Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
IJTIMOIY INTELLEKT MUAMMOSINING NAZARIY TAHLILI
Mustafayeva Mehriniso Shaxriyorovna
Модели и методы в современной науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ijtimoiy intellekt tushunchasining psixologik tahlili, uning shakllanish bosqichlari va intellektga nisbatan mavjud psixologik yondashuvlarning umumiy holati tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so'zlar: Ijtimoiy intellekt, bilim-baholash, kommunikativ-qiymatli, refleksiv-tuzatish, fan, ta'lim-ta'lim. Ma’lumki, ijtimoiy psixologiya fanida aynan ijtimoiy intellekt muammosiga bag‘ishlangan va uning barcha omillarini batafsil bayon etishga qodir ilmiy adabiyotlar etarli bo‘lmasada, bugungi kunda fan olamida va jamiyat taraqqiyotida ijtimoiy intellekt muammosini zarurligini ko‘rsata oluvchi va uning metodologik ildizlarini asoslab bera oluvchi ilmiy tadqiqotlarni alohida qayd etish mumkin. Mazkur adabiyotlarni tahlil qilar ekanmiz, ulardagi ijtimoiy intellekt metodologiyasiga taalluqli ayrim umumiy jihatlarni ijtimoiy psixologiya fani nuqtai nazardan tadqiq qilishimizga to‘g‘ri keldi. CHunonchi, barcha tadqiqotchilar ham ijtimoiy psixologiyaning metodologik tamoyillarga amal qilgan holda ijtimoiy intellekt uchun muhim bo‘lgan u yoki bu jihatni nazariy-ilmiy tarzda asoslab beradilar. Bular ichida ijtimoiy intellekt uchun muhim nazariy-ilmiy ahamiyat kasb etuvchi ijtimoiy psixologik vazifalarni aniqlashga qaratilgan bir qancha psixologik yondashuvlarni keltirib o‘tish mumkin. Ijtimoiy intellektning tabiatini yoritishda intellekt bo‘yicha mavjud psixologik yondashuvlarning umumiy holatini tahlil etar ekanmiz, bugungi kunga qadar mavjud yondashuvlarning quyidagi tartibdagi intellekt yondashuvlari sifatida qayd etish mumkinligiga yana bir bor amin bo‘ldik. Intellektning tarkib topishi va shakllanishi bo‘yicha muayyan yondashuvlar mavjud bo‘lib, ular bir qator ilmiy manbalarda o‘z aksini topgan. Jumladan, intellektga fenomenologik yondashuv: intellekt ong mazmunining asosiy shakli sifatida qaralsa, (V.Keller; K. Dunker; M. Vertgey-mer; Dj. Kempion va boshqalar) intellektga genetik yondashuvda esa intellekt insonning tashqi olam bilan o‘zaro ta’sirlashuvining tabiiy sharoitidagi o‘rab turgan muhit talablariga qiyin moslashuvi oqibati sifatida talqin etiladi (U.R. CHarlzvort; J. Piaje). Ayni paytda, intellektga sotsio-madaniy yondashuv tarafdorlari intellekt insonning ijtimoiylashuvi, shuningdek, madaniyatning maqsadli ta’siri natijasi degan g‘oyani ilgari sursa, (Dj. Brunner; L. Levi-Bryul; A.R. Luriya; L.S. 10 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference Vigotskiy va boshqalar.) intellektga jarayonli-faoliyatli yondashuvda, intellekt inson faoliyatining asosiy shakli sifatida bayon qilingan (S.L. Rubinshteyn; A.V. Brushlinskiy; L.A. Venger; K.A. Abul-xanova-Slavskaya va boshqalar.). Intellektga ta’limiy yondashuv vakillari esa, intellekt maqsadga yo‘naltirilgan ta’limning mahsuli deb e’tirof etsalar, (A. Staats; K. Fisher; R. Feyershteyn va boshqalar.) intellektga axborot yondashuvi namoyondalari, intellektga axborotlarni qayta ishlashning elementar jarayonlari majmui sifatida qaraydilar (G. Ayzenk; E. Xant; R. SHternberg va boshqalar.). Intellektning funksional- darajaviy yondashuvida, intellekt har xil darajadagi bilish jarayonlarining tizimi sifatidako‘rsatilsa,(B.G.Ananev; E.I. Stepanova; B.M.Velichkovskiy va boshqalar) intellektning regulyasion yondashuvi: intellekt psixik faollikni o‘zini o‘zi regulya- siya qilish omilidir deya ta’kidlaydi (L.L. Terstoun va boshqalar. Bizning maqsadimiz intellektning umumiy yondashuvlari tabiatiga xos jihatlarni va ular borasidagi ilgari surilgan ilmiy g‘oyalarni chuqur tahliliga emas, balki intellektning umumiy psixologik tabiatini yoritish uning ijtimoiy rivojlanish, ijtimoiy shart-sharoitlarsiz mavjud bo‘lmasligi to‘g‘risidagi yondashuvlarni o‘zida aks ettirishi mumkinligidan dalolat bermoqda. Mabodo fenomenologik yondashuv vakillari M. Vertgeymer, K. Dunkerning izlanishlari mazmuni tahlilida ham intellekt rivojlanishi; genetik yondashuv vakili U.R. CHarlsvorzning ilgari surgan qarashlari oqibati; J.Piajening operatsional yondashuvi tabiati: aynan ijtimoiy intellekt tabiatini yoritishga eng yaqin keladigan ijtimoiy-madaniy yondashuv va maqsadga yo‘naltirilgan ta’limiy yondashuv ham ijtimoiy omillar ta’sirini chetlab o‘tolmaydi. O‘z navbatida biz shaxsning ijtimoiy intellekti muammosini o‘rganish barobarida intellektning boshqa qirralariga xos yondashuvlarni chetlab o‘ta olmaymiz. Bizning yuqoridagi ilmiy yondashuvlar va izlanishlar borasidagi tahlillarimiz ijtimoiy intellektni ijtimoiy foydali moslashuvning namoyon bo‘lishi tarzda talqin etishimizga olib kelmoqda. Masalan, ushbu fikrimizga mos V.Shternning intellektga xos bo‘lgan quyidagi xulosasi, ya’ni intellekt «yangi hayotiy sharoitlarga moslashishga umumiy qobiliyatlilik» tarzda qarashi va «moslashuv akti-hayotiy masalalarni intellekt yordamida hal etish, fikrlashda ongning ongsizlik ustidan ustunlik qilishi barobarida amalga oshiriladi» degan mulohazasini keltirib o‘tishimiz mumkin. Ilmiy manbalarni o‘rganishimizda e’tibor qaratiladigan yana bir jihat ijtimoiy i
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ijtimoiy intellekt tushunchasining psixologik tahlili, uning shakllanish bosqichlari va intellektga nisbatan mavjud psixologik yondashuvlarning umumiy holati tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ijtimoiy intellekt tushunchasining psixologik tahlili, uning shakllanish bosqichlari va intellektga nisbatan mavjud psixologik yondashuvlarning umumiy holati tahlili haqida ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Ijtimoiy intellekt, bilim-baholash, kommunikativ-qiymatli, ta'lim-ta'lim., fan, refleksiv-tuzatish
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025