К содержанию
РецензированоRU2026

ELEKTRON RAQAMLI IMZO VA UNDAN FOYDALANISH IMKONIYATLARI

Aldashev Ilxomjon To‘xtaboyevich · Xolmatova Diyoraxon Vahobjon qizi

Развитие и инновации в науке · 2026

Аннотация

В данной статье анализируется электронная цифровая подпись (ЭЦП) и её роль в современных информационно- коммуникационных технологиях. Рассматриваются понятие ЭЦП, её правовые основы, технологические принципы и возможности применения. Кроме того, ЭЦП представлена как надежное средство в системе информационной безопасности, освещена её роль в аутентификации документов, обеспечении конфиденциальности и обладании юридической силой. В статье раскрывается экономическое и социальное значение использования ЭЦП, а также её потенциал в повышении эффективности в сферах государственного управления, бизнеса и образования. Особое внимание уделяется актуальным проблемам развития технологии ЭЦП и путям их решения. Ключевые слова: электронная цифровая подпись, аутентификация, информационная безопасность, юридическая сила, современные технологии. 5 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Bugungi kunda raqamlashtirish jarayoni jamiyatning turli sohalarini qamrab olmoqda. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari rivojlanishi bilan ma'lumotlarning xavfsizligi va hujjatlarning qonuniyligini ta'minlash masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda. Elektron raqamli imzo (ERI) ushbu muammolarga yechim sifatida ishlab chiqilgan texnologiya bo‘lib, u hujjatlarning haqiqiyligini, mualliflikni va axborotning o‘zgarmasligini tasdiqlash imkonini beradi. Mazkur maqolada ERI ning texnologik, huquqiy va amaliy jihatlari yoritiladi. Elektron raqamli imzo — bu elektron hujjatga qo‘shiladigan va hujjat muallifligini tasdiqlovchi raqamli koddir. U shifrlash algoritmlari asosida ishlaydi va uch asosiy vazifani bajaradi: 1. Avtorizatsiya: hujjatni kim yaratganini aniqlash. 2. Hujjatning yaxlitligi: uning o‘zgartirilmaganligini ta'minlash. 3. Maxfiylik: ma'lumotlarning xavfsiz uzatilishini kafolatlash. ERIning huquqiy kuchi ko‘plab davlatlarda qonun bilan belgilangan. O‘zbekistonda bu jarayon "Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida" va "Elektron raqamli imzo to‘g‘risida"gi qonunlar bilan tartibga solinadi. ERI asosan asimmetrik shifrlash texnologiyasiga asoslanadi. Bu jarayonda ikkita kalitdan foydalaniladi: Yopiq kalit: faqat hujjatni imzolovchi shaxsda mavjud. Ochiq kalit: imzo haqiqiyligini tasdiqlash uchun ishlatiladi. Ushbu texnologiya hujjatlarni o‘zgartirish yoki qalbakilashtirishni deyarli imkonsiz qiladi. Shuningdek, elektron hujjatlar bilan ishlashda vaqtni sezilarli darajada tejash imkonini beradi. ERIning qo‘llanilish sohalari keng bo‘lib, u davlat boshqaruvi, biznes, ta’lim va boshqa sohalarda samarali foydalanilmoqda. Davlat boshqaruvi: Elektron hukumat tizimida ERI hujjatlarning qonuniyligini ta’minlash uchun ishlatiladi. Masalan, soliq hisobotlarini topshirish, litsenziyalarni rasmiylashtirish va boshqa davlat xizmatlarini olish jarayonida ERI keng qo‘llanilmoqda. Biznes: Kompaniyalar o‘rtasida shartnomalar tuzish, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish va hisobotlarni rasmiylashtirishda ERI yordamida vaqt va resurslar tejash mumkin. Ta’lim: ERI ta’lim sohasida ilmiy ishlarni himoya qilishda, elektron jurnal va reyting tizimlarida, shuningdek, intellektual mulkni himoya qilishda foydalaniladi. 6 DEVELOPMENT AND INNOVATIONS IN SCIENCE International scientific-online conference Elektron raqamli imzo (ERI)ni bugungi kunda foydalanish imkoniyatlari quyidagilardir: Hujjatlarning qonuniy kuchga ega bo‘lishi: ERI yordamida imzolangan hujjatlar an’anaviy qo‘l imzosi bilan bir xil qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Bu, ularning sud va boshqa huquqiy tashkilotlarda rasmiy hujjat sifatida tan olinishini ta’minlaydi. Xavfsizlik va ishonchlilik: ERI kriptografik texnologiyalar orqali yaratilgan bo‘lib, imzoning o‘zgartirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu, hujjatlarning yaxlitligini va haqiqiyligini ta’minlashga yordam beradi. Vaqtni tejash: ERI yordamida hujjatlarni elektron shaklda tez va oson imzolash mumkin, bu esa vaqt va resurslarni tejashga olib keladi. Qog‘oz hujjatlarni yuborish va qabul qilish jarayonini qisqartiradi. Masofadan ishlash imkoniyati: ERI yordamida, joylashuvdan qat’i nazar, hujjatlarni imzolash va almashish mumkin. Bu, masofaviy ish va elektron tijoratda muhim ahamiyatga ega. Elektron hujjat almashinuvi va arxivlash: ERI yordamida hujjatlar elektron tarzda arxivlanishi va saqlanishi mumkin. Bu esa hujjatlarni boshqarishni osonlashtiradi va qog‘oz hujjatlarni saqlash bilan bog‘liq xarajatlarni kamaytiradi. Ishonchli identifikatsiya: ERI foydalanuvchining haqiqiyligini tasdiqlaydi, bu esa onlayn shaxsiy identifikatsiya va autentifikatsiya jarayonlarini osonlashtiradi. Auditorlik va izlanish imkoniyatlari: ERI yordamida imzolangan hujjatlarning kim tomonidan va qachon imzolanganini aniqlash imkoniyati mavjud. Bu esa hujjatlarni tekshirish va monitoring qilish uchun muhimdir. Elektron raqamli imzo, ayniqsa davlat xizmatlari, tijorat faoliyati va masofaviy ta'lim kabi sohalarda samarali ishlatiladi. ERI texnologiyasini rivojlantirishda qator muammolar mavjud: Raqamli savodxonlikning pastligi; Texnik infratuzi

Доказательный фрагмент

«В данной статье анализируется электронная цифровая подпись (ЭЦП) и её роль в современных информационно- коммуникационных технологиях.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье анализируется электронная цифровая подпись (ЭЦП) и её роль в современных информационно- коммуникационных технологиях. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
электронная цифровая подпись, аутентификация, Elektron raqamli imzo, axborot xavfsizligi, zamonaviy texnologiyalar., autentifikatsiya, huquqiy kuch
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники