К содержанию
РецензированоRU2026

РOBOTOTEXNIKA ASOSLARI FANINI OʻQITISHDA SMART TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANIB NAZARIY VA AMALIY DARS ISHLANMASINI ISHLAB CHIQISH.

ISHLANMASINI ISHLAB CHIQISH. · Yavqochdiyev Davlat Davronovich

Модели и методы в современной науке · 83–86 · 2026

Аннотация

This article talks about the practical development of students' creative abilities based on the elements of robotics. The article emphasizes the role of robotics elements in the development of robotics and the development of students, as well as the effective theoretical skills of students to advance their knowledge and skills in practical activities. Keywords: elements of robotics, program structures, design, programming Kirish. Jamiyatning rivojlanishida , innovatsion loyihalar, zamonaviy texnikalar va axborot-kommunikatsiya, texnologiyalari ta’lim faoliyatining asosiy ajralmas qismiga aylanib, ularning samaradorligini sezilarli darajada oshirib, talabalarning intellektual, hissiy va shaxsiy qobiliyatlarini har tomonlama rivojlantirishga hissa qo’shmoqda. Ayniqsa texnologiyalarning zamonaviy rivojlanishi o'ziga xos xususiyatlari, yosh avlodning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, texnik tayyorgarligini takomillashtirish g‘oyasi muhim vazihalardan biri hisoblanib, robototexnika asoslarini o’qitilishi talaba va yoshlarning o’z qiziqishlaridan kelib chiqib kelajakdagi maqsad va kasblarini o'zi 76 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference belgilashini shakllantirib, ularning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish,texnik muhandislik ijodkorlik tafakkurini shakllantirish ta’minlamoqda. Metodik qo’llanmaning ishlab chiqish bosqichlari O'qituvchi tomonidan fannining shaxsga yunaltirilgan va rivojlantiruvchi ta'limga asoslangan o'qitish texnologiyasi bo'yicha metodik qo'llanma ishlab chiqiladi. Fanni o'qitish texnologiyasi ta'lim jarayonini loyihalashtirish, tashkil etish, o'tkazish, bilim va ko'nikmalarni baholash jarayonini o'z ichiga oladi. Har bir mashg'ulot uchun texnologik xaritalari ishlab chiqiladi. Texnologik xaritani loyihalash pedagogik mahorat cho'qqisi hisoblanadi, chunki mashg'ulot davomida bajariladigan amaliy ish jarayoni texnologik xaritada ketma-ketlik qoidasi asosida tasvirlanadi. Quyidagi sxemalarda metodik qo'llanmani ishlab chiqishda fanni o'qitish texnologiyasining umumiy namunaviy tuzilmasi keltirilgan. 1. Umumiy o'quv maqsadlari. O'quv maqsadlari muayyan ta'lim jarayoni yakunida ta'lim oluvchi tomonidan o'zlashtirilishi, yangi hosil qilinishi lozim bo'lgan bilim, hatti-harakat bilan bog'liq bo'lgan amaliy topshiriqni uddalay olish mahorati, shaxsiy fazilatlar va xulqni belgilaydi. Har bir fanning o'quv maqsadlari to'g'ri belgilanishi muhim ahamiyatga ega. Umumiy o'quv maqsadlarning mazmuni yo'naltiruvchi maqsad-lardan kelib chiqib belgilanadi. Umumiy o'quv maqsadlari yo'naltiruvchi maqsadlarni aniqlashtiradi. Umumiy o'quv maqsadlari ta'lim oluvchi muayyan fan bo'yicha egallashi lozim bo'lgan bilim, ko'nikma, malaka haqida umumiy tasavvurni beradi. 2. Nazariy va amaliy mashg'ulotlar. O'qituvchi tomonidan nazariy va amaliy mashg'ulotlarni o'tkazish texnologiyasi, dars ishlanmasi va texnologik xaritasi ishlab chiqiladi. Har bir mashg'ulot bo'yicha dars ishlanmalari va texnologik xaritalarni ishlab chiqish o'quv jarayonini to'laqonli loyihalashtirish hamda samarali tashkil etish imkonini beradi. 3. Mustaqil ish. Mustaqil ishlar talabaning umumiy rivojlanishiga va kasbiy mahoratini o'stirishga xizmat qilishi kerak. Shuningdek talabalarning mustaqil va ijodiy ishlarini tashkil qilish tarbiyaviy, ta'limiy ahamiyatga ham ega bo'lishi kerak. Tarbiyaviylik ahamiyati shundaki talaba o'z bilimini oshirish va mustahkamlash uchun o'zini-o'zini tarbiyalab boradi. Ta'limiy ahamiyati esa talaba bo'sh vaqtdan samarali foydalangan holda mustaqil bilim olish jarayonining shakllanishiga olib keladi. Mustaqil ishlarning turlari, shakllarini tanlashda «oddiydan-murakkabga» hamda «umumiydan- xususiyga», «mavhumdan-aniqlikka» tamoyillariga amal qilish lozim. Mustaqil 77 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference va ijodiy ish topshiriqlarini ishlab chiqishda har bir talaba shaxsiy imkoniyatlari, tushunuvchanlik, o'quv materialini o'zlashtirish darajasi inobatga olinishi, shaxsga yo'naltirilgan o'qitish texnologiyalarini qo'llash maqsadga muvofiqdir. 4. Mashg'ulotlarni tashkil etish shakllari. Nazariy, amaliy va mustaqil ish mashg'ulotlar jamoaviy kichik guruhlarda hamda individual shaklda olib boriladi. Individual shakl asosan ijodiy topshiriqlarni bajarishga yo'naltiriladi. Har bir talaba o'zining individual (jismoniy, psixik va b.) xususiyatlariga egaki, bu uning o'quv faoliyatiga katta ta'sir etadi. Pedagogning bu xususiyatlarni o'rganishi va inobatga olishi o'qitish sifatini oshirish hamda har bir talabaning ijodiy qobiliyat-larini rivojlantirish uchun sharoit yaratadi. Kichik guruhlarda ishlash maxsus bilimlar bilan bir qatorda amaliy ko'nikmalar o'rganilishi kerak bo'lganda, shuningdek talabalarda mustaqil ishlash qobiliyatlarini rivojlantirish uchun qo'llaniladi. 5. Didaktik vositalar va materiallar. O'quv-didaktik materiallarga o'qitilishi va o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushunilad

Доказательный фрагмент

«This article talks about the practical development of students' creative abilities based on the elements of robotics.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article talks about the practical development of students' creative abilities based on the elements of robotics. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
elements of robotics, program structures, design, programming, dasturlash, dasturiy qurulmalari, dizayn, robototexnika elementlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники