Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SA EDI SHAKLINING LISONIY XUSUSIYATI VA UNING NAMOYON BO‘LISHI
Safarov Firuz Sulaymonovich
Модели и методы в современной науке · 287-291 · 2026
Аннотация
Maqolada -sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilingan. -sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon semalariga betaraf. Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Bu shakl istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi. Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlikdan iborat. Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi shakli ifodalagan istak semasi koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga ma’nodosh bo‘lib konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: -sa edi shakli, istak semasii, modal ma’no, subyektiv ma’no, ma’nodoshlik, konnotatsiya, tugallanganlik, hozirgi zamon, kelasi zamon, qulay kontekst, oydinlashtiruvchi kontekst. Bu shakl fe’lning o‘zak va negizidan -sa qo‘shimchasi hamda edi to‘liqsiz fe’li bilan yasaladi. Bu shaklda shaxs, son va hurmat qo‘shimchasining to‘liqsiz fe’lga qo‘shilib kelishi kam uchrab uning o‘rnida ko‘pincha yasama shakl ishlatiladi. Yasama shakl to‘liqsiz fe’lning -ydi tarzida qo‘llanishidan hosil bo‘ladi: olsaydim, olsayding kabi. -sa edi shakli istak, hozirgi, o‘tgan va kelasi zamon semalariga betaraf1. Shuning uchun to‘rtala sema ham qulay kontekstda namoyon bo‘ladi. Bu shakl istak semasini ifodalaganda gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi. Shuning uchun -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlikdan iborat. Tugallanganlik bu shaklda belgilangan bo‘lib kontekstda noqulaylik bo‘lmasa voqelanaveradi. -sa edi shaklining lisoniy xususiyati shundan iborat bo‘lib uni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin. Shakl Istak O‘tgan Hozirgi Kelasi Tugallanganlik zamon zamon zamon -sa edi +/‒ +/‒ +/‒ +/‒ + 1 Bu shakl shart semasiga ham betaraf. Bu o‘rinda istak semasi tahlil qilinadi. 69 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference -sa edi shaklida o‘tgan zamon semasiga betaraflik to‘liqsiz fe’lning xususiyati bilan bog‘liq. -sa hozirgi va kelasi zamonga betaraf bo‘lganidan istak semasi boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘ladi ya’ni so‘zlovchining subyektiv munosabati bilan yo‘g‘riladi. -sa edi shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlik bo‘lganidan bu shaklning istak semasini ifodalashi uchun qulay kontekst vazifasini sodda gap bajaradi: ‒ Razzog‘im urushdan omon qaytsa edi! (H. G‘ulom, Mash’al, 267) Bu misolda -sa edi shaklida istak semasining namoyon bo‘lishiga urg‘u (urg‘u -sa qo‘shimchasiga tushgan) va tugallanganlik qulaylik tug‘dirgan. Gapda -sa edi shakli so‘zlovchining istagini ifodalagan. Istak semasi kuchaytirilgan tarzda ifodalangan bo‘lib so‘zlovchining his-tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan. So‘zlovchining his-tuyg‘usi ohang vositasida ham ifodalangan bo‘lib uni ko‘rsatish uchun yozuvda undov belgisi qo‘yilgan. -sa edi shakli istak semasi bilan birga kelasi zamon semasini ifodalagan. Kelasi zamon semasiga fe’l o‘zagi (qayt)ning lug‘aviy mazmuni ya’ni bu fe’lning intiholi harakatni bildirishi qulaylik tug‘dirgan. Shunga ko‘ra kontekst minimal ko‘rinishga keltirilsa ham kelasi zamon semasi ifodalanadi: qaytsa edi. His-tuyg‘uning yuqori darajasini ifodalash uchun ohang bilan birga undov so‘z ham ishtirok etadi: ‒ Men oxirgi kunlarni soat sanab kech qilar edim. Har kuni pochtaga qatnab... Eh, bilsangiz edi! (P. Qodirov, Uch ildiz, ) Misoldagi -sa edi shakli qo‘llangan gap undov so‘zni hisobga olmaganda bu shakl uchun hajmiga ko‘ra eng kichik, xususiyatiga ko‘ra istak semasi uchun xususiyatiga ko‘ra qulay kontekst. Istak semasining ifodalanishiga urg‘uning to‘liqsiz fe’ldan oldingi bo‘g‘inga tushganligi va sintaktik tugallanganlik xususiyatining namoyon bo‘lishi qulaylik tug‘dirgan. -sa edi shakli istak semasi bilan birga kelasi zamon semasini ifodalagan. Kelasi zamon semasiga fe’l o‘zagi (bil)ning lug‘aviy ma’nosi ya’ni bu fe’lning intihosiz harakatni bildirishi qulaylik tug‘dirgan. Nutqiy maqsad-u vazifa taqozo qilsa -sa edi shakli oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Oydinlashtiruvchi kontekstda -sa edi shakli ifodalagan istak semasi koshki, zora, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Bu so‘zlar -sa edi shakliga ma’nodosh bo‘lib konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi. Quyidagi misolda qaniydi so‘zi qo‘llanib istakni kuchaytirishga xizmat qilgan: Qaniydi, ko‘nglidagi borini xuddi ilgarigiday ko‘zlari aytib tursa edi. (Sh. Bo‘taev, Qo‘rg‘onlangan oy, 195) Bu misol -sa edi shaklining istak semasi uchun ham qulay ham oydinlashtiruvchi kontekst. Mazkur semaning ifodalanishiga urg‘u va tugallanganlik qulaylik tug‘dirgan. Shunga ko‘ra qaniydi so‘zi tushirib qoldirilsa ham istak ifodalanadi- 70 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference yu ta’kid anglashilmaydi. Istak semasi ikkita vosita bilan ifodalanganidan so‘zlovchining istagi va his-tuyg‘usi kuchli darajada namo
Доказательный фрагмент
«Maqolada -sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada -sa edi shaklining lisoniy xususiyati va uning o‘zgarishi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- sa edi shakli, qulay kontekst, modal ma’no, hozirgi zamon, ma’nodoshlik, tugallanganlik, subyektiv ma’no, konnotatsiya, oydinlashtiruvchi kontekst, kelasi zamon, istak semasii
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025