К содержанию
РецензированоUZ2026

“SADDI ISKANDARIY” DOSTONI TAHLILIDA GERMENEVTIK YONDASHUVNING AHAMIYATI

YONDASHUVNING AHAMIYATI · Xayrullayeva Sharofat Sayfullayevna

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada matn tahlili jarayonida germenevtik yondashuvning ahamiyati, “Saddi Iskandariy” dostoni talqinidagi o‘rni haqida mulohazalar bayon etiladi. Kalit so‘zlar: “Saddi Iskandariy” dostoni, germenevtik yo‘nalish, timsol, ramz, jom, oina, ya`juj-majuj, sad. Asarning tahlili, talqini ko‘p omillarga bog‘liqligi jihatidan murakkab hodisa hisoblanadi. Asar vositasida uning ortida turgan betakror subyektni anglash, asar mohiyatini tushunish jarayoni bugungi kunda Germenevtik yondashuv orqali ko‘proq amalga oshirilmoqda. Buning sababi uning tahlil borasidagi keng imkoniyatlari va nazariy asoslaridir. Germenevtik metodalogiyaga ko‘ra tahlil jarayonida muayyan matnining til tizimi orqali uning ortidagi ijodkor shaxsiyati bilan muloqatga kirishadi va asar mohiyati sharhlanadi. Adabiyotshunos Bahodir Karimov uni quyidagicha izohlaydi: “Germenevtika asosida ish ko‘rilganda, matn mohiyati sohtalashtirilmaydi, qandaydir o‘tkinchi mafkuraviy manfaatlarga qurbon qilinmaydi. Badiiy asarni har kim o‘zicha, o‘z dunyoqarashiga mos, bilimi va hayotiy tajribasi darajasida tushunadi, his etadi. Asarda yo‘q narsa izlanmaydi, bor narsa berkitilmaydi.” Aytib o‘tilganidek germenevtik yondashuvda asar mohiyatini ochish maqsad bo‘ladi va bu bir- biriga bog‘liq ikki jarayonda amalga oshiriladi. “Germenevtika oldida bir-biriga bog‘liq ikkita vazifa turadi: birinchisi – matndagi lisoniy ifodani muayyan til tizimining uzvi sifatida o‘rganish, ikkinchisi – uning ortida turgan betakror subyektni anglash.” Asar badiiy-estetik g‘oyasi matnga nisbatan birlamchi hodisa sanaladi. Yozuvchi o‘z mushohadalarini talqin etish uchun asar turini, sujet va kompozitsion qurilishni, til unsurlarini tanlaydi. Ularni yoritiladigan mushohadalarga muvofiqlashtirib o‘z qarashlarini asar zamiriga singdiradi. Xuddi shu vositalar germenevtik yondashuvda badiiy asar tahlili asosini tashkil etadi. Tahlil xususida navoiyshunos Ibrohim Haqqul ham quyidagilarni aytadi: “…. tahlilda birinchi galda til ruhi va so‘z hayotiga diqqat- e’tibor doimo o‘zini oqlaydi. Oqlagani shuki , ramz, majoz, timsollar ham til izmidan chetga chiqib ketolmaydi.” Yuqorida keltirilganidek, til tizimidagi mavjud uzvlar asar mohiyati tomon yo‘naltiradi. Mumtoz adabiyotimizda, Xususan, Alisher Navoiy ijodida ramz va timsollarning asar badiiy-estetik g‘oyasi shakllanishida o‘rni beqiyos. Asar sujetida keltirilgan voqelik bir libos bo‘lsa, uning zamiriga 54 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference singdirilgan ramziy timsollarga ijodkor mushohadalarining salmoqli qismi yuklanadi. “Hermenevtikada badiiy asarga tadqiqiy yondashuv ustuvorlik qiladi. Tahlilchi badiiy matnning qatlaridagi birlamchi g‘oyadan tashqaridagi yashirin ma’nolarni bugungi qarashlar tufayli paydo bo‘lgan anglamlarni topishga intiladi.” Komil inson konsepsiyasi Navoiy ijodining mohiyatini tashkil etadi. Bu tendensiya jumladan, “Xamsa” tarkibidagi dostonlar zamirida ham aks etgan. Iskandar obrazining olamshumul jahongirligidan ko‘ra ustoz saboqlarini umri davomida o‘rganib, hayoti davomida amal ham qilayotgan orif timsoliga yaqinlashtiradi. Komillik inson botinining tadriji, zamirining musaffolashishi bilan bog‘liq jarayon. Shu sababdan inson vujud dunyosini tavsifi, nafsni tazkiya etish va ko‘ngil, qalbni yuksaltirish xususida badiiy-estetik mushohadalar keng izohlanadi. Inson vujudi – olami sug‘roni tavsif etishda mohiyatini teranroq anglash, ko‘z oldida gavdalantirish maqsadida obrazli tarzda ramziy timsollardan foydalanadi. Germenevtik yondashuv tushunish nazariyasi va metodalogiyasi sifatida til uzvlari, yozuvchi uslubi, asarning tuzilishi va sujetining ijodkor badiiy-estetik g‘oyalariga muvofiq tashkillanishi kabilarga tayanadi. “Saddi Iskandariy” dostoni tahlilida germenevtik yondashuv shoirning ijoddagi o‘ziga xos uslubi va til vositalarini qay tariqa uyushtirishi, an’anaviylik zamiridagi individual holatlarda nomoyon bo‘ladi. Xususan, Alisher Navoiy ijodiga xos jihatlardan biri ramziylikning timsollar orqali ifodalanishi “Xamsa” dostonlarida ramziy timsollar dostonlarda assosiativ tarzda qo‘llanilganini ko‘rishimiz mumkin. Xususan, Iskandar oinasining “Farhod va Shirin”dostoni sujeti va badiiy-estetik g‘oyasi shakllanishida o‘rni beqiyos. Yoki dostonlarda “jom” timsolining bir necha dostonlarda qo‘llanilishi va bosh obrazning qirralarini ochib berishi mumkin bo‘lgan jihatlar u bilan bog‘liq tahlillarga jiddiy e’tibor qaratishni taqazo etadi. Yaxlit asar va uning qismi bo‘lgan timsollarni tushunish, eng birinchi navbatda, ijodkor konsepsiyasi bilan bog‘liq. “Bunda tushunish hermenevtik doira deb atalmish aylana bo‘yicha kechadi. Ya’ni bir tomondan, matn – muallifining ruhoniy dunyosi hayoti ifodasi, uning ruhiy dunyosi esa o‘zi yashagan davrning bir qismi deb qaraladi.” Navoiy ijodida germenevtik yondashuv asosidagi tahlil tengsiz shaxsiyatning asarlariga ko‘chgani o‘rganilish jihatidan ham ahamiyatlidir. Bu timsollarning har biri o‘zi nomlab kelayotgan sifatlar, xususiyatl

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada matn tahlili jarayonida germenevtik yondashuvning ahamiyati, “Saddi Iskandariy” dostoni talqinidagi o‘rni haqida mulohazalar bayon etiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada matn tahlili jarayonida germenevtik yondashuvning ahamiyati, “Saddi Iskandariy” dostoni talqinidagi o‘rni haqida mulohazalar bayon etiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
timsol, oina, germenevtik yo‘nalish, ya`juj-majuj, jom, ramz, sad., “Saddi Iskandariy” dostoni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники