Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR NUTQINING RIVOJLANISHIDA BILISH JARAYONLARINI BOG`LIQLIGI
Alimova Kamola Xayrulla qizi · Nizomiy nomidagi TDPU Logopediya · Turdiyeva Kamola Zohid qizi
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Проявление речевых моделей у детей дошкольного возраста и связь мыслительных операций в познавательных процессах Annotation: The manifestation of speech patterns in preschool children and the relationship of mental operations in cognitive processes Tayanch so`zlar va tushunchalar: nutq, tafakkur, sezgi, Vernike, Broko, analiz, sintez. Ключевые слова и понятия: речь, мышление, интуиция, Вернике, Брока, анализ, синтез. Key words and concepts: speech, thinking, intuition, Wernicke, Broca, analysis, synthesis. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan mamlakatimizni har taraflama rivojlantirish bo‘yicha bir qator xujjatlar qabul qilindi va amalda qo‘llanilib kelmoqda. Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan yoshlarga e’tiborni kuchaytirish,yosh avlodni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan to`g‘ri foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish bo’yicha uzluksiz ishlar olib borilmoqda. Shuni ta’kidlash lozimki, maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim- tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Nutq, faqatgina insonga xos noyob iste’dod bo‘lib, u yoki bu til orqali ong jarayonlari bilan bog‘liq muloqotni ta’minlaydi. Nutq funksiyasining miyadagi uyushishi XIX asrning o‘rtalaridan boshlab klinitsistlarning, neyrofiziologlarning va psixologlarning har tomonlama o‘rganadigan fani bo‘lib qoldi. Nutq mexanizmi to‘g‘risidagi birinchi ma’lumotlar P.Broko (1861), K.Vernike (1873) ning ishlarida paydo bo‘ldi. Nutq faoliyatini ta’minlovchi po‘stloq zonasining turli qismlarini bundan keyingi o‘rganishlar (Brok markazining) bosh miya chap yarim sharining (o‘ng tomon uchun) orqa 91 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference qismidagi peshonaning burma-burma bo‘lib turgan joylarining motor funksiyalarini oldi olindi (lokalizatsiya qilindi), sensor tarafi esa – (Vernike markazi) chakka chap qismining burma-burma bo‘lib turgan joylarining oldi olinishi (lokalizatsiya qilinishi) mumkin. A.R.Luriyaning “neyropsixologiya asoslari” da nutqni tashkil etish funksiyalari har tomonlama yoritilgan (1971). Nutq nuqsoniga ega bo‘lgan bollarda barcha bilish jarayonlarining buzilganligini ko‘rish tabiiy. Ko‘pchilik olimlar nutq buzilishlarida tafakkurning holatini o‘rganishgan. Noverbal aklning idrok xolatiga ko‘ra (O.N. Usanova , T.N. Sinyakova 1982) ONRli bolalarni uch guruxga bulish mumkin: - nutqi me’yordan bir muncha farklanadigan bolalar; bunda akl idrok uziga xosligi nuqiy qiyinchiliklarga bog`lik emas. Mualliflar ma’lumotiga kura , bu gurux barcha ONRli bolalar-ning 9% ini tashkil qiladi – me’yorga tugri keladi (27%); - me’yorning quyi chegarasiga to`g`ri keladi, birok noturgunligi bilan tavsiflanadi (muayyan paytlarida ular me’yordan quyi aql-idrok xolatini ko`rsatish mumkin). Biz foizga ko`ra eng ko`p sonli gurux (63%) . Yoshiga yarasha bo`lgan fikrlash jarayonlarini rivojlantirish uchun to`la darajada asosga ega bo`lib, bolalar idrok, ko`rgazmali tasavvurli fikrlash rivojlanishi orqada qoladi, taxlil, sintez, solishtirish, tasniflash, ortiqcha tushunchani chiqarib tashlash va o`xshashlik bo`yicha xulosa qilishni qiyinchilik bilan egallaydi. Genetik psixologiya maktabini asoschisi bo`lgan J. Piote muloqotni o`rganishga katta xissa qo`shgan. U nutqiy rivojlanish muloqot orqali amalga oshadi va bunda dialogning tashqi dunyo bilan interorizatsiyasi sodir buladi deb xisoblangan. Maktabgacha yoshdagi davr - bu bolaning og‘zaki nutqni faol egallashi, nutqning barcha jihatlari fonemik, leksik, grammatik shakllanishi va rivojlanish davri xisoblanadi. Bu davrda bolalar nutqining rivojlanishi bir necha yosh davrlarida ro‘y beradi. Eng muxim davr - bu bolaning bir yoshdan to‘rt yoshgacha bo‘lgan davr bo‘lib, bola tilning asosiy qonunlarini o‘rganadi. Maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqning o‘z vaqtida va to‘liq shakllanishi - bolaning normal rivojlanishi va kelajakda uning maktabda muvaffaqiyatli o‘qishi uchun zarur shartlardan biridir. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishiga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. 92 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference So‘zning ahamiyati o‘z-o‘zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat bilan o‘zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon qiladi. Bolaning ruhiy rivojlanishi jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy fikrlash faoliyati paydo bo‘ladi. U yoki bu darajadagi nutq buzilishlari bolaning barcha ruhiy rivojl
Доказательный фрагмент
«Проявление речевых моделей у детей дошкольного возраста и связь мыслительных операций в познавательных процессах Annotation: The manifestation of speech patterns in preschool children and the relationship of mental op…»
Образец извлечения
Демо-превьюПроявление речевых моделей у детей дошкольного возраста и связь мыслительных операций в познавательных процессах Annotation: The manifestation of speech patterns in preschool children and the relationship of mental op… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- and concepts: speech, thinking, intuition, Wernicke, Broca, sintez., tafakkur, analiz, sezgi, Vernike, nutq, Broko
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026