Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
FRANSUZ VA O‘ZBEK TILLARIDA MORFOLOGIYA VA UNING TUZILISHI
Islomov Dilshod Shomurodovich · Allayarova Umida Baxadirovna
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada lingvistikaning asosoiy bo’limlaridan biri bo‘lgan morfologiyaning kelib chiqishi tuzilishi, grammatik kategoriyalari va dunyo tilshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari keltirilgan va ularga munosabat bildirlgan. Xususan, fransuz va o‘zbek tillarida morfologiyaning qo‘llanilishi, grammatik xususiyatlariga oid fikr-mulohazalar keng yoritilgan. Kalit so’zlar: Lingvisika, til, morfologiya, leksika, morfema, so’z yasash, shakl yasash, grammatik katigoriyalar, birlik, ko’plik. Til- bu insonlar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot vositasi hisoblanib, u fikr almashish, axborot yetkazish va tushunishni ta’minlaydi.Til jamiyatning eng muhim ijtimoiy hodisalaridan biri bo‘lib, u insoniyat taraqqiyotida beqiyos o‘rin tutadi.Til jamiyatda yashovchi odamlar o‘rtasida paydo bo‘ladi, va avloddan avlodga o‘tib rivojlanib boruvchi vosita hisoblanadi. Tilshunoslik (lingvistika) tilni har tomonlama o‘rganuvchi ilmiy sohalardan biri bo‘lishi bilan bir qatorda jamiyatdagi barcha narsalarning paydo bo‘lishi va rivojlanishida asosiy omillardan biri hisoblanadi. Lingvistikaning ko‘plab bo‘limlarga bo‘linishi, uning juda murakkab soha ekanligidan darak beradi. Lingvistikadagi asosiy bo‘limlari morfologiya va sintaksis hisoblanadi. Morfologiya so’zi yunon tilidan olingan bo’lib, “morphe” - shakl, “logos” – fan, ta’limot degan ma’nolarni bildiradi. Mazkur bo‘lim so‘zlarning ichki tuzilishi, yasalishi va shakl o‘zgarishi orqali turli ma’nilarni anglatishi kabi jarayonlarni o‘rganadi desak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Sintaksis bo‘limi esa so‘zlarning gap tarkibidagi joylashuvi va ularning o‘zaro bog‘lanish qonuniyatlarini o‘rganadi. Morfologiya – so‘zlarning ichki tuzilishi, ularning shakl yasash va so‘z yasash jarayonlarini o‘rganuvchi bo‘limidir. Morfologiya tilning grammatik tuzilishida muhim o‘rin tutadi va so‘zlarni tashkil qiluvchi qismlar – morfemalarni o‘rganadi. Morfema: So‘zning eng kichik ma'noga ega bo‘lgan qismi hisoblanadi. 1.Leksik morfema (asos): So‘zning ma'nosini ifodalaydi. 109 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Masalan, "kitob", "ish". Grammatik morfema: So‘zning grammatik ma’nosini ifodalaydi. Masalan, -lar (ko‘plik), -ni (tushum kelishigi). 2. So‘z yasash: Yangi so‘zlar yaratish jarayoni. So‘z yasovchi qo‘shimchalar orqali amalga oshiriladi. Masalan: "ish" → "ishchi", "ishxonalar". Fransuz tilida esa: “le travail” → ”le travailleur 3. Shakl yasash: So‘zning grammatik shakllarini hosil qilish. Shakl yasovchi qo‘shimchalar yordamida amalga oshiriladi. Masalan: "kitob" → "kitoblar", "kitobni" Fransuz tilida esa: “le travail” → “les travaux” Morfologiya til tizimining muhim qismi bo‘lib, sintaksis bilan birgalikda tilning grammatik tuzilishini shakllantiradi. O‘zbek tilshunos olimi Abdug‘afur Qosimov o‘zbek tilining morfologiyasini chuqur o‘rganib, uning grammatik tizimiga oid qator asarlar yaratgan. Olimning fikricha, morfologiya tilning eng muhim qismlaridan biri bo‘lib, so‘z tuzilishi, shakllanishi va grammatik funksiyalari haqida to‘liq tasavvur beradi. U o‘zbek tilidagi morfemalarni o‘rganishda ularning lug‘aviy va grammatik xususiyatlarini birlashtirishni taklif etgan . To‘xtasin Jalolov esa o‘zbek tilining nazariy grammatikasi bo‘yicha ko‘plab ilmiy ishlari bilan tanilgan, shu bilan birga, morfologiyani tildagi leksik va grammatik birliklarni birlashtiruvchi bo‘g‘in deb bilib, so‘zning ma'no va shakl o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqligini tahlil qilgan. Uning tadqiqotlari morfologik birliklarning strukturaviy va funksional xususiyatlarini yoritishga qaratilgan . Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, morfologiya haqida tilshunos olimlarning fikrlari differensial, lekin ular bir xil asosiy fikrni ta'kidlaydilar: morfologiya tilning asosiy qismlaridan biri bo‘lib, so‘zlar va ularning tuzilishi, o‘zgarishlari va aloqalarini o‘rganish orqali tilning umumiy tizimini tushunishga yordam beradi. Har bir olim o‘z nazariyasida morfologiyaning rolini turlicha ko‘rsatgan, lekin umumiy nuqtai nazar tilning grammatik, struktural va semantik tizimlarini tushunishda morfologiyaning markaziy o‘rni borligini ta'kidlaydi. Adabiyotlar ro‘yxati: 1. Abduazizov, A. A. Hozirgi o‘zbek tili: Morfologiya va sintaksis. Toshkent: O‘qituvchi, 1984. 2. Qosimov, A. O‘zbek tilining nazariy grammatikasi. Morfologiya. Toshkent: Fan, 1980. 3. Shomurodovich I. D. THE EMERGENCE OF PSYCHOLINGUISTICS, THE SCIENTISTS’SCIENTIFIC-THEORETICAL VIEWS AND ITS CONNECTION WITH 110 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference OTHER SCIENCES //JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY BULLETIN. – 2023. – Т. 6. – №. 5. – С. 213-218. 4. Shomurodovich I. D. À PROPOS DU TERME PHONOPSYCHOLOGIE //Conferencea. – 2023. – С. 45-47. 5. Shomurodovich I. D. LE ROLE DE L'EMOTION EN PHONOPSYCHOLOGIE //Conferencea. – 2023. – С. 77-79. 6. Islomov D. HIS-TUYGʻUNING PAYDO BOʻLISHI, UNING ASOSIY HOLATLARI PSIXOLOG OLIM KERROLL ELLIS IZARD TALQINIDA //Farg'ona davlat universiteti. – 2024. – №. 2. – С. 96-96. 7. Islo
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada lingvistikaning asosoiy bo’limlaridan biri bo‘lgan morfologiyaning kelib chiqishi tuzilishi, grammatik kategoriyalari va dunyo tilshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari keltirilgan va ularga munosab…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada lingvistikaning asosoiy bo’limlaridan biri bo‘lgan morfologiyaning kelib chiqishi tuzilishi, grammatik kategoriyalari va dunyo tilshunos olimlarning ilmiy-nazariy fikrlari keltirilgan va ularga munosab… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- grammatik katigoriyalar, so’z yasash, Lingvisika, ko’plik., til, birlik, morfema, shakl yasash, leksika, morfologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024