Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TOG‘AY MURODNING „OYDINDA YURGAN ODAMLAR” QISSASIDAGI GRADUONIMLAR
QISSASIDAGI GRADUONIMLAR · Narbayeva Xosiyat
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Research integrating linguistics with literature opens the door to great success in the field. In this article, examples of graduonyms appearing in Togai Murad’s story „People walking in the moon” are given. Key words: Linguistics, synonyms, gradation, graduonyms, Togai Murad, the story „People walking in the moon”. Til va adabiyot bir-biri bilan chambarchas bog‘liq. Badiiy asarda tilning barcha jihatlari aks ettiriladi. Asarda barcha uslublarga xos so‘zlarni, sheva so‘zlarini va neologizmlarni ham uchratamiz. Shuningdek asarni yozish jarayonida ijodkor bir xil so‘zlardan foydalanishdan qochadi va ko‘proq sinonimlardan, ibora va maqollardan hamda ko‘chma ma’noli so‘zlardan foydalanadi. Tilshunoslikka oid tadqiqotlarni adabiyot bilan bog‘lab tadqiq qilinsa, ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishiladi. Tilning qanchalik boyligi sinonimlarning ko‘pligi bilan o‘lchanadi. Sinonimlar bir xil ma’no anglatuvchi so‘zlar hisoblanadi. Lekin, sinonimlar ma’nolarning kuchayib borishi ya’ni darajalanishi jihatidan bir-biridan biroz farq qiladi. Masalan: Yurmoq, yugurmoq, chopmoq; jilmaymoq, kulmoq, xoxolamoq kabi. Shuningdek sinonimlar bir xil ma’no anglatsa ham uslublarda birdek qo‘llanilmaydi. So‘zlarning darajalarga egalariga graduonimlar deyiladi. Graduonimiya — leksemalarning ma’no guruhlari a’zolarida u yoki bu belgining darajalanishi. Bunday darajalanish oppozitsiyaning (zidlanishning) bir turi deb qaraladi va shu qatordagi bosh soʻzga nisbatan belgilanadi. Masalan: «yosh» belgisiga koʻra (bosh soʻz ajratib koʻrsatilgan): buzoqtana-gʻunajin-sigir; qiz-juvon-ayol, “Belgi”dagi darajalanish asosida: chiroyli-suluv-ko‘rkam-zebo; «siljish sur’ati» belgisiga koʻra: yurmoq-chopmoq-yugurmoq-yelmoq kabi.1 1 1H. Jamolxonov “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” Toshkent “Talqin” - 2005 31 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Togʻay Murodning „Oydinda yurgan odamlar” asaridagi graduonimlarni koʻrib chiqamiz. Togʻay Murodga yangilik kashf etuvchi, yangi yoʻl ochuvchi deb ham ta’rif beriladi. Togʻay Murod 1948-yil Surxondaryo viloyatining Denov tumanida joylashgan Xoʻjasoat qishlogʻida tugʻilgan. Togʻay Murod „Yulduzlar mangu yonadi”, „Ot kishnagan oqshom”, „Oydinda yurgan odamlar” hamda „Momo yer qo‘shigʻi” nomli qissalari hamda „Otamdan qolgan dalalar” nomli romanlar muallifidir. Bu asarlar kitobsevarlarning sevimli asarlari qatoridan joy olgan. Togʻay Murod „Oʻzbekiston xalq yozuvchisi” unvoniga sazovor boʻlgan. „Otamdan qolgan dalalar” romani uchun Abdulla Qodiriy nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan2 Bu romanda uch avlod hayoti tasvirlangan. Togʻay Murodning yana bir mashhur qissasi „Oydinda yurgan odamlar” qissasidir. Bu qissada Qoplonbek va Oymomoning hayoti tasvirlangan. Asarda Oymomo va Qoplonbekning farzandsizlikda oʻtkazgan yillari haqida soʻz boradi. Quyida shu qissada keltirilgan graduonimlarga misollar keltirildi. Masalan: qahqah(a)lamoq- xaxolamoq-miyigʻida kulmoq-qiqirlamoq-hiringlamoq-tirjaymoq-iljaymoq. Bu sozlar asarda quyidagicha keltirilgan: Boʻzbolalar gʻolibona qah-qah urdi[3:19b]. Nurmat kosa yelkasiga qarab, oʻzi-da xaxolab kulib yubordi[3:90b]. Qayinsinglisiga tikildi-tikildi, miyigʻida kuldi-kuldi[3:11b]. Ana shunda chimildiqdan qiqir-qiqir kulgi keldi [3:18b]... Bola yer sapchidi, hiringlab kuldi [3:30b]. Nimaga tirjayasizlar, - dedi kosa, - koʻrgan boʻlsalaringiz aytingizlar- da[3:90b]! U Yunus Rajabiy ashula aytganda iljayuvchi odamni otishga oʻqi bolmaydi [3:7b]. Bugun-erta. Ayoling bugun u deydi, ertaga bu deydi[3:49b]... Katta-mimit(kichkina). Keyin, Xushvaqtni katta qilamiz[3:32b]. Kenja, mimit qoʻllarini choʻza berdi-choʻza berdi[3:11b]. Tirqish-daricha-deraza-eshik- darvoza. Keyin, darvoza tirqishidan moʻraladi [3:90b]. Shu vaqt daricha gʻiyqillab ochildi[3:78b]. Uy derazalarini ochdi[3-85b]. Eshik-orani supurdi[3:85b]. Oymomo onamiz darvoza tabaqalarini qars-qars yopdi[3:94b]. Joʻja-tovuq. Makiyon ketida olam-jahon joʻja odimladi[3:40b]. Hovli toʻla oq tovuq boʻldi[3:53b]! Bahor-yoz-kuz-qish. Fasllar ranglarga moʻl boʻldi: bahor gulzor, yoz oftob, kuz munis, qish marmar[3:21b]... Yigʻlamoq-bigʻillamoq-hoʻngramoq. Yigʻlab-yigʻlab uxlab qoldi[3:94b]. Robiya hamsoyasi goʻdagi bigʻ-bigʻ yigʻladi[3:108b]. Peshonasini bilaklariga qoʻydi-da... hoʻngrab yigʻlab yubordi[3:47b]! Odimlamoq-yurmoq-chopqillamoq. Qimmat momo Olapardan hadiksirab odimladi[3:94b]. Ayollar uyma-uy yurib, sumalak tarqatdi[3:84b]. Zarb bilan chopqillab bordi[3:31b]. Qozon-doshqozon. Qozon toʻla osh boʻlsin, yostiq toʻla bosh boʻlsin, deyapmiz[3:49b]. Maysazor adirlarda doshqozonlar 2 Sh. Sariyev Adabiyot (Metodik qo‘llanma) Toshkent „Yangi kitob” 2018 32 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference osildi[3:66b]. Yomgʻir-sel. - Jumada kelsa, yomgʻir moʻl-koʻl boʻladi[3:67b]. Bu yogʻi, Lokkasoydan sel chiqqan[3:46b]. Dushanba-seshanba-chorshanba- payshanba-juma-shanba-yakshanba. Navroʻz dushanba kuni kuni kelsa-da yaxshi boʻladi[3:67b]. Inshoollo, Navroʻz bu y
Доказательный фрагмент
«Research integrating linguistics with literature opens the door to great success in the field.»
Образец извлечения
Демо-превьюResearch integrating linguistics with literature opens the door to great success in the field. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Linguistics, synonyms, gradation, graduonyms, Togai Murad, darajalanish, „Oydinda yurgan odamlar” qissasi., Tilshunoslik, graduonimlar, sinonimlar, Tog‘ay Murod
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024