К содержанию
РецензированоUZ2026

TABIIY SERPUSHT QORAKOʻL QOʻYLARINING HAYOTCHANLIGI

M.M. Ismailova (tayanch doktorant Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti)

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

The article describes the results of studying the viability of the offspring of multi-fertility black Karakul sheep bred in the Tutli Karakul Zamini LLC in the Nuruabad district of the Samarkand region. Key words: Karakul sheep, offspring, natural fertility, singles, twins, productivity, constitution. Qorakoʻl qoʻylari ekstremal choʻl sharoitlariga yaxshi moslashgan qoʻy zoti hisoblanadi. Shuningdek, qorakoʻl qoʻylari qishning sovugʻi va yozning issigʻida ham ozuqa kam boʻlgan yaylovlarda oziqlanib mahsulot beradi. Ularni urchitishda boshqa qimmatli xususiyatlari kabi, hayotchanligini ham hisobga olish muhim ahamiyatga ega. Hayotchanlik bu ma’lum bir populyatsiya yoki guruhdagi individlarning (hayvonlar) tirikligi va nobud boʻlishi oʻrtasidagi farq hisoblanadi. Koʻpincha bir vaqtda tugʻilgan hayvonlarning har birini ma’lum yoshgacha yashashi hisobga olinadi. Ayrim yosh guruhlar uchun hayotchanlik ikki usul bilan aniqlanadi: 1. Hayvonning tugʻilgan vaqtinn belgilash yoki hisobga olish. 2. Oʻlganda, ya‘ni yoshi ma’lum boʻlgan hayvonda aniqlanadi. Hayotchanlikni hisoblash uchun populyasiyadagi hayvonlarning yoshlari ma’lum boʻlishi kerak. 96 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Sut emizuvchilarda yoshni hisobga olishda tishlarning yemirilishi, shuningdek, tish va suyak qavatlarining tuzilishi asosida aniqlash mumkin. Populyatsiyadagi hayvonlarning hayotchanligi yoshi ortgan sari pasayib boradi. Adabiyotlar tahlili. Turli rangdagi qorako‘l qo‘ylari o‘rtasida konstitutsiyaviy, mahsuldorlik va reproduktiv xususiyatlarning namoyon bo‘lishida farqlanishlar mavjud. Qora rangli qo'ylar konstitutsiyaviy jihatdan kuchli, koʻk rangli hayvonlar esa biologik xususiyatlariga koʻra rivojlanish sharoitlari boʻyicha koʻproq talabchan va hayotchanligi past boʻladi. Qora rangli qoʻylarga nisbatan kulrang qoʻylar ham ba’zi konstitutsiyaviy xususiyatlari boʻyicha kuchsizligi bilan ajralib turadi, shuning uchun ularni koʻpaytirishda alohida, qulayroq sharoitlar yaratilishi kerak [2]. Navoiy viloyati adir sharoitida turli etologik tiplarga mansub qoraqalpoq sur qorakoʻl qoʻylar avlodlarining hayotchanlik xususiyatlari oʻrganilganda, 4-4,5 oylikka kelib birinchi etologik tipga mansub qoʻylar avlodlarining hayotchanligi 98,1%, II-tipda 97,8 va III tipda 96,1% ni tashkil qilgan. Ushbu koʻrsatkich 12 oylikda mos ravishda 96,1; 94,6 va 92,1% ni hamda 18 oylikda 95,2; 93,5 va 90,2% ni tashkil etgan. Hayotchanlikning nisbatan past boʻlishi ularning iqlimlashish xususiyatlari bilan bogʻliq. Ma’lumotlardan koʻrinib turibdiki, hayvonlar yoshining ortib borishi bilan ularning hayotchanligi kamayib borgan. Shuningdek, I-etologik tipdagi qoʻzilarning barcha yosh davrlari boʻyicha hayotchan boʻlishi aniqlangan [4]. Qoraqalpogʻiston sharoitida oʻtkazilgan tadqiqotlarda hayotchanlik 4-4,5 oylikda etologik tiplar kesimida 99,5; 98,0 va 97,0% ni tashkil qilgan. 18 oylik yoshiga kelib, I-tipda 97,4%, II-tipda 93,9% va III-tipda 90,9% ni tashkil qilgan. Ushbu tadqiqot natijasida ham I-etologik tipdagi qoʻzilar hayotchan boʻlgan va yosh ortib borishi bilan guruhning hayotchanlik koʻrsatkichi pasayib borgan [3]. Yuqoridagi fikr-mulohazalardan kelib chiqib, qora rangli serpusht tipli qorakoʻl qoʻylaridan olingan avlodlarning hayotchanligini aniqlash yoʻnalishida tadqiqotlar olib borildi. Tadqiqot uslublari. Tadqiqotlar Samarqand viloyati Nurobod tumani “Tutli qorakoʻl zamini” mas’uliyati cheklangan jamiyatida urchitiluvchi qora rangli serpusht tipli qorakoʻl qoʻylaridan olingan avlodlarda olib borildi. Tajribadagi qorakoʻl qoʻzilarining hayotchanligi 4-4,5; 12 va 18 oylik yoshida har xil sabablarga koʻra nobud boʻlgan qoʻzilarni hisobga olish orqali aniqlandi. Olingan ma’lumotlarga variatsion statistika usullarida ishlov berilib, oʻrtacha arifmetik miqdor (X̅) va uning xatosi (Sx̅) aniqlandi [1]. Tadqiqot natijalari. Qorakoʻl qoʻylarning hayotchanligi ulardan olinadigan 97 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference avlodlar va mahsuldorligiga oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Albatta, hayotchanligi yuqori qoʻylardan sogʻlom, mustahkam konstitutsiyali, nasldor avlodlar olinadi. Qora rangli serpusht tipli qorakoʻl qoʻylaridan olingan avlodlarning hayotchanligi boʻyicha olingan natijalar quyidagi 1-jadvalda keltirilgan. 1-jadval Avlodlarning hayotchanligi Hayotchanlik 4-4,5 12 Koʻrsatkichlar n tugʻilganda 18 oylikda oylikda oylikda n % n % n % Egiz tipli qoʻzilar 73 73 100,0 70 95,89 68 93,15 67 91,78 Yolgʻiz tipli 165 165 100,0 162 98,18 159 96,36 157 95,15 qoʻzilar Olingan ma’lumotlarga asoslanib, shuni aytish mumkinki, (1-jadval) serpusht tipdagi qoʻylardan olingan avlodlarda qoʻzilarning yoshi ortib borishi barobarida ularning hayotchanligi pasayib borgan. Shuningdek yolgʻiz tipda tugʻilgan qoʻzilar egiz tipda tugʻilgan qoʻzilarga nisbatan hayotchanligi yuqori boʻlgan. Tajriba uchun egiz tipda tugʻilgan qoʻzilardan 73 bosh olingan boʻlsa ularning 4-4,5 oylik yoshiga kelib guruhn

Доказательный фрагмент

«The article describes the results of studying the viability of the offspring of multi-fertility black Karakul sheep bred in the Tutli Karakul Zamini LLC in the Nuruabad district of the Samarkand region.»

Образец извлечения

Демо-превью

The article describes the results of studying the viability of the offspring of multi-fertility black Karakul sheep bred in the Tutli Karakul Zamini LLC in the Nuruabad district of the Samarkand region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Karakul sheep, offspring, natural fertility, singles, twins, mahsuldorlik, konstitutsiya., egiz tipli, hayotchanlik, avlod, yolgʻiz tipli, qorako‘l qo‘ylari, tabiiy serpusht
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники