Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SINONIMIYA, ABSOLYUT SINONIMIYA VA DUBLET HODISALARI
Rajabov Nizomiddin Namoz o‘g‘li
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
In this article, the problems related to synonymy, absolute synonymy and doublets in linguistics are highlighted, the place of their occurrence, the related and different aspects of the phenomena are discussed. Kalit so‘zlar: Sinonimiya, absolyut sinonimiya, dominanta, dubletlar, leksik munosabat, leksik-lugʻaviy munosabat, leksik-shakliy munosabat, o‘z qatlam, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, donor til, vositachi til, qabul qiluvchi til, parallellik Key words: Synonymy, absolute synonymy, dominant, doublets, lexical relation, lexical-lexical relation, lexical-form relation, own layer, assimilated layer, social acceptability, donor language, intermediate language, receiving language, parallelism Ключевые слова: Синонимия, абсолютная синонимия, доминанта, дублеты, лексическое отношение, лексико-лексическое отношение, лексико-формное отношение, собственный слой, ассимилируемый слой, социальная приемлемость, язык-донор, язык-промежуточный, принимающий язык, параллелизм. O`zbek tili leksikasida shakl va ma’no munosabatlari haqida so‘z yuritishdan oldin, dastlab, so‘z va uning mohiyati haqida fikr yuritish zarurdir. Leksikologiya leksikani o`rganadi, leksika esa so‘zlardan (so‘zlar majmuidan) iborat bo‘ladi, shunday ekan birinchi navbatda so‘zning o‘zi haqida, uning mohiyati haqida to‘xtab o‘tishga to‘g‘ri keladi. Ayrim ishlarda "asosiy til birligi", "til va nutqning eng muhim elementlaridan biri", "tilning eng kichik asosiy birligi" deb umumiy tarzda va oddiygina ta`riflanadigan so‘z aslida juda murakkab xususiyatga ega. Uch-to‘rt og‘iz so‘z, hatto uch-to‘rt jumla bilan ham 156 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference so‘zga to‘la ta`rif berib bo‘lmaydi. Shu vaqtga qadar lingvistik adabiyotlarda so‘zga uning boshqa hodisalardan farqini belgilovchi aniq, mukammal ta`rif yo‘qligining boisi ham ana shunda. So‘z til birligi sifatida juda murakkab xususiyatga ega ekan, so‘zga qandaydir umumiy yoki konkret ta`rif berishdan ko‘ra, uning o‘ziga xos tomonlarini, boshqa til birliklaridan farqli belgi- xususiyatlarini yoritish muhimdir. Oddiy nazar tashlashdayoq so‘zning tovushdan, tovushlar kompleksidan tuzilishi aniq seziladi. Barcha tillarda ham so‘z, asosan, birdan ortiq tovushdan tuziladi. Bir tovushdan iborat so‘zlar juda kam miqdorni tashkil etadi (so‘roq bildiruvchi “a”, achinish, afsuslanish bildiruvchi “e” so‘zlari). Shuningdek, har qanday so‘zning ma`lum bir ma`no ifodalashi ham shu tilda so‘zlashuvchilar uchun sir emas. Ma`lum bir ma`noga ega bo`lmagan har qanday tovush yoki tovushlar kompleksi hech vaqt so‘z bo‘la olmaydi. Har qanday so‘z paydo bo‘lishidayoq o‘z ma`nosi va tovush qiyofasiga (tovush qobig‘iga) ega bo‘ladi. Demak, har qanday so‘z, avvalo, tovush va ma`no birligiga ega bo‘ladi. Bu narsa so‘zning fonetik va semantik tomoni. So‘zning tovush tomoni uning ma`nosini reallashtiruvchi (yuzaga chiqaruvchi)dir. Xuddi shu tovush tomoni (tovush qiyofasi) bilan so‘zning ma`nosi tinglovchiga yetadi, tushuniladi. Demak, u so‘zning ma`nosi uchun, uning reallashuvi uchun xizmat qiladi. So’zning ikki tomoni mavjud bo’lib, bu uning shakliy hamda ma’noviy tomonlari hisoblanadi. Aynan. Mana shu ikki tomon leksikologiya bo’limining asosini tashkil etadi. Demak, leksemaning birinchi tomoni uning shakliy jihati bo’lsa, ikkinchi muhim belgisi ma`lum ma`noga egaligidir. Biz hozir aynan mana shu ikkinchi jihat xususida fikr yuritmoqchimiz. Sinonimlar (qadimgi yunoncha: σύν va ὄνυμα — bir nomli) — bir umumiy maʼnoga ega boʻlgan (denotativ maʼnosi bir xil), qoʻshimcha (konnotativ) maʼnosi (ekspressiv,) uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan oʻzaro farqlanadigan til birliklari — soʻz, ibora, sintaktik birlik va boshqa, boshqatdan, qayta, qaytadan, yangidan, yana, takror kabi soʻzlari sinonim soʻzlar hisoblanadi. Bazi manbalarda: ”til birliklarining bir xil maʼnoga ega boʻlish hodisasi sinonimiya deyiladi”- kabi qarashlar ham yo’q emas. Bu hodisa qanday til birliklariga xosligiga qarab, lugaviy (leksik) sinonimiya, frazeologik sinonimiya, sintaktik sinonimiya kabilarga boʻlinadi. Oʻzaro sinonim boʻlgan soʻzlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Sinonimik qator ikki va undan ortiq soʻzlardan tashkil topadi. Masalan, buloq — chashma, ikki soʻzdan; yuz, aft, bashara, bet sinonimik qator esa koʻp soʻzlardan tuzilgan. Koʻp maʼnoli soʻzlar muayyan maʼnosi yoki maʼnolari bilan bir yoki birdan ortiq sinonimik qatorga kirishi mumkin. Bitirmoq soʻzi bir maʼnosi bilan tugatmoq, 157 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tugallamoq, tamomlamoq soʻzlari qatoriga, boshqa maʼnosi bilan esa ado qilmoq, yoʻqotmoq, yoʻq qilmoq so'zlari qatoriga kiradi. Sinonimik qatordagi birinchi soʻz dominanta (bosh soʻz ) hisoblanadi. Bosh soʻz, odatda, hozirgi adabiy tilga mansubligi, emotsional boʻyoq, uslubga koʻra betarafligi va shu kabi xususiyatlari bilan shu qatordagi boshqa soʻzlardan farqlanadi, hamda, xuddi shu xususiyatlariga koʻra
Доказательный фрагмент
«In this article, the problems related to synonymy, absolute synonymy and doublets in linguistics are highlighted, the place of their occurrence, the related and different aspects of the phenomena are discussed.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the problems related to synonymy, absolute synonymy and doublets in linguistics are highlighted, the place of their occurrence, the related and different aspects of the phenomena are discussed. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Synonymy, absolute synonymy, dominant, doublets, lexical, dubletlar, absolyut sinonimiya, leksik-shakliy munosabat, o‘z qatlam, qabul qiluvchi til, parallellik, dominanta, Sinonimiya, o‘zlashma qatlam, ijtimoiy maqbullik, vositachi til, donor til, leksik-lugʻaviy munosabat, leksik munosabat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014