasini supurgan, achchiq qismatdan qochib borar ekan, izg’irinda pishqirgan daryoda chirpirak bo’lib oqib, bir o’limdan qolgan, ilon, chayonlar, kalamush kaltakesaklar yugurib yurgan to’qayzorda yerto`la qazib kun kechirgan, ot o’rniga o’zining bo’yniga arqon solib omoch tortgan, oy yorug’ida yer chopib umrida ketmon tegmagan tosh tuproqni tozalab dehqonchilik qilgan, daxshatli urushda arslondek akasidan ayrilgan, uyidagi bor- budini davlat frontga deb tortib olgan, Farhod GESi qurilishida yelkasida tuproq tashib umrtqasi ezilgan, goh chaylada, yerto`lada, birovlarning ijara uyida yashagan, goh bir qarindoshining og`ilini o`ziga boshpana qilgan, goh dalada gektarchilik qilib kun ko`rgan, goh azim shaharda ahvoli tang bo`lib, nonga ham pul topa olmay qolgan, dalada beda o`rib yurib bola tuqan, sakkizta farzandini boqib odam qilgan, kamqonlik tufayli boshini yostiqdan ko`tarishga ham majoli qolmagan, o`zining o`ttiz olti yashar o`g`lini mashina urib o`ldirgan bir ayol…”[1;45] Mana shunday qiyinchiliklar ayoldagi sabr, iroda, matonat kabi shaxsiy identitetlarni hosil qilgan. Nisoxonning hayoti, o'zining sabri va matonati orqali shaxsiy identitetini shakllantiradi. U urush va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashishda kuchli iroda ko'rsatadi. Asarda uning ota-onasi va oilasi ham qahramon sifatida tasvirlangan, bu esa oilaviy qadriyatlar va jonkuyarlikni ko'rsatadi. Nisoxonning otasi, Ahmadxo'ja baqqol timsolida, bardoshli va mehnatsevar inson sifatida ko'rsatiladi. Uning hayotiy tajribalari, qiyinchiliklari va ijtimoiy adolatsizlikka qarshi kurashi, uning qizi, Nisoxon, uchun namuna bo'lib xizmat qiladi. Nisoxonning “Otam rahmatli g’ayrati ichiga sig’magan kishi edi. “Ishlagandan keyin yo ish o’lishi kerak, yo odam”, - deb birpas hol-jonimizga qo’ymasdi…”[2;578] degan gaplarida uning mehnatsevarligini ko`rishimiz mumkin. Akasining o`limidan so`ng “ Otam ichidan kuydi, lekin kuyganini bir insonga bildirmadi, “O`zi berdi – o`zi oldi”, deb, yanayam ko`proq ishlay boshlagan”ligida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asari orqali ayol matonati va shaxsiy identitet mavzulari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Xayriddin Sultonning “Tarjimayi hol” asari orqali ayol matonati va shaxsiy identitet mavzulari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- shaxsiy identitet, matonat, milliy an'analar, jasorat., oila qadriyatlari, ijtimoiy identitet
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025