Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ONTOGONEZ PSIXOLOGIYASIGA YANGICHA YONDASHUV
Sultonov Dostonbek · O‘zDSMI FMF
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Bu mavzuni o‘qir ekansiz o‘zingizga kerakli ko‘plab ma’lumotlarni topishingiz mumkin. Kalit so‘zlar: Respublikamiz, ontogonez, psixologiya, taraqqiyot, paydo bo‘lishi, yangicha yondashuv. Jahon psixologiyasi fanida shaxs muammosi yuzasidan ko‘plab nazariyalar, konsepsiyalar, yondashuvlar, qarashlar mavjud bo‘lishiga qaramay, komil inson kamoloti, o‘ziga xosligi bo‘yicha hanuzgacha umumiy bir fikrga, to‘xtamga kelinganicha yo‘q. Xuddi shu bois, insonshunoslik fanlari (sohalari)da shaxsga oid bir qator terminlar, tushunchalar, atamalar qo'llanilishi an’ana tusiga kirgan, chunonchi, shaxs inson, odam, kishi, sub’ekt, individ, idividuallik, komil inson, shuningdek, unga taalluqli tipik va tipologik xususiyatlar shular jumlasidandir. Psixologiya fanida munosabatlar nuqtai nazaridan “sub’ekt — ob’ekt — sub'ektlararo”, “sub’ekt — sub’ekt ob’ektlararo” singari sxemati yondashuvlar mavjud bo'lib, ulaming barcha tabiiy — biologik va ijtimoiy (sotsial) shartlanganlik manbalaridan kelib chiqqan holda tahlil hamda talqin qilishga asoslangandir. Shaxsga oid psixoanaliz, analitik psixologiya, individual psixologiya, neofreydizm, begonalashish nazariyasi, rollar nazariyasi, gumanistik psixologiya, epigenetik nazariya, frustratsiya nazariyasi, ekzislensial psixologiya, tushunuv psixologiyasi, fransuz sotsiologik maktabi, psixologlarining har xil nazariyalari mavjuddir. Uzoq va va yaqin chet el psixologlarining qarashlarida kamolot ontogenetik nuqtai nazardan muayyan, qat’iy bosqichlarga ajratilgan holda juda kam tadqiq qilmgan. Shuning uchun biz shaxsan o‘zimiz taklif qilayotgan sxema bo‘yicha mulohaza yuritamiz va kamol topish bosqichlari hamda ularning o‘ziga xos xususiyatlarining mohiyatini ochib berishga harakat qilamiz. Ularning quyidagi davrlarga bo‘lib tahlil qilish maqsadga muvofiq: murtaklik (embrional), odam (individ), inson, shaxs, sub’ekt, komil inson. Shaxsning kamoloti murtaklik davridan boshlanishi to‘g‘risida asosli fikrlar A.Vallon, D.Bromley tadqiqotlarida 118 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference ayrim psixologlar va psixofiziologlaming maqolalarida uchraydi, xolos. Shu narsani takidlab o‘tish joizki, murtaklik davrining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirish imkoniyati muayyan darajada mavjud ekanligi nafaqat psixologlar, balki tabiatshunoslar, biologlar, fiziologlar tomonidan tavsiflab berilganligi, tibbiyot mutaxassislarining еsа bu borada o‘zlarining qarashlari, yondashuvlari shakllanganligi nazariy mulohaza yuritish uchun asos bo‘lib xizmat qila oladi. Murtaklik davrini kamolot bosqichiga kiritgan tadqiqotchilar A.Vallon va D.Bromley boMib hisoblanadi. Jumladaan, D.Bromley mazkur davmi quyidagi bosqichlarga ajratib talilil qilishni tavsiya qiladi: zigota — embrional — homila— tug'ilisholdi. A.Vallon esa ontogenezning tarkibiy qismi sifatida uni kamolot bosqichi qatoriga kiritadi.Biz (E.G‘oziev) yaratgan komil inson konsepsiyasi o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. Bizning ta’kidlashimizcha homilalik — embrional davr bosqichi bo‘lg‘usi shaxs uchun muhim ahamiyat kasb etib, jismoniy barkamollikning, nerv sistemasi, bosh miya katta yarim sharlari, hissiy bilish, tana a’zolari paydo bo'llishining va o‘sishining manbai vazifasini bajaradi. Ushbu bosqichda quyidagilarga e’tibor berish maqsadga muvofiq: • homilaning jismoniy o‘sishini uzluksiz ravishda ta’minlash uchun oqsillar, vitaminlar va boshqa turdagi oziqalarga nisbatan tabiiy ehtiyojini qondirib airish; • unga salbiy ta’sir etuvchi qo'zg‘atuvchilardan saqlanish ijobiiy butuyg‘u uygkotuvchi hodisalar to‘g‘risida ko'proq o‘ylash; • qaltis jismoniy va somatik harakat lard an o‘zini tiyib turib, zo‘riqishning uzluksiz ravishda oldini olish; • homilaga sensor ta’sir o‘tkazishni odatiy psixologik holatga aylantirish; • koi\takt va distant moslama vositalaridan foydalanish; • shaxslararo munosabatda muloqot maromlariga rioya qilish: • bioritmika va psixometriya qoidalaridan ogl ishmay foydalanish; • ijtimoiy xodisalarga nisbatan loqaydroq munosabatda bo'lish va hokazo; Odam (individ')lik davri tug'ilganidan to unda nutq paydo bo'lguncha qadar vaqt birligini qamrab oladi. Uning muhim tomonlari mana bunday holatlarda ko‘zga yaqqol tashlanadi : • embrional davridagi plansentar sistemasi o'mini oral (mustaqil hazm qilish) egallaydi, ya’ni mustaqil nafas olish, qon aylanish va boshqalar tabiiy ravishda chaqaloqda yuz bera boshlaydi; • tabiiy holatlarga va muhitga moslashish (adaptatsiya) tevarak^atrofini bilish 119 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference boshlanganligidan dalolat beradi; • har xil turdagi harakatlami amalga oshirish, jismlami ushlash, ularga intilish, narsalami bilishga nisbatan harakatini bildiradi; • ota-onani va qarindosh-urugMami tanish, sezgi idrok, xotira jarayonlari o‘sishini anglatadi; • jismlarga razm solish, uning tuzilishi va
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Ontogenez psixologiyasiga yangicha yondashish mavzusida juda kerakli aniq va batafsil ma’lumotlar aytib o‘tilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Respublikamiz, ontogonez, yangicha yondashuv., psixologiya, paydo bo‘lishi, taraqqiyot
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025