К содержанию
РецензированоRU2026

ISH VAQTIDA ORGANIZMDA YUZAGA KELUVCHI O‘ZGARISHLAR.

B. Soliyev (Farg‘ona Jamoat Salomatligi Tibbiyot Instituti) · R.V. Valijonovich (Kommunal va mehnat gigiyenasi 1 kurs ordinatori) · N.A. Tojiboyev (Kommunal va mehnat gigiyenasi 1 kurs ordinatori)

Модели и методы в современной науке · 3 · 2026

Аннотация

Количество кислорода, необходимое для полного окисления накопленных продуктов разложения за одну минуту, называется потребностью в кислороде или потребностью в кислороде. Окисляется лишь определенная часть молочной кислоты, образовавшейся в начале работы. Оставшаяся молочная кислота временно накапливается в мышцах и попадает в кровь. Разница между потребностью в кислороде и кислородом в работающих мышцах называется естественным кислородом. Ключевые слова: продукция, кислород, углекислый газ, молочная кислота, временно, кровь, потребление, организм, количество. Hozirgi zamon ishlab chiqarish sharoitlarida bajarilayotgan ishlar ularning quvvatiga ya'ni vaqt birligi ichida bajarayotgan ishning miqdoriga qarab 3 guruhga bo‘lib o‘rganishimiz mumkin: 1) yengil 2) o‘rtacha 3) og‘ir ishlar Yengil ishlar qatoriga minutiga kamroq kislorod iste'mol qilinadigan ishlar kiradi. Agarda odam tinch xolatda minutiga 200-250 kub santimetr kislorod iste'mol qilishi hisobga olinsa, yengil ish vaqtida kislorodning iste'mol qilinishi ko‘p deganda 2-2,5 hissa ortadi. 32 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference O‘rtacha og‘irlikdagi ishlar qatoriga minutiga 1litrgacha kislorod iste'mol qilinadigan ishlar kiradi, ya'ni bunda kislorodni iste'mol qilinishi tinch xolatdagiga qaraganda 2-4 marta oshadi. Ogir ishlarga minutiga 1litrdan ortiq miqdorda kislorod iste'mol qilinadigan ishlar kiradi. Ish vaqtida kislorodning ko‘proq iste'mol qilinishiga sabab shuki, mushak ishi uchun zarur bo‘lgan energiya oziq moddalarning yonishi hisobiga hosil bo‘ladi. Lekin ayrim xollarda kislorod iste'mol qilinishi bajarilayotgan ish xajmidan qat'iy nazar qo‘llanishi mumkin. Massalan: kishi 13 sekund davomida maksimal tezlik bilan yugurganda kislorod iste'mol qilinishi ortiqcha bo‘lmaydi, lekin keyinroq kislorodni istemol qilish ko‘payadi. Xulosa qilinadigan bo‘lsa, mushaklar ishni ma'lum darajada kislorodni iste'mol qilmasdan amalga oshirishi mumkin va bunda dastlab mushak faoliyati bilan bog‘liq bioximik jarayonlarga qatnashmagan kislorod ishdan keyin yuz bergan jarayonlarda ishtirok etadi. Mushak ishi bilan bog‘liq bo‘lgan hamma bioximik jarayonlar ikkiga bo‘linadi: kislorod ishtirokisiz anaerob va aerob oksidlanish bilan boriladigan jarayonlarga bo‘linadi. Bu jarayonlarning birinchisi boshqalardan ilgariroq yuzaga kelib, mushak ishining anaerob fazasi deb ataladi, ikkinchisi esa keyinroq sodir bo‘lib aerob faza deyiladi. Anaerob faza vaqtida mushaklar fosfat kislota ishtirokida mushaklardagi uglevodlar glikogen parchalanish hisobiga qisqaradi. Bu parchalanishning ohirgi maxsuloti sut kislotasi S N O hisoblanadi. Aerob faza 1/4-1/5) vaqtida sut kislotaning bir Z Z 6 qismi karbonat angidrid va suvgacha oksidlanadi, qolgan sut kislota esa erkin holda qoldiq energiya hisobiga qaytadan tiklanib, glikogenga aylanadi va mushaklardagi modda almashinish siklida yana ishtirok etishi mumkin. Bir minutda to‘plangan parchalangan maxsulotlarni To‘la oksidlash uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdori kislorodga talab yoki kislorodga bo‘lgan extiyoj deb ataladi. Ishning boshlanishida paydo bo‘lgan sut kislotaning ma'lum qismigina oksidlanadi. Qolgan sut kislota esa mushaklarda vaqtincha to‘planadi va qonga o‘tadi. Kislorodga bo‘lgan extiyoj bilan ishlayotgan mushaklardagi kislorod o‘rtasidagi farq nasiya kislorod deb ataladi. Ishning boshlangich vaqti o‘tgandan keyin yani (2-4 minut)dan so‘ng mushaklarda sodir bo‘layotgan harakatlar, ta'sirotlar nerv siste'masiga borishi natijasida sut kislota va boshqa maxsulotlar qonga o‘tadi natijada nafas va yurak-qon tomirlar sistemasining faoliyati oshadi va hosil bo‘lgan sut kislotasining oksidlanishi uchun zarur bo‘lgan kislorod miqdorining hammasini organizm oladi. Shunday qilib, parchalanish maxsulotlarning to‘planishi va ularni oksidlanib yo‘qolishi o‘rtasidagi muvozanat turg‘un xolat deb ataladi. Ish 33 MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference tamom bo‘lgandan keyin bir vaqt davomida kislorod ko‘proq miqdorda iste'mol qilinadi. Bu kislorod parchalanish maxsulotlaridan qolgan qismining oksidlanishiga sarf qilinadi. Bu vaqt tiklanish davri deb ataladi. Kislorodga bo‘lgan extiyoj to‘qimalarga kislorodni yetkazib berish va uning iste'mol qilinishi jihatidan organizmning funksional imkoniyatlaridan ortmayotgandagina turg‘un xolat yuz berishi mumkin. Bir minutda iste'mol qilishi mumkin bo‘lgan kislorodning maksimal miqdori katta odam uchun odatda minutiga 3 litr dan oshmaydi. Jismoniy mashq qilgan shaxslarda bu miqdor 4 litrdan ortiq bo‘lishi mumkin. Аdabiyotlar: 1. М.Абдуллаева, Ё.Муйдинова, Ш Тоиров "Влияние терапии экватором и тассироном на клиническую симптоматику и функциальное состояние эндотелия сосудов у больных неспецифическим аорто-артеритом" Наука молодых. Научно практический журнал Г.Москва 09.10.2015г 210 - 215 с https://cyberleninka.ru/article/n/vliyanie-terapii-ekvatorom-i-tessironom-na- klinicheskuyu-simptomatiku-i-funktsionalnoe-sostoyani

Доказательный фрагмент

«Количество кислорода, необходимое для полного окисления накопленных продуктов разложения за одну минуту, называется потребностью в кислороде или потребностью в кислороде.»

Образец извлечения

Демо-превью

Количество кислорода, необходимое для полного окисления накопленных продуктов разложения за одну минуту, называется потребностью в кислороде или потребностью в кислороде. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
продукция, кислород, углекислый газ, молочная, karbonat angidrid, vaqtincha, kislorod, iste'mol qilinishi, qonga o‘tadi, organism, sut kislota, miqdor., ishlab chiqarish
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники