Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALARNI INKLYUZIV TA’LIMGA JALB QILISH
JALB QILISH · Djurayeva Sohiba Barat qizi · Anvarjonova Moxlaroy Shuxratbekovna
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Maqolada bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan say harakatlar, inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari haqida so’z yuritilgan. Kalit so’zlar: Inklyuziv ta’lim, alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo’lgan bolalar, ta’lim-tarbiya, ijtimoiy moslashuv. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar ta’lim-tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib berilmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini tiklash maqsadida Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy ta’lim loyihasi asosida ish yuritib kelinmoqda. Bunda, asosan, inklyuziv ta’lim imkoniyatlaridan foydalanish ko’zda tutilgan. Inklyuziv ta’lim usuli barcha bolalarning ruhiy jismoniy holatidan qat’iy nazar ta’lim jarayonida to’laqonli ishtirok etishini taminlashga qulay imkon yaratadi. Alohida yordamga muhtoj bolalarning atrofdagilar bilan muloqatda bo’lishi, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan bo’lib ulg’ayishi, o’z kundalik- maishiy ehtiyojini qondira olish ko’nikmalarini egallashi, hayotga moslashib, umumta’lim maktablarida sog’lom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda o’qiy olishi, ular bilan o’zaro do’stona munosabatga kirishishi, darslarini o’z vaqtida o’zlashtirishi, topshiriqlarga mas’uliyat bilan yondashishi uchun inklyuziv ta’lim qulayliklar tug’diradi. Inklyuziv ta’lim nafaqat nogiron bolalar o’rtasida, balki sog’lom turmush tarziga asoslangan oilada tarbiyalanayotgan bolalar o’rtasida, maktabgacha ta’lim muassasalarida, maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ham fanlarni o’zlashtirish darajasi turlicha bo’lgan o’quvchilar uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. Inklyuziv ta’lim barcha o’quvchilar uchun maxsus ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning farqliligini inobatga olgan holda ta’lim muassasalarida ilm olishda teng huquqlilikni ta’milashdir. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021- yil 12-oktabrdagi 638-son qarori bilan tasdiqlangan ,,Umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil 52 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference etish tartibi to’g’risida’’gi nizomda umumiy o’rta ta’lim tashkilotlarida jismoniy, aqliy sensor sezgi yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar,va alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar uchun inklyuziv ta’limni tashkil etish belgilab berilgan. Inklyuziv ta’limni joriy etishda boshqa davlatlarning tajriba va yutuqlaridan foydalanish, yaxshi natijalarga erishish uchun zamin bo’la oladi. Misol uchun Amerika davlatlarida nogironligi bo’lgan bola tug’ilsa, uni tug’ilganidan boshlab ijtimoiy hayotga moslashtirish, avvalo maktabgacha ta’lim kollej va unversitetlarda tahsil olishiga yordamlashish uchun mutaxassislar, nevropotolog, psixolog,nogironlik turiga qarab oligofrenopedagog logoped,yoki tiflopedagog biriktiriladi. Bu mutaxassislar bola hayotining dastlabki kunlaridan boshlab bola bilan shug’ullanishadi va uni bog’chaga ijtimoiy muhitga har tomonlama moslashtirib borishadi. Bog’chada ishlaydigan maxsus pedagoglar imkoniyati cheklangan bolani maktabga tayyorlashadi. Natijada bunday bolalar inklyuziv ta’limga tayyor holda, oddiy maktab-larda sog’lom bolalar bilan birgalikda tahsil olish, bunday muhitda ulg’ayishga moslashgan holatda chiqadi. Keyingi o’quv yilidan boshlab alohida ta’limga ehtiyoji bo’lgan bolalarning 24f oizi 2026- yilgacha esa 40foizi odatiy maktablarga jalb qilinishi kutilmoqda. Statistikaga ko’ra 2020-yilning o’zida O’zbekistonda ko’plab umumta’lim maktablarida 13 ming nafarga yaqin nogironligi bo’lgan o’quvchilar inklyuziv ta’lim bilan qamrab olingan. Inklyuziv ta’limning vazifasi bolalarning qobiliyatlari va holatidan qat’i nazar, ularning barchasiga sifatli ta’lim taqdim etishdan iborat.Inklyuziv ta’lim imkoniyati cheklangan bolalarga o’z imkoniyatini o’zi uchun kashf etish, mustaqil harakatlanish, birgalikda va hamkorlikda ishlash imkoniyatini yuzaga keltiradi. Dunyoqarashi kengayadi, hayotiy tajribasi oshadi,o’qishga bo’lgan ehtiyoji va qiziqishlari ortadi,o’zini barcha bilan bir xil his qila boshlaydi, ilgari sezilmagan imkoniyatlari ochiladi, yotsirash, yakkalanish kabi xususiyatlari yo’qoladi. Inklyuziv ta’lim sog’lom bolalar hayotiga ham katta ta’sir ko’rsatadi.Masalan o’zlariga o’xshamagan tengdoshlari va ularning hayoti, ehtiyojlarini his qiladilar, tengdoshlariga g’amxo’rlik hissi uyg’onadi,ularni qo’llab –quvvatlash, yordam berishga intilish, insonparvarlik hissi tarbiyalanadi,imkoniyati cheklangan bolalarga pozitiv munosabat, o’zaro hurmat tarbiyalanadi.Bugungi kunda inklyuziv ta’limda ish olib borayotgan barcha muassasalar ta’lim va tarbiya jarayonini korreksion ta’lim talablari asosida amalga oshiriladi.O’quv reja va darsliklar ham korreksion darsliklar asosida tashkillashtiriladi.Korreksion pedagogika – alohida yordamga muhtoj jismoniy yoki ruhiy rivojlanishda kamchiligi bor bolalarning psixofiziologik rivojlanishini o’rganadi. 53 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE Interna
Доказательный фрагмент
«Maqolada bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan say harakatlar, inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari haqida so’z yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada bugungi kunda imkoniyati cheklangan bolalarning ta’lim-tarbiya olishlari uchun qilinayotgan say harakatlar, inklyuziv ta’limning maqsad va vazifalari haqida so’z yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ta’lim-tarbiya, Inklyuziv ta’lim, ijtimoiy moslashuv., alohida ta’lim ehtiyojiga ega bo’lgan bolalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025