Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AMD FIRMASINING ZAMONAVIY PROTSESSORLARI VA ULARNING TASHKIL ETILISHI
TASHKIL ETILISHI · Ko’chimova Oyshabonu O’tkirovna · Kuziboyev Ulug’bek Jahongirovich · Maxmudov Murodjon Anvarovich
Модели и методы в современной науке · 1969
Аннотация
Ushbu maqolada ADM firmasining zamonaviy kompyuterlari va ularning zamonaviy protsessorlarini ishlashi, xususiyatlari, afzalliklari ko’rib chiqiladi, shuningdek, maqolamiz boshida ushbu ADM firmasi protsessorlari kelib chiqish tarixi va tashkil etilishi haqida ham so’z boradi. Kalit so’zlar. AMD protsesorlari, Ryzen, Athlon, EPYC, Threadripper, Intel protsessorlari, Zen arxitekturasi, Phenom II protsessorlari. AMD ya’ni, Advanced Micro Devices bo’lib, Kaliforniyaning Santa Clara shahrida joylashgan kompaniya hisoblanadi. Ushbu kompaniya zamonaviy kompyuterlar uchun kompyuter protsessorlari va yarimo’tkazgich ishlab chiqaruvchi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya 1969-yilning 1-may sanasida Jerri Sanders va uning Fairchild Semiconductor kompaniyasidagi yettita hamkasblari tomonidan tashkil etilgan. AMDning dastlabki mahsulotlari asosan xotira chiplari va kompyuterlar uchun boshqa turdagi komponentlardan iborat boʻlgan. Keyinchalik kompaniya mikroprotsessorlar bozoriga kirib borib, sanoatdagi asosiy raqibi Intel bilan raqobatlasha boshladi. АMD kompaniyasining ish joyi tizimi uchun protsessorlari Intel protsessorlariga o’xshab ikki “turga” bo’linadi — qimmatroq va unumliroq Athlon (XR.MP) va arzonrog’i— Duron. Duron bizda deyarli qo’llanilmaydi (sotilmaydi ham), АMDning o’zi ham ularni ishlab chiqarishni to’xtatmoqda. АMD Athlon protsessorlari shundoq ham CPU Intel Celeron narxlari kategoriyasiga kirib, mahsuldorligi esa Intel Pentium 4 bilan teng bo’lgani sababli Duron protsessori haqida biz yozmadik. Intel Pentium!!! protsessorlari bilan haqiqatda raqobatlasha oladigan birinchi DES firmasining RISC protsessori –Alfa 21064 bazasida ishlab chiqilgan 7- avlod АMD Athlon protsessori 1999 yili avgustda sotuvda paydo bo’ldi (2-rasm). 2000 yili iyulidan boshlab, Athlon protsessorlarini 0,18mkm — texnologiyasi bilan Thunderbird protsessor yadrosi, 650-950 MGts takt chastotali ishlab chiqara boshladilar. 112 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 1-rasm. АMD Athlon protsessori 2000-yillar o’rtalarida AMD firmasi o’sha davr uchun yomon bo’lmagan Athlon 64 protsessorlarini ishga tushirdi. Ammo 2006-yilga kelib IntelCore 2 protsessorlari har jabhadan, barcha parametrlaridan o’tib ketdi. 2008-yilda ishga tushirilgan AMD firmasining Phenom protsessori ham Core 2 protsessorini yetib ololmadi. Va nihoyat 2009-yildagina AMD firmasi Phenom II protsessorlari ishga chiqarildi va Core 2 protsessorlari bilan teng raqobatlashadigan bo’lishdi. AMD kompaniyasi, xususan, Zen arxitekturasiga asoslangan protsessorlar ishlab chiqarishni 2017 yilda boshladi va bu arxitektura o‘sha davrda jadal yutuqqa erishdi. Bundan tashqari AMD kompaniyasi o’zining protsesorlarini raqobatbardoshligini oshirishda bir necha asosiy texnologik yutuqlarga erishdi. Ayniqsa, AMDning Ryzen, EPYC va Thunderbird kabi protsessorlari yuqori samaradorlik va unumdorlikni ta’minlaydi. Namuna sifatida AMD firmasiga tegishli bo’lgan Ryzen protsessori (1-rasm). 113 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2-rasm. AMD Ryzen protsessori Ryzen protsessorlarining unumdorligi va samaradorligi tufayli ular hozirda, biznes ilovalarda shu bilan birga bulutli ilovalarda ham Intel mahsulotlarida ustunlik jihati borligi ham ko’zga tashlanadi. AMD Ryzen protsessorlari AMD (Advanced Micro Devices) kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan zamonaviy protsessorlar oilasidir. Ryzen protsessorlari yuqori unumdorlik, arzon narx va energiya samaradorligi bilan bozorni zabt etgan. Ular o'yinlar, grafik dizayn, video tahrirlash, sun'iy intellekt va boshqa yuqori hisoblash quvvatini talab qiladigan ishlar uchun juda mos keladi. Ryzen protsessorlarining asosiy avzalliklari 1. Ko'p yadro va ko'p oqimli ishlash. 2. Zen Arxitekturasi. 3. Boshqa texnologiyalar bilan moslik. 4. Oʻyinlar va ish unumdorligi uchun kuchli imkoniyatlar. Shuningdek Ryzen protsessorlari seriyalari bir necha bo'limlarga bo'lingan: Ryzen 3: Oddiy ofis ishlari va o'qish uchun qulay. Ryzen 5: O'yin o'ynash va o'rtacha darajadagi ishlar uchun. Ryzen 7: Katta hajmdagi ishlar va professional dasturlar uchun. Ryzen 9 va Ryzen Threadripper: Juda kuchli va yuqori samaradorlikni talab qiladigan ishlar, masalan, video tahrirlash va dasturlash uchun mo'ljallangan. Xozirgi kunda AMD protsesorlari yqorida ta’kidlab o’tganimizdek samarli va unumdorligi yuqori bo’lgan protsessorlardan biri hisoblanadi. AMD protsessorlarini ishlatish bir muncha qiyinroq Intel Core protsessorlarini ishga tushirishdan ko’ra va u protsessor modeliga bog’liq. Umuman olganda protsessor bu kompyuterning miyasi hisoblanadi va u qancha yaxshi bo’lsa kompyuterning ham ish samaradorligi ancha yaxshi va yuqori bo’ladi. Adabiyotlar ro’yxati: 1. Rodengen, Jeffrey L. The Spirit of AMD: Advanced Micro Devices . Write Stuff, 1998-yil. 2. Ruiz, Gektor. Slingshot: AMD sanoatni Intelning shafqatsiz taʼsiridan ozod qilish uchun kurashmoqda . Greenleaf Book Group, 2013 yil. 3. Men
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ADM firmasining zamonaviy kompyuterlari va ularning zamonaviy protsessorlarini ishlashi, xususiyatlari, afzalliklari ko’rib chiqiladi, shuningdek, maqolamiz boshida ushbu ADM firmasi protsessorlari keli…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ADM firmasining zamonaviy kompyuterlari va ularning zamonaviy protsessorlarini ishlashi, xususiyatlari, afzalliklari ko’rib chiqiladi, shuningdek, maqolamiz boshida ushbu ADM firmasi protsessorlari keli… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ryzen, EPYC, AMD protsesorlari, Phenom II protsessorlari., Zen arxitekturasi, Intel protsessorlari, Threadripper, Athlon
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026