Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANG‘ICH SINFLARDA SINFDAN TASHQARI O‘QISHNING MAQSAD VA VAZIFALLARI
Allamuratova Gulchinar Ilmuratovna · Ajiniyoz nomidagi NDPI Boshlang‘ich
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada , boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalari va ularni qay tarizda olib borlishi haqida fikir yuritilgan. Kalit so‘zlari: sinfdan tashqari o‘qish, kitob, tarbiya, maktab, o‘quvchi, o‘qituvchi, maqsad va vazifalari, to‘g‘ri baholash, kitob haftaligi. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qishni o‘tkazish bu o‘qituvchining mohiyatiga bo‘g‘lik bo‘ladi. Maktab o’quvchini o’qish malakasi bilan qurollantirish bilan bir qatorda kitobni mustaqil o’qiy oladigan, uni tushunadigan, ma’lum bir mavzuga oid kitoblarni tanlay oladigan, gazeta va jurnallarni ham mustaqil o’qiydigan faol kitobxonni tarbiyalaydi. Shu jihatdan sinfdan tashqari o’qish (STO’) tarbiyaning asosiy quroli sifatida xizmat qiladi, ko’p narsani bilishga havasni orttiradi. STO’ning maqsadi o’qish malakalarini takomillashtirish, kitob tanlay oladigan, muntazam kitob o’qiydigan, o’qilgan kitobni to’g’ri baholay oladigan ongli kitobxonni tarbiyalashdir. Maktablarda 1959yildan boshlab maxsus STO’ darslari tashkil etilgan. STO’ darslari 1—2sinfda haftada 1 marta, 3—4sinfda 2 haftada 1 marta o’tkaziladi. Savod o’rgatish jarayonida esa haftadagi oxirgi alifbe darsining 17—20 daqiqasi ajratiladi. Sinfdan tashqari o’qish o’quv dasturi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, unda ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda yaqindan yordam beradi. Buning uchun o’quvchilarda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalash, ularni oddiy kitobxondan ijodkor kitobxon darajasiga ko’tarish talab etiladi. o’quvchilarda kitobga havas uyg’otishda har bir bolaga yakka tartibda yondashish, Shaxsiy qiziqishlarini hisobga olish zaair. Bolalarda kitob ustida ishlash malakasini shakllantirish ularda kitobxonlik madaniyatini tarbiyalashning muhim omilidir. Bunda o’qish uchun ajratilgan soatlardan foydalaniladi. Badiiy va ilmiyommabop asarlar mustaqil ravishda va izchil o’qib borilsagina, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish va kengaytirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o’qish tanish bo’lmagan mualliflarning kitoblari muqovasi, titul varag’i, kirish so’zi, mundarijasi va suratlariga qarab asarning taxminiy mazraunini aniqlashga o’rgatish vazifasini amalga oshirishga xizmat qiladi. Sinfdan tashqari o’qish darslarining asosiy vazifasi o’quvchida badiiy kitoblarni 5 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference o’qishga havas uyg’otish, o’qigan kitoblari yuzasidan kundalik yurita olishga o’rgatish, bolalar adabiyotining mashhur adiblari hayoti va ijodi bilan elementar tarzda tanishtirish hisoblanadi. Bolalarda ezgulikka muhabbat, yovuzlikka nafrat uyg’otish, ularning bog’lanishli nutqini o’stirish, adabiyestetik tafakkurini yuksaltirish sinfdan tashqari o’qish darslarining ham tub mohiyatini tashkil etadi. STO’ darslarining muhim vazifalaridan biri mustaqil o’qish malakalarini tarbiyalash hisoblanadi. Buning uchun mustaqil bajarish uchun topshiriqlar berish, qiziqarli mashq turlaridan foydalanish, eng yaxshi insholarni, taqrizlarni, yozuvchi haqida to’plangan ma’lumotlarni o’qitish, ,,Tez aytish”, ,,Topishmoqlar topish”, ,,Ifodali o’qish”, ,,Maqollar aytish musobaqasi”, ,,Ertak to’qish”, ,,Bilimdonlar anjumani” kabi ko’riktanlovlar tashkil qilish, muayyan mavzular bo’yicha savoljavoblar uyushtirish, o’yin tarzidagi ish turlaridan foydalanish zarur. o’qilgan asarlar yuzasidan suhbatlar o’tkazish, ,,Kitob haftaligi” tashkil etish, asarlar asosida kichik insholar yozishni mashq qilish yaxshi samara beradi. STO’ sinfda o’qish bilan uzviy bog’liq ravishda uyushtiriladi. Sinfda o’qish STO’ uchun zarur bo’lgan o’qish malakalarini shakllantiradi, o’quvchilarning o’qigan asarini tushunishga o’rgatadi, lug’atini boyitadi. STO’ qiziqarli va o’ziga jalb etadigan faoliyat bo’lib, bolalarning bilim doirasini boyitadi, qiyoslash uchun material beradi. Sinfda o’qish — hayotga tayyorlash vositasi, sinfdan tashqari o’qish esa hayotning o’zidir. Hozirgi paytda boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun sinfdan tashqari o’qishga mo’ljallangan ,,Kitobim — oftobim” (1—3sinflar uchun) nomli qo’llanmalar ham chop etilgan. Ushbu to`plam sinfdan tashqari o`qish uchun mo`ljallangan bo`lib, boshlang`ich sinf o`quvchilari va katta yoshdagi sinf o`quvchilariga o`qish uchun tavsiya etiladi. Xulosa shuki, sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarda mustaqil kitob tanlash va o‘qish malakalarni shakillantirishda katta turtki bo‘ladi. Yanada, sinfdan tashqari o‘qish darslari o‘quvchilarning faolligini oshirishga qaratiladi , shuning uchun ularning qurilishi juda xilma xil bo‘ladi. Har bir dars o‘quvchi va o‘qituvchining ijodi hisoblanadi, darsda qanchalik xilma- xillikka , hayotiylikka erishilsa,maqsadga erishish oson bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Yu.K. Babaniskiy Hozirgi zamon okuv maktablarida o‘qitish metodlari. T; “O‘qituvchi” 1990 2. Q.Abdullayeva , S.Rahmonbekova “ Ona tili darslari ( 1- sinf o‘qituvchilari uchun qo‘llanma ) T.1999 3. Q.Abdullayeva, S. Rahmonbekova 2- sinfda o‘qish darslari. T.2004 6 MODELS
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada , boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalari va ularni qay tarizda olib borlishi haqida fikir yuritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada , boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga sinfdan tashqari o‘qishning maqsad va vazifalari va ularni qay tarizda olib borlishi haqida fikir yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- maktab, tarbiya, o‘qituvchi, o‘quvchi, kitob haftaligi., kitob, maqsad va vazifalari, sinfdan tashqari o‘qish, to‘g‘ri baholash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025