Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABDUQAYUM YO`LDOSH QISSALARIDA OBRAZLAR POETIKASI
Abulqosimov Anvar Abror o`g`li
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, Abdukayum Yoldosh's short story "Crocodile Tears" is analyzed, and during the study of the poetics of the images in it, a detailed and concise understanding of the writer's artistic skills and figurative thinking reflected in the work is given. In addition, the uniqueness of the short story genre and the emergence of image concepts are also discussed. Kalit so`zlar: badiiy mahorat, obraz, qissa, poetik til, obrazli tafakkur, novatorlik. Key words: artistic skill, image, story, poetic language, figurative thinking, innovation. Badiiy adabiyotning salmoqli o`rnini egallagan qissa janrining paydo bo`lishi o`zbek adabiyotining tarixiy ildizlariga borib taqaladi. “Qissayi Sayfulmuluk”, “Qissayi Rabg`uziy” kabi namunalar bilan bir qatorda zamonaviy qatlamda ham shu janrda yozilgan ko`plab asarlarni keltirish mumkin. Qissa arabcha so‘z bo‘lib, «voqeiy hodisa yoki afsonalar bayon qilingan epik asar; syujetning murakkabligi jihatidan romandan kо'ra soddaroq badiiy asar» XXI asr qissachiligiga sezilarli hissa qo`shib kelayotgan yozuvchilardan biri Abduqayum Yo`ldoshdir. Uning asarlaridagi obrazlilik shunisi bilan ajralib turadiki, deyarli har birida sodda, ishonuvchan insonning qadr-qimmati, or- nomusi va shular ketidan taqdiri qil ustiga olib boriladi. “Timsohning ko`z yoshlari”, “Yulduzning yo`li”, “To`y”, “Sunbulaning ilk shanbasi” kabi qissalar obrazlari yuqoridagi fikrning yaqqol dalili bo`la oladi. Obraz so`zining lug`aviy ma`nosi “aks” bo`lib, biror narsaning aksi tushunchasini ifodalaydi. Biroq badiiy obraz dunyodagi mavjudlikning yozuvchi ko`zi va so`zi fokusidan o`tib qog`ozda aks etishidir. Unda ko`p narsa borliqdagidek ko`rinishi yoki aksincha bo`lishi mumkin va bu yozuvchining mahoratiga bog`liq bo`ladi. Asar o`quvchini qanchalik o`z domiga torta olsa, 105 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference unda aks etgan obrazlarda o`zining bir qismini his eta olsa, demak, badiiy mahorat yetarli darajada ifodalangan bo`ladi. “Badiiy obraz borliqning (undagi narsa, hodisa v.h.) badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz o`sha borliqning oddiygina aksi emas, yo`q, u borliqning san'atkor ko`zi bilan ko`rilgan va idеal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko`plab tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o`zi emas, balki tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir” . Abduqayum Yo`ldosh ham boshqa ijodkorlar qatori o`z borlig`ini o`z tili – poetik tili bilan yaratadi. Poetik til deyilganda esa ko`pchilik tashbeh-u istioralar, ramz, metafora, o`xshatish, har xil bezakdor va jimjimador so`zlar va iboralar orqali so`zlashni tushunadi. Biroq aslida, poetic til deyilganda u umumxalq tiliga asoslangan, obrazlilik va emotsionallik kabi xususiyatlarni o`zida mujassamlashtirgan tushunchani anglashimiz zarur . “Timsohning ko`z yoshlari” qissasida ham yozuvchi xalq tilidagi so`zlarni shu qadar obrazli ifodalaydiki, asar personajlari bilan birga yig`lash, ularga achinish kabi tuyg`ularni beixtiyor o`zingizda his qilasiz. Asarda bir joyda ishlab, bir davrda yashaydigan va ikki xil dunyo bo`lgan ikki ayol konfliktni yuzaga keltirgan. Haddan tashqari sodda, kamsuqum, ishonuvchan Munisaning turli bid`atlarga ishonib, umrini boshqalarning hayotlariga aralashish bilan o`tkazishga odatlanib qolgan Salomat opaga duch kelishi yozuvchining shu kabi insonlarni xayol chig`irig`idan o`tkazib, qalam charxi bilan yaratgan “borlig`i” deyishimiz mumkin. Asarning “Timsohning ko`z yoshlari” deb nomlanishiyoq yozuvchining qandaydir chuqur maqsadni ko`zlaganidan darak beradi. Chunki bu nshu jumla ko`pchilik tillarda mavjud ibora bo`lib, “timsohlar oʻljasini tanovul qilayotganda yigʻlaydi, degan qadimgi ishonchdan kelib chiqqan. Plutarx asarlaridan birida timsohning xatti-harakati kimnidir oʻldirishga qasd qilib, keyin qurboniga motam tutadigan odamlarning qilmishiga qiyoslanadi” . “XVII asrdagi alifbo kitobida (lugʻatda) shunday deyiladi: “Timsoh suvda yashovchi hayvondir. Qachonki insonni yesa, yigʻlaydi va qattiq boʻzlaydi, lekin yeyishdan toʻxtamaydi. Tanasini boshidan uzar ekan, boʻzlab yigʻlaydi”.” Bundan tashqari, tibbiyotda shu nomdagi kasallik ham mavjud bo`lib, u bir a`zoning noto`g`ri davolanishi natijasida boshqalarining shikastlanishiga olib keladigan sindromni anglatadi. Har ikkala ta`rif ham qissadagi obrazlarga mos va eng to`g`ri tanlangan sarlavha ekanini bildiradi. Asarda Salomat opa obrazi uning nazarida “baxti ochilmayotgan” qizlarga “yo`l” ko`rsatish orqali ularni botqoqqa itarayotgan, lekin buni o`zi ham tushunib 106 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yetmagan “timsoh” timsolidir. U Munisaning bir tashvishdan qutilishiga yordam berish uchun bir umrlik dardga duchor qiladi. Bechora qizning boshiga tushgan ishlardan xulosa chiqarmay, keyingi kelganlarga ham yana shu kabi maslahatlarini kanda qilishdan qaytmaydi. Ya`ni timsoh kabi “yig`laydi, bo`zlaydi…lekin yeyishdan to`xtamaydi…” Munisa es
Доказательный фрагмент
«In this article, Abdukayum Yoldosh's short story "Crocodile Tears" is analyzed, and during the study of the poetics of the images in it, a detailed and concise understanding of the writer's artistic skills and figurat…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, Abdukayum Yoldosh's short story "Crocodile Tears" is analyzed, and during the study of the poetics of the images in it, a detailed and concise understanding of the writer's artistic skills and figurat… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- artistic skill, image, story, poetic language, figurative thinking, obrazli tafakkur, poetik til, badiiy mahorat, novatorlik., qissa, obraz
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026