К содержанию
РецензированоUZ2026

AMIR TEMUR VA BOYAZID YILDIRIM O’RTASIDAGI “ANQARA JANGI”

Teshayeva Gulira’no Asomiddin qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

1402-yil 20-iyul kuni hozirgi Turkiya davlati hududida joylashgan Anqara shahri yaqinida asrning eng dahshatli muhorabalaridan biri bo‘lib o‘tadi. Zamonasining ikki buyuk davlati — Usmoniylar va Temuriylar saltanati qo‘shini shu yerda to‘qnashadi. Kalit so’zlar: 1402, “anqara jangi”, usmoniylar, oltin o’rda XV asrda Osiyoda ikki buyuk turkiy davlat tarix sahnasiga chiqadi. G‘arbda buyuk Saljuqiylarning davomchisi hisoblanuvchi Usmon I asos solgan Usmoniylar davlati kuchayib Kichik Osiyo va Bolqon yarimoroli ustidan o‘z hukmronligini o‘rnatadi. Sultonlik juda tez yuksalib Yevropa va Vizantiya hukmdorlarini tashvishga solib qo‘yadi. Sulton Boyazid I o‘zining Serbiya, Bolgariya Qoraxoniylar ustidan qozongan shiddatli g‘alabalari tufayli Yildirim (Yashin) nomini oladi. Sultonning Vizantiya poytaxti Konstantinopolni qamal qilishi butun xristian dunyosini larzaga soldi. Bu davrda Markaziy Osiyoda mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng yangi kuch — Amir Temur boshliq Temuriylar davlati qad rostlagan edi. Sohibqiron deya ulug‘langan Amir Temur o‘sha davrning eng kuchli davlatlaridan biri bo‘lmish To‘xtamishxon boshliq Oltin O‘rda xonligini mag‘lub etgan, uning hujumidan keyin bu ulkan davlat amalda parchalanib ketgandi. Amir Temurning Gurjiston va Suriyani egallab olishi natijasida ikki buyuk turkiy davlat chegarasi bevosita kesishadi. Amir Temur Oltin O‘rda yurishini boshlayotgan paytda sulton Boyazid I Yildirimga elchi yuborib, birga harakat qilishni taklif qiladi. Sharqona odob- axloq qoidalariga amal qilgan amir sultonni “islomni g‘ayridinlardan himoya qiluvchi, Ollohning qilichi” deya alqaydi. Amir Oltin O‘rdaga Usmoniylar Bolqondan, o‘zi esa Kavkazdan hujum tashkillashtirmoqchi edi, ammo sulton Boyazid I Amir Temurga qo‘pol va keskin javob xati yuboradi. Keyingi maktub almashinuvlari ham shu tarzda yakun topadi. Oltin O‘rda va mamluklarni mag‘lub etgach Amir Temur o‘zining keyingi raqibi Boyazid I bo‘lishini biladi. Sohibqironga qarshi urush olib borgan Qora Yusufning Boyazid I saroyidan panoh topishi aloqalarning so‘nggi iplarini ham uzadi. Amir Temur sultondan Qora Yusufni unga topshirishni so‘raydi, rad 50 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference javobini olgan Amir Temur 1402-yilda Usmoniylar saltanati tomon yurish boshlashga qaror qiladi. Islom va turk olamining ikki buyuk sarkardasi, o‘z davrining eng qudratli hukmdorlari Sohibqiron Amir Temur va Boyazid Yildirim (Yashinchaqnar) qo‘shinlari 1402 yilning iyun oyi tongining birida Stella tog‘ yon bag‘rida to‘qnash keldi. Jang Temur tomonidan qamal qilingan Anqara shahri uchun kechdi... XIV asr so‘nggiga kelib, usmonli turklar sultoni Boyazid Yildirim, Bolqonbo‘yi va Kichik Osiyoning o‘lkan hududlarini o‘ziga bo‘ysundirib, o‘lkan saltanatga egalik qila boshladi. Boyazid o‘z saltanatini kengaytirayotgan bir vaqtda, O‘rta Osiyoda Amir Temur o‘zining ulkan saltanatiga asos soldi. Ular o‘z zamonining yirik hukmdorlari, qardosh millat va yagona din vakillari edi. Ikki yetakchi o‘rtasida o‘zaro hurmat va do‘stona aloqalar o‘rnatilishiga hech narsa xalaqit qilmasdi. Biroq Yaratganning hukmi boshqacha edi. Temur Boyazid bilan jang maydonida to‘qnash kelguniga qadar unga bir necha bora xat yozgani va javob olgani ma’lum. Temur har bir xatida usmonlilar sultonini fikr-mulohazali siyosat yuritishga chaqirgan. Ikkala hukmdor ham bir din va qardosh millat vakili ekanliklarini, Boyazid tomonidan o‘z himoyasiga olingan Temur dushmanlarini unga qaytarilishini va ikki qudratli davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlar o‘rnatilishi zarurligini ta’kidlagan. Lekin dastlab Temur fikrlariga xayrixoh fikrlar yozib javob yo‘llagan usmonlilar sultoni so‘nggi xatlarida Temurga qarshi qo‘pol va nafsoniyatga teguvchi mazmundagi javoblar yo‘lladi. Sulton Boyazidni halokatga yetaklovchi eng asosiy xatolaridan biri – bu uning Temur tobesi Qora Yusuf hukmronlik qilayotgan Erzinjon hududiga bostirib kirgani bo‘ldi. Bunday holatdan g‘azablangan Temur Boyazidning yoniga elchi yubordi va undan uzr so‘rashini talab qildi. Ammo kibrli va o‘ziga ishongan Sulton Boyazid qudratli Temurga haqoratli javob qaytardi. Boyazid tahdidli xatlari bilan diplomatik yozishmalarning barcha chegaralarini buzdi. G‘azab otiga mingan Temur zudlik bilan usmonlilar ustiga yurish boshlashga buyruq berdi. Tez orada Sohibqiron qo‘shini Kichik Osiyo hududlariga bostirib kirdi. Ilk jang 1399 yilda Sivas shahri yonida bo‘lib o‘tdi. Ushbu jangda Boyazidning o‘g‘li Sulaymon Temur qo‘shini bo‘linmalari bilan to‘qnashdi, Sivas zabt etildi. Boyazid Sivasdan 150 kilometr g‘arbda, otliq qo‘shinlari uchun noqulay bo‘lgan o‘rmonzor va tog‘ yonbag‘rida Temur qo‘shinini kutib turdi. Sohibqiron 51 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference usmonlilar qo‘shini bilan u yerda jang qilishdan voz kechib, o‘z qo‘shinini Qizil irmoq daryosining o‘ng sohilidan aylanib o‘tib, Boyazid qo‘shinining orqa tomoniga o‘tib oldi va Anqarani orqa tomondan qamal qildi. Usmonlilar ortga q

Доказательный фрагмент

«1402-yil 20-iyul kuni hozirgi Turkiya davlati hududida joylashgan Anqara shahri yaqinida asrning eng dahshatli muhorabalaridan biri bo‘lib o‘tadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

1402-yil 20-iyul kuni hozirgi Turkiya davlati hududida joylashgan Anqara shahri yaqinida asrning eng dahshatli muhorabalaridan biri bo‘lib o‘tadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
1402, “anqara jangi”, oltin o’rda, usmoniylar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники