К содержанию
РецензированоUZ2026

BOSHLANG'ICH SINF O'QUVCHILARIDA TANQIDIY FIKRLASHNI SHAKLLANTIRISH VA RIVOJLANTIRISH YO'LLARI

Nuraddinova Surayyo Rustam qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro’yobga chiqarilishini va ularning samaradorligini amalga oshirilishi, maktablarda o’quvchilar darsliklarda berilayotgan ma’lumotlarni yodlashlari emas, balki, ularda tanqidiy fikrni rivojlantirishimiz kerakligi yoritilgan. Kalit so’zlar: tanqidiy fikrlash, muloqot, kuzatish, oʼquvchi faoliyati, fikrning validliligi, jarayon, didaktika, oʼquv materialining mazmuni, shakl, metod. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida tanqidiy fikrlash orqali, mustaqil, erkin fikrlay olish, tahlil qilish, taqqoslash, fikrlarni izohlash, bahslashish, o‘z g‘oyalarini himoya qilish va yangiliklarga intilish kabi malakalari bilan birga, mantiqiy tafakkur qila olish salohiyati, dunyoqarashi, o‘z-o‘zini anglash, kommunikativ savodxonligi, go‘zallik va nafosatni his etib, undan zavqlana olish, aqlan va jismonan sog‘lom bo‘lish, milliy urf-odatlarni o‘ziga singdirish va qadrlash kabi muhim xususiyatlari rivojlantiriladi. Bu o‘z navbatida kichik yoshdagi o‘quvchilarning bilimlarni chuqur o‘zlashtirish va amalda to‘g‘ri qo‘llay olishlarini ta’minlaydi. Shunga ko‘ra, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tanqidiy fikrlashlarini rivojlantirish uchun darsning maqsadini aniq, pedagogik texnologiya asosida loyihalab olish muhim ahamiyatga ega. Bunda o'qituvchining tutgan roli katta ahamiyatga ega. Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining izchil tanqidiy fikrlash darajalarini yozma ishlar yozdirish yordamida ham aniqlash mumkin. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini aniqlash uchun ular bilan turli mavzularda muloqot darslarini oʻtkazish maqsadga muvofiqdir. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalari quyidagi koʻrsatgichlar orqali aniqlanishi mumkin: ● ifodalangan tanqidiy fikrning obyektivligi. ● shunday fikr bildirishga asos boʻlgan dalillarning ishonchliligi. ● oʻquvchi tomonidan bayon qilingan fikrning validliligiga koʻra. 61 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajalarini aniqlashda ularning barchasi uchun aynan bir xil qulaylikdagi pedagogik vaziyat vujudga keltirilishi kerak. Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishda ular tomonidan bayon qilingan fikrlarning obyektivligi alohida pedagogik ahamiyatga ega. Oʻquvchining yozma ishini baholaganda bayon qilingan fikrlarning obyektivligi, haqqoniyligiga alohida eʼtibor qaratish lozim. Oʻquvchi tomonidan bayon qilingan tanqidiy fikrning ishonchliligi u keltirgan dalillar bilan belgilanadi. Dalillar qanchalik haqqoniy boʻlsa, ifodalangan fikr ham shunchalik ishonchli boʻladi. Agar biror dalil ifodalangan fikrning aniqligini ifodalasa, xuddi shu dalil fikrning ishonchlilik darajasini taʼminlaydi. O’quvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini o’rganish uchun ularning muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodidan o’quvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish ko’nikmalarni qiyoslashda keng foydalaniladi.[1] 1 Xodjayeva F.O. Oʻquvchilarni tanqidiy fikrlashga oʻrgatish va uning muhim jihatlari. / ”Zamonaviy ta’lim” ilmiy-amaliy ommabop jurnali, 2017-yil, № 6, 43- 47 b. O‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar, mustaqil faoliyat turlar va har xil turdagi metodlarni qo'llash orqali ro‘yobga chiqariladi va ularning samaradorligi muayyan mezonlar yordami bilan amalga oshiriladi. Ta’lim jarayoni to‘laqonli tarzda o‘quvchiga yo‘naltirilsa, uning ehtiyoj va imkoniyatlari, qiziqishlari, iqtidorini hisobga olgan holda muayyan tamoyillar asosida tashkil etilsa, bunday ta’lim natijalari, birinchi navbatda, o‘quvchi shaxsining o‘zini, shu bilan bir qatorda, davlat, jamiyat hamda fanni rivojlantiruvchi omil darajasiga ko‘tariladi.Ta’lim jarayoni o‘quvchilar tomonidan tanlangan turli yo‘llarga moslashtirilib, takomillashtirilib borilgandagina ularda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratiladi. Ta’lim jarayoni o‘quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirishga zamin yaratish uchun ko‘proq o‘qish darslari va unda ikki haftada bir o‘tiladigan sinfdan tashqari o‘qish darslarining roli benihoya kattadir.Shuning uchun ham o'qish darslariga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish lozim. Oʻquvchilarning tanqidiy fikrlash darajasini oʻrganish uchun ularning muloqotga kirishish jarayonlarini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodidan oʻquvchilarning fikrlash va muloqotga kirishish koʻnikmalarini qiyoslashda keng foydalaniladi1. 62 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Oʻquvchilarda tanqidiy fikrlashning shakllanganlik darajasini tashxislarda kuzatish metodi muhim ahamiyat kasb etadi. Kuzatish metodi kichik maktab yoshidagi ya'ni, boshlang'ich sinf oʻquvchilarning dunyoqarashi, aqliy rivojlanishi, fikr yuritish dinamikasi, xulosalar chiqarishdagi mustaqil fikr bayon qilishi, faol nuqtai nazari

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro’yobga chiqarilishini va ularning samaradorl…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada o’quvchilarda tanqidiy fikrlashni shakllantirish texnologiyasi pedagoglar tomonidan maxsus turdagi topshiriqlar mustaqil faoliyat turlarini bajarish orqali ro’yobga chiqarilishini va ularning samaradorl… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
kuzatish, jarayon, muloqot, shakl, fikrning validliligi, metod., oʼquv materialining mazmuni, didaktika, tanqidiy fikrlash, oʼquvchi faoliyati
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники