Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BANKLARINING INTERFAOL BANK XIZMATLARINI KO‘RSATUVCHI TIZIMINING BANK DAROMADIGA TA’SIRI TAHLILI (XAB TRASTBANK MISOLIDA)
TRASTBANK MISOLIDA)
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the process of transformation of banks, and information on ensuring the existing ones have been presented. Opinions of foreign scientists were given to individual participants and additional proposals for quality innovations. Key words: innovation, financial innovation, innovative information 197 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference technology, improved product, approach, theory. Shuningdek, tahlilda mamlakatimiz bank tizmida muhim o‘rinni egallagan yana bir davlat ulushi mavjud banklardan O‘zsanoatqurilishbank ATBda masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimlarning masofaviy bank xizmatlaridan olgan daromadlariga ta’sirini baholaganmiz. Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zsanoatqurilishbank ATBda o‘rnatilgan to‘lov terminallarining o‘sishi 2018-2020 yillarda keskin oshgan bo‘lsada, ammo 2021-2022 yillarda bu ko‘rsatkich pasaygan. Shu bilan bir vaqtda 2018-2022 yillarda O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklar soni doim oshib borgan. Shuningdek, tijorat banklarining masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimdan olgan daromadlari ham 2020-2022 yillarda qisman bo‘lsada oshgan. O‘zsanoatqurilishbank ATBda masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga masovafiy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimning ta’siriga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklarning ta’siri yuqori bo‘lgan. Xususan, masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlari bilan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar sonining o‘zgarishi o‘rtasidagi korrelyatsiya 0,89 ga teng bo‘lmoqda. O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari sonini o‘zgarishining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’siri butun bank tizimi va O‘zmilliybank AJ tajribalariga qaragandan yuqori bo‘lmoqda. Ammo, 2020-2022 yillarda tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari sonini o‘zgarishining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga o‘rtasida sezilarli farq vujudga kelgan. Shu bilan bir vaqtda biz O‘zsanoatqurilishbank ATB tomonidan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari sonining o‘zgarishi bilan masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlari o‘rtasida korrelyatsion bog‘liqlikni ham hisoblab chiqdik va natijalarga ko‘ra bu ko‘rsatkich 0,80 ga teng bo‘lgan. Tahlil qilingan bank tizimi va yirik banklar kuzatdiki, o‘rnatilgan to‘lov terminallarining masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’siri past bo‘lgan. Aksincha, tijorat banklari tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklarning innovatsion xizmatlardan olayotgan daromadlariga ta’siri yuqori bo‘lgan. Quyida biz bu tendensiyaning kichik banklar misolida ko‘rib chiqamiz. Bunda kichik banklar mulkchilik shakliga ko‘ra davlat ulushi mavjud va mavjud bo‘lmagan, aktivlari va kapitali hajmi bo‘yicha bir-biriga yaqin bo‘lgan XAB Trastbank va ATB turonbanklar misolida tahlilni olib boramiz. 198 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Tahlil natijalariga ko‘ra, XAB Trastbankda o‘rnatilgan to‘lov terminallarining sonining o‘zgarishi 2017-2021 yillarda sezilarsiz bo‘lgan bo‘lsada, ammo 2022-yilda bu ko‘rsatkich keskin oshgan. Shuningdek, 2018- 2020 yillarda XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilgan bankomatlar va infokiosklar soni qisman bo‘lsada oshib borgan. XAB Trastbankda masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimdan olgan daromadlari 2018-2021 yillarda sezilarsiz o‘zgargan bo‘lsada, ammo 2022-yilda sezilarli oshgan. 01.01.2018 01.01.2019 01.01.2020 01.01.2021 01.01.2022 01.01.2023 O'rnatilgan to'lov terminallari sonining o'zgarishi O'rnatilgan bankomat va infokiosklar sonining o'zgarishi Masofaviy bank xizmatidan olgan daromadning o'zgarishi 3.8-rasm. XAB Trastbankda masofaviy bank xizmatlari samaradorligiga masofaviy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimining ta’siri1 XAB Trastbankda masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga masovafiy bank xizmatlarini ko‘rsatuvchi tizimning ta’siriga to‘xtaladigan bo‘lsak, unda yirik banklardan farqli o‘laroq o‘rnatilayotgan to‘lov terminallarining ta’siri yuqori bo‘lgan. Xususan, ushbu bankning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlari bilan o‘rnatilayotgan to‘lov terminallari sonining o‘zgarishi o‘rtasidagi korrelyatsiya 0,94 ga teng bo‘lmoqda. XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar soni o‘zgarishining bankning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’sirini tahlil qiladigan bo‘lsak, unda 2017-2021 yillarda ular o‘zgarishi o‘rtasida farq qisqa bo‘lgan bo‘lsada, ammo 2022-yilda bu farq kattalashgan. Ammo shunga qaramasdan XAB Trastbank tomonidan o‘rnatilayotgan bankomatlar va infokiosklar soni o‘zgarishining bankning masofaviy bank xizmatlaridan olayotgan daromadlariga ta’siri ham yuqori
Доказательный фрагмент
«In this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the…»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this tethsis, the innovation processes that are rapidly influencing the economic system and the origin of the financial innovation in the format related to it, the necessity of regulatory and legal documents in the… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- innovation, financial innovation, innovative information, innovatsiya, takomillashtirilgan mahsulot., innovatsion axborot texnologiyalari, moliyaviy innovatsiyalar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014