К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABLARDA INKYUZIV TA’LIM O’QITISH SHAROITIDA MAXSUS PEDAGOGLARNING O’RNI VA ISH FAOLIYATI.

Tursunova Maftuna Baxtiyor qizi

Модели и методы в современной науке · 2026

Аннотация

This article describes the concept of inclusive education, the work of inclusive education, the advantages and disadvantages of inclusive education, the role of a special pedagogue, and the work of a special educator. Key words: inclusive education, special pedagogue, advantages, disadvantages, children with special needs. Аннотация: В данной статье описываются понятие инклюзивного образования, работа инклюзивного образования, преимущества и недостатки инклюзивного образования, роль специального педагога и работа специального педагога. Ключевые слова: инклюзивное образование, специальный педагог, преимущества, недостатки, дети с особыми потребностями. Bilamizki, har qanday jamiyatda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning eng asosiy maqsadi o’sib kelayotgan yosh avlodning davlat uchun munosib fuqarolar sifatida ulg’ayishlari, mamlakat taraqqiyoti va gullab-yashnashiga mustahkam tayanch yaratishdan iboratdir. Bu albatta har tomonlama yetuk va barkamol avlodlarni tarbiyalab, kamolotga yetkazish orqali yaratiladi. Bizning o’zbek xalqi azal-azaldan bolajon xalq, qaysi millat vakili bo’lishidan qat’i nazar mehr berib, ardoqlaydi, nafaqat o’z farzandining, balki har bir murg’ak qalb uchun qayg’uradi. Dunyodagi jamiki bolalariga tegishli bo’lgan bolalar huquqi haqidagi Konvensiyada, O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida’gi Qonunida qolaversa, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” kabi bir qator muhim me’yoriy xujjatlarda ko’rsatilishicha, barcha bolalar, shu jumladan, jismoniy yoki ruhiy rivojlanishida nuqsoni bor bolalar ham mehnat qilish, ta’lim olish, hayotda o’z o’rnini topish xuquqlariga ega. Respublikamizda ijtimoiy tashabbuslarni qoʼllab-quvvatlash jamgʼarmasi tomonidan 2007 yildan buyon «Oʼzbekistonda Inklyuziv taʼlim» loyihasi amalga oshirib kelinmoqda. Loyiha hamkorlari: Oʼzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi; Oliy va oʼrta maxsus taʼlim 18 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference vazirligi; Navoiy shahridagi «Umr» imkoniyati cheklangan bolalarga yordam berish markazi, Samarqand shahridagi «Hayot» nomli nogironlarga yordam berish markazi, Jizzax shahridagi «Istiqbolli avlod» markazi, Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahridagi «Umid» tashabbuslarga koʼmak berish va rivojlantirish markazi, Termiz shahridagi «Imkon» imkoniyati cheklangan bolalar va oilalarga koʼmak berish markazi, Fargʼona viloyatining Qoʼqon shahridagi «Ziyo» maxsus zaruratli bolalarga ijtimoiy koʼmak berish markazi, maqsadli hududlar hokimliklari; Oʼzbekistondagi Shvetsariya elchixonasidir. Ushbu loyiha doirasida Toshkent, Guliston, Qarshi, Samarqand, Termiz, Аndijon, Qoʼqon, Nukus, Buxoro, Urganch shaharlaridagi maktabgacha taʼlim muassasa, maktab, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylarda imkoniyati cheklangan bolalar aralash guruhlarda inklyuziv texnologiya asosida taʼlim-tarbiya №4 2022 183 olishmoqda. Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalar taʼlim tarbiyasi va ularning ijtimoiy hayotga moslashuviga qulay sharoitlar yaratib kelinmoqda. Ularni jamiyatga integratsiya qilish, avvalo, imkon qadar salomatligini tiklash maqsadida «Imkoniyati cheklangan bolalar uchun umumiy taʼlim loyihasi» asosida ish yuritib kelinmoqda. Bundan, asosan, inklyuziv taʼlim imkoniyatlaridan foydalanish koʼzda tutilmoqda. Inklyuziv ta’limni chuqurroq oʼrganish, u bilan bogʼliq muammolarni aniqlash, samaradorlik jihatlarini asoslab berish dolzarb ilmiy muammoga aylanib kelmoqda. Chunki inklyuziv taʼlim usuli barcha bolalarning ruhiy-jismoniy holatidan qatʼi nazar taʼlim jarayonida toʼlaqonli ishtirok etishini taʼminlashga qulay imkoniyat yaratadi. Аyniqsa, u alohida yordamga muhtoj bolalarning atrofdagilar bilan muloqotda boʼlishi, ijtimoiy muhit talablariga javob bera oladigan boʼlib ulgʼayishi, oʼz kundalik-maishiy ehtiyojini qondira olish koʼnikmalarini egallashi, hayotga moslashib, umumtaʼlim maktablarida sogʼlom tengdoshlari bilan teng sharoitlarda oʼqiy olishi, ular bilan oʼzaro doʼstona munosabatga kirishishi, darslarni oʼz vaqtida oʼzlashtirishi, topshiriqlarga masʼuliyat bilan yondashishi uchun qulayliklar tugʼdiradi. Inklyuziv ta'lim – har bir o'quvchining individual xususiyatlarini inobatga olgan holda ta'lim berish usuli bo'lib, bu metodika har qanday qiyinchilikka duch kelayotgan bolalarni bir joyda o'qitishni ta'minlaydi. Maxsus pedagoglar bu jarayonda muhim rol o'ynaydi, chunki ularning bilimlari va tajribalari inkluziv ta'limni samarali amalga oshirishda yordam beradi. Maxsus Pedagoglarning Vazifalari 1.Individual Yondashuv: Maxsus pedagoglar o'quvchilarning individual ehtiyojlarini aniqlash va ularga mos ravishda ta'lim berish strategiyalarini ishlab 19 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference chiqadilar. Bu, o'z navbatida, har bir bolaga o'z imkoniyatlarini to'liq ishga solish imkonini beradi. 2. Ta'lim Resurslarini Tayyorlash: Maxsus pedagoglar inkluziv ta'lim uchun zarur bo'lgan materiallar va resurslarni tayyorlashda ishtirok etadilar.

Доказательный фрагмент

«This article describes the concept of inclusive education, the work of inclusive education, the advantages and disadvantages of inclusive education, the role of a special pedagogue, and the work of a special educator.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article describes the concept of inclusive education, the work of inclusive education, the advantages and disadvantages of inclusive education, the role of a special pedagogue, and the work of a special educator. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
inclusive education, special pedagogue, advantages, maxsus pedagog, kamchiliklar, afzalliklar, alohida ehtiyojga ega bo’lgan bolalar., inklyuziv ta’lim
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники