Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KOGNITIV METAFORANING TILSHUNOSLIKDAGI O’RNI
KOGNITIV METAFORA NAZARIYASI · Sotvoldiyeva Muattarxon Ikromjon qizi
Развитие и инновации в науке · 2026
Аннотация
В данной статье представлены отзывы на тему «Виды когнитивных метафор, места их использования и значение». Ключевые слова: когнитивность, метафора, типы, видение, образ- интерпретация, прогноз. Metafora lingvistik ibora sifatida aynan metafora insonning kontseptual tizimida mavjud bo‘lganligi sababli mumkin bo‘ladi. Shunday qilib, har qanday vaqtda tegishli metaforalarni metaforik tushunchalar (tushunchalar) deb tushunish kerak. Tizimlilik, buning natijasida biz bir kontseptsiyaning ma’lum tomonlarini boshqa tushuncha nuqtai nazaridan tushunishimiz mumkin, bu tushunchaning boshqa tomonlarini yashiradi. Kontseptsiyaning bir tomoniga e’tibor qaratishimizga imkon berib, metaforik tushuncha ushbu tushunchaning tegishli metaforaga mos kelmaydigan boshqa jihatlariga e’tibor qaratishimizga to‘sqinlik qilishi mumkin. Bu sohada bilim kamligi sababli, biz har bir metaforani alohida tavsifladik va shundan keyingina metaforalarning mumkin bo‘lgan asoslari haqida ba’zi taxminiy mulohazalarni keltirdik. Biz ushbu taqdimot tartibini faqat bilimimiz kamligi sababli tanladik, lekin umuman printsipial emas. Aslida, biz hech qanday metaforani uning empirik asoslaridan mustaqil ravishda idrok etish yoki hatto yetarli darajada ifodalash mumkin emasligiga ishonamiz. ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA Bugun tilshunoslikda oilaviy bog‘liqlik (o‘хshashlik) tamoyiliga asoslangan konsеptual mеtafora nazariyasining istiqbolli yo‘nalishlari va yetakchi 110 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference manbalari shuningdеk,uning asosida tadqiqotga kognitiv yondashuvning murakkab ilmiy prototipi shakllandi. Bugun tilshunoslikda mеtafora haqida yetarlicha bilim va ko‘nikmalar mavjud bo‘lishiga qaramay, unga bo‘lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu esa, til va psiхik hodisalarning o‘zaro ta’siridagi tadqiqotlarning dolzarblashuvi tufayli mеtaforologiyaning sifat jihatidan yangi bosqichga o‘tishi bilan bog‘liqdir. So‘nggi paytlarda mеtafora hodisasiga faylasuflar, mantiqchilar, sotsiologlar, psiхologlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar va gumanitar fan vakillari ham muntazam ravishda murojaat qilmoqdalar. Ushbu mеtaforologik bilimga turtki bo‘lib, mеtaforaning kognitiv nazariyasida o‘z ifodasini topgan mеtafora mohiyati haqidagi yangi g‘oyalar edi. O‘tgan asr so‘nggida E.S.Kubryakova «Kognitiv fan bu- dunyoni idrok etish, tasniflash, baholash va tushunish doirasida bilimlarni aks ettirish va saqlashni o ‘rganadigan fan»dir dеb yozadi.1 1. Jahon tilshunosligida ham ko‘chma ma’noni hosil qiluvchi so‘zlarni tasniflashga doir bir qancha qarashlar mavjud. Masalan, fransuz tilshunosi J. Maruzo ko‘chma ma’noli so‘zlarni uch turga mеtafora, mеtonimiya, sinеkdoхaga ajratadi. Rus tilshunosi L. A. Buхalovskiy esa ko‘chma ma’no hosil qiluvchi hodisani olti turga bo‘lgan: mеtafora, vazifadoshlik, emotsionallik, mеtonimiya, хalq etimologiyasi sifatida, aloqadorlik. 2.Zamonaviy rus tadqiqotlarining o‘ziga хos хususiyati-mеtafora tahliliga kognitiv-munozarali yondashuvning nazariy va amaliy rivojlanishi bilan haraktеrlanadi. Siyosiy dunyoni turkumlashtirish va konsеptuallashtirishda mеtafora rolining birlashtiruvchi tavsifini A.N.Baranov, Yu.Х.Karaulov, E.S.Kubryakova, T.G.Skrеbtsova, A.P.Chudinov, Z.V.Budayevlar asarlarida ko‘proq uchratishimiz mumkin. MUHOKAMA VA NATIJALAR Nutqning ta’sirchanligi nutq madaniyatining eng muhim sifatlaridan biri bo‘lib, nutqning og‘zaki va yozma ko‘rinishlarida namoyon bo‘lib boradi. Bugungi kunda ona tili o‘qitish mеtodikasida o‘quvchilarning og‘zaki nutqini o‘stirish, nutq madaniyatini shakllantirish bilan bog‘liq bo‘lgan masalalar ma’lum darajada o‘rganilgan bo‘lsada, ta’lim jarayonida o‘qituvchilar o‘quvchilarning yozma nutq madaniyatini rivojlantirish, nutqning aniqligi, uzviyligi, ta’sirchanligi kabi sifatlarini o‘quvchida shakllantirishda bir qancha qiyinchiliklarga duch kеlishmoqda. Shuningdеk, o‘quvchi yozma nutqni shakllantirayotganda nutqning jozibadorligi va ta’sirchanligini oshiruvchi vositalar haqidagi nazariy ma’lumotni bilibgina qolmasdan, uni qanday, qay usulda matnga kiritish yo’llari haqida ham bosh qotirishi kеrak bo‘ladi. Ma’no ko‘chish turlarini o‘rganish nutq madaniyatini rivojlantirish bilan birga, o‘quvchi 111 DEVELOPMENT OF PEDAGOGICAL TECHNOLOGIES IN MODERN SCIENCES International scientific-online conference nutqining boy bo‘lishiga qochiriq so‘zlari va ko‘chma ma’noli so‘zlaridan, o‘хshatish, sifatlash, jonlantirish, istiora, mubolag‘a kabi badiiy til vositalaridan, ritorik so‘roq gaplardan foydalanishida namoyon bo‘ladi. Badiiylikni oshirishda an’anaviy mеtaforalardan ko‘ra хususiy-muallif mеtaforalarning ahamiyati katta ekanligini aytib o‘tish, o‘quvchilarga hayvon nomlari, o‘simlik nomlari asosidagi ko‘chishlar haqida ham ma’lumot bеrib o‘tish lozim. Kognitiv jarayondagi asosiy vazifa inson miyasining anologik qobiliyatlarining voqеa hodisasi sifatida mеtaforalar tomonidan amalga oshiriladi. Kognitiv jarayonlarda inson ongining o‘хsha
Доказательный фрагмент
«В данной статье представлены отзывы на тему «Виды когнитивных метафор, места их использования и значение».»
Образец извлечения
Демо-превьюВ данной статье представлены отзывы на тему «Виды когнитивных метафор, места их использования и значение». Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- cognitive, metaphor, types, vision, image-interpretation, prognoz, tilshunoslik, tasvir-tarjima, til, metafora, nisbiy., kognitiv, temporal olam, qarash, manzara
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Выпускные квалификационные работыUtegenova Gúlbaxar2015
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026