Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KICHIK YOSHLI O’QUVCHILARDA MATEMATIKA FANINI O’ZLASHTIRISHDA SEMIOTIK YONDASHUVNI SHAKLLANTIRISH
Abdusamatov Alisher Sobirovich
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda. Shubhasiz, o‘quv ma’lumotlarini semiotik tarzda uzatish va uni o‘rganishga texnologik yondashuv nuqtai nazaridan ilmiy asoslash bo‘yicha to‘plangan tajribani tizimlashtirish zarurati mavjud. Semiotik kompetentsiyani o‘zlashtirish doirasida belgi-ramziy faoliyatni tashkil etish qobiliyati o‘qituvchi uchun juda katta ahamiyatga ega, chunki u bir vaqtning o‘zida ko‘rinadigan, “siqilgan” formatda katta hajmdagi ma’lumotlarni taqdim eta oladi. Kalit so‘zlar: matematika, boshlang’ich ta’lim, semiotik, kompetentsiya, o‘quv faoliyat, kognitiv faoliyat, ta’lim, axborot, raqamli. Matematikani o’zlashtirish, o’z mazmuniga ko’ra, murakkab integrativ faoliyatdir. Psixologlar bu faoliyatga xos bo’lgan ko’pqirrali psixologik jarayonlarni alohida ko’rsatib o’tadilarki, bu jarayonlar bilishning matematik shaklida boshqa o’quv-intellektual harakat bilan uyg’unlashib ketadi. Bunday jarayonlardan biri fazoviy fikrlash tushunchasidir. Fazoviy fikrlashning asosiy jarayonli birligi ob’ektning fazoviy xususiyatlarini ifoda etuvchi timsol (obraz)dir. Ob’ektda uning fazoviy xossalari va xususiyatlarini ko’ra bilish hamda ular ustida grafik ko’rgazmalilik asosida amallar bajara olish mahorati, ayniqsa, matematika bilan bog’liq faoliyat turida katta ahamiyat kasb etadi [1]. Kichik yoshli o’quvchilarning ehtimoliy-statistik materiallarini o’zlashtirishlari, hayotiy hodisa-voqealarga ma’lumot yig’ish va shu asosda tahlil yuritishlarini rivojlantiruvchi bilish faoliyatini tashkil etishni quyidagi misol yordamida tasvirlash mumkin. Faqat ular mazkur oddiy tajriba-masalalarga kichik yoshli o’quvchilarning ehtimollik haqidagi tasavvurlarini shakllantirish nuqtai nazaridan yondashadilar. Talabalarga quyidagi ko’rinishlardagi vazifalar va topshiriqlar beriladi [3]: 51 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference - o’quvchilarning mazkur vazifani bajarishdagi bilish faoliyatini – ularda bilish ehtiyoji va bilish motivlari paydo bo’lishidan ma’lum darajadagi matematik tajribaga erishgunlarigacha bo’lgan davomiylikda tavsiflang; - mazkur masalani hal etish uchun o’quvchilarni jalb etadigan o’qituvchining pedagogik faoliyatini tavsiflab bering; - o’quvchilar ushbu masalani yechish asnosida o’rganadigan tushunchalarii va o’zlashtiradigan nazariy faktlarni sanab o’ting hamda nazariy-ehtimollik bilimlarning rivojlanish sxemasini chizing; - nazariy-ehtimollik bilimlar o’qituvchining kichik yoshli o’quvchilarni matematik jihatdan rivojlantirishga qaratilgan pedagogik faoliyatining asosiy maqsadi bo’la olmasligini isbotlang [4]. Ko’rib turganimizdek, bo’lajak o’qituvchi uchun tuzilgan topshiriqlar majmuasi aynan bo’lajak o’qituvchilarni kichik yoshli o’quvchilarning matematik jihatdan rivojlanishlariga tayyorlash tartibiga to’liq mos keladi. Masalan: - birinchi topshiriqda o’qituvchining kichik yoshli o’quvchi bilish faoliyatining mohiyatini mufassal tahlil etishini nazarda tutadi; - ikkinchi topshiriqni bajarishda o’qituvchi o’z pedagogik faoliyatini ongli ravishda refleksiv tahlil etish mahoratiga ega bo’lishi lozim bo’ladi; - uchinchi topshiriq bajarilishi o’qituvchining o’z fani sohasida nazariy kompetentsiyalarga ega bo’lganligini ko’rsatadi; - to’rtinchi topshiriqda o’qituvchi o’z pedagogik faoliyatining maqsadlarini aniqlashtira olganligi ko’zda tutiladi [2]. Insonlar o’rtasidagi munosabatlarning o’ziga xos jihatlaridan biri shuki, tabiiy vaziyatlarda aytilgan jumlaning ma’nosi xuddi o’sha jumlaning ekplitsitiv tarzda bayon etilgan ma’nosi bilan bir xil bo’lmasligi mumkin. Masalan, o’quvchiga: “Shu tenglamani qanday yechishni bilasanmi?” deya berilgan savolning tabiiy yo’sindagi javobi “ha” yoki “yo’q” so’zlaridangina iborat bo’lishi mumkin, ammo xuddi o’sha savolning eksplitsitiv tarzda ifodalangan ma’nosida o’quvchining sodir etishi lozim bo’lgan harakatlar, talab etilgan tenglamaga oid matematik axborotlar haqidagi bilimlari nazarda tutiladi. Kommunikativ munosabatlarda qabul qilingan fikrlar (jumlalar)ning talqin etilishiga qaratilgan mulohazalarga zaruratning mavjudligi tabiiy tilda olib boriladigan muloqotlarning xususiyati bilan tushuntiriladi. Odatda, ma’lum bir kommunikativ masalani hal etish sheriklarning bir qator o’zaro munosabatlari, dialoglar, davomiy mulohazalar asnosida amalga oshiriladi. Bunda dialog, kommunikativ mulohaza ishtirokchilari muloqotning tayyor, andazaviy sxemalaridan foydalanmasdan, mavjud vaziyatdan kelib chiqib jumla quradilar. 52 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Butun dialogik sikl davomida barcha intellektual va emotsional jarayonlar kommunikativ maqsadga qaratilgan bo’ladi. Kommunikativ maqsadlarga erishishning yo’llaridan biri kommunikativ xatti-harakatlarni kooperativlilik tamoyiliga bo’ysundirishdan iboratdir. Kooperativlilik tamoyili kommunikativ munosabatlarning barcha
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematik fanini o’zlashtirishida duch keladigan muammolar va ularni yechim axtarish haqida gap bormoqda. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- semiotik, boshlang’ich ta’lim, ta’lim, axborot, raqamli., matematika, o‘quv faoliyat, kompetentsiya, kognitiv faoliyat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025