К содержанию
РецензированоUZ2026

INGLIZ TILINI O‘QITISHDA EFFEKTIV METODLAR

Kenjayeva Nigora O‘ktam qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi. Kalit so‘zlar: ingliz tili o‘qitish metodikasi, amaliy bilimlar, metodlar, olimlar fikri, innovatsion metodlar. Ingliz tili o‘qitish metodikasining, umumiy (nutqiy yo‘nalganlik, chegaralab va yaxlit o‘rgatish, mashqlar yechish, til tajribasini e'tiborga olish), xususiy (nutq namunasi yordamida ingliz tili o‘qitish, til mashqi va nutq amaliyoti bog‘liqligi, nutq faoliyati turlarining o‘zaro bog‘liqligi, og‘zaki nutqning ilgarilashi, chet tilda tabiiy nutqqa yaqinlashish, ibtidoiy bosqichni yanada takomillashtirish), maxsus (grammatikani o‘rgatish, leksikani o‘rgatish, o‘qishni o‘rgatish va ingliz tili o‘rgatishda nutq yozishni qo‘llash) tamoyillari ishlab chiqilgan. Biz pedagogik tamoyillarni jamlashtirishda chet tillarni boshlang‘ich ta’limda o‘qitishga kommunikativ yondashuvni nazarda tutdik. Maktablarda xorijiy til o‘qitish metodikasi o‘quv fanini o‘rganish, mustaqil o‘zlashtirish jarayonida ta’limning bakalavr bosqichi talabalaridan o‘rta umumta’lim maktab, bolalarga chet til o‘qitish metodikasidan amaliy bilimlarni egallash talab qilinadi. 1. Nazariy bilimlarni egallash bo‘yicha talablar quyidagilardan iborat: -Boshlangich sinflarda chet til o‘qitish metodikasining maqsadi, vazifalari, predmeti, ilmiy-tadqiqot metodlari, metodik tushunchalar, vositalar, metodlar, tamoyillar, usullar, mashqlar tizimini to‘liq bilish; -til o‘rganuvchilarga til materialini metodikasini tushuntirish; - chet tilida nutq faoliyati turlarini eshitib anglash, gapirish,o‘qish va yozuv malakalarini o‘rgatishni samarali bilish; -chet tili o‘qitish jarayonini rejalashtirish, tashkillashtirish, dars rejasi tuzish va reyting tizimini bilish. Shu o‘rinda hozirda dars jarayonlarida bir necha metodlardan foydalanib kelinmoqda. Misol uchun: 1. “B-B-B” ( BILAMIZ-BILISHNI XOXLAYMIZ-BILDIK) Bu metod o‘quvchilar uchun ingliz tilidagi matinni yaxshi tushinishi, taxlil qilaolish qobiliyatini kuchaytirishga yordam beradi. 46 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference 2. “QUICK ANSWERS” ya’niy tezkor savol-javob. Bunda o‘tilgan dars yuzasidan o‘qituvchi o‘quvchilar bilan savol-javob o‘tqazadi. Bu metod o‘quvchilarning diqqatini tezligini oshirishga yordam beradi. 3. “PANTOMIMA” bu usulda yangi so‘zlardan foydalangan holda imo ishora bilan bir o‘quvchi ko‘rsatadi, qolgan o‘quvchilar qaysi so‘zligini topishlari kerak bo;ladi. Bu metod o‘quvchilar zerikib qolmasliklari uchun yangicha usulda yangi berilgan lug’atni so‘rash. Demak, yuqorida berilgan metodlarning har birining o‘ziga xos dars jarayonlari uchun foydaliliklari bor. Xitoy ixtirochilaridan biri Masaru Ibuka mashhur “Uchdan keyin kecha” kitobida yozganidek: “ ...bolaning miyasi cheksiz miqdordagi ma’lumotlarga ega bo‘lishi mumkin..”.1 Yana shunga qaratish e’tibor qaratish kerakki, 6-7 yoshdagi bolalar ma’lumotlar ma’nosini tushunib emas, uni mexanik tarzda yodlaydi. Shuning uchun ham ingliz tilini o‘rganayotgan boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tilni o‘rgatishni grammatik tushuncha berishdan boshlamaslik zarur. Aks holda chet tilini o‘rgatishning dastlabki qadamidanoq bolani charchatishi va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini susaytirib qo‘yishi mumkin. Chunki boshlang‘ich sinfdagi o‘quvchilarga chet tilini o‘rgatish qiyin, shu bilan birga mas’uliyatli vazifalardan biri hisoblanadi. Shuning uchun ham boshlang‘ich sinflarga ingliz tilini mazmunli va qiziqarli o‘rgatish uchun quyidagi innovatsion metodlardan foydalanish mumkin: Ko‘rish orqali eslab qolish. Ma’lumki, yosh bolalar eshitgan ma’lumotlaridan ko‘ra, ko‘proq ko‘rgan predmetlarini eslab qoladi. Shunday ekan, darsni turli xil ko‘rgazmali qurollar, plakatlar orqali, ko‘zga ko‘rinadigan va kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan narsa, buyumlarga yozish orqali yangi so‘zlarni o‘rgatish va o‘rgangan yangi so‘zlari ishtirokida gaplar tuzish. Masalan, kitob (book), stole (table), doska ( blackboard), ruchka (pen), oyna (window) va shu kabilarga yozish. Kundalik hayotda ko‘p ishlatiladigan bunday narsa-buyumlar ko‘zga doimo tushib turishi va doimo qo‘llanilishi bois, bola bu so‘zlarni ixtiyorsiz tarzda o‘rganadi. Qo‘shiq va she’rlar orqali tushunish yoki eslab qolish qiyin bo‘lgan so‘zlarni musiqaga solib kuylash. Bunda yangi so‘zlarni eslab qolish bilan birga, bolaning og‘zaki nutqi ham rivojlanadi. Bunga misol qilib, bolalarning ingliz tili alifbosini qo‘shiq qilib o‘rganishlari , shunchaki yodlashdan ko‘ra samarali ekanligini ko‘rsatish mumkin. TO raqobatdosh grammatika va so‘z boyligini o‘zlashtirishga yordam beradigan o‘yinlarning aksariyatini o‘z ichiga oladi. Bunda bolalar o‘qituvchi 1 Zimnya I.A.

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada ingliz tili darslarida darsni samarali va mazmunli o‘tqazishda pedagogik metodlarning o‘rni yoritib berilgan va ularga misollar ham berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
innovatsion metodlar., olimlar fikri, ingliz tili o‘qitish metodikasi, amaliy bilimlar, metodlar
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники