К содержанию
РецензированоUZ2026

O’ZBEK LUG’ATCHILIGI TARIXIDA SHAKLDOSH SO’ZLAR TAVSIFI

Murtazoyev G'olibjon Husen o'gli

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada oʻzbek lug’atchiligi tarixida shakldosh so’zlar tavsifi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Kalit soʻzlar: omonim, turkum, vazifa, shakl, til, leksik, analiz Matnlarni avtomatik qayta ishlash bir necha bosqichga bo’linadi va ulardan biri morfologik tahlil bosqichi hisoblanadi. Mazkur bosqichda har bir so’zga morfologik tavsif beriladi: lemmasi (asosi), kelishigi, soni, darajasi, nisbati, shaxsi va hk. Morfoanalizning so’zlarni morfologik teglash vazifasi omonimshakllar bilan murakkablashadi. Ma’lumki, omonim so’zlar shakli bir xil, ammo semantikasi turfa xil bo’lgan leksik birliklar hisoblanadi. Avtomatik qayta ishlashda omonimlik hodisasi quyidagi birliklarda mavjud: 1. so’z omonimligi shakldoshlik so’z asosida bo’ladi, ya’ni muayyan so’z bir so’z turkumi yoki bir necha turkumga mansub ma’no beradi. Masalan: Avval birliklarni, keyin o’nliklarni qo’shamiz. Modal: Suv bor joyda hayot bor. Ruchkang bormi ? ot Kuch birlikda . Hisob so’z Bir necha bor taklif yubordim. ot Og’irlik birliklari .Til birliklari ot Bor kimyoviy element. Fe’l Ishga bormoq . Maktabga bor moq . Birinchi ustunda birlik so’zi bir so’z turkumi doirasida omonim hisoblanadi: 1) o’ngacha bo’lgan butun son; grammatik ko’plik aksi (ot); 2) birlashish, hamjihatlik (ot); 3) bir turdagi miqdorlarni o’zaro baholash uchun qabul qilingan o’lchov; til qurilishiga xos termin (ot). Ikkinchi ustunda bor so’zi ikki xil turkumga mansub shakldoshlikni yuzaga keltirgan: 1) mavjud (modal); 2) marta, dafa, bora (hisob so’z) 2. Qo’shimcha omonimligi muayyan qo’shimcha vazifasiga ko’ra qo’shimchalarning turli guruhiga mansub bo’ladi. Masalan: -ki ko’chki, tepki, turtki (ot yasaydi) ustki, ichki, kechki (sifat yasaydi) - (i)ng uying, kitobing, ishing (shakl yasaydi: sintaktik mun.shakli egalik qo’shimchasi) ko’ring, boring, tayyyorlang (shakl yasaydi: sintaktik mun.shakli shaxs-son qo’shimchasi) 3. Ibora omonimligi shakli, ya’ni tuzilishi bir xil, ammo semantikasi turlicha bo’lgan frazeologik birliklar. qattiq shovqin soldi uyni boshiga ko’tarmoq yuksak darajada izzat-hurmat qildi onasini boshiga ko’tarmoq 4. Gap omonimligi muayyan gap ifoda maqsadi yoki mazmuniga ko’ra farqlanadi. darak gap Ishni bajarmadim. so’roq gap Ishni bajarmadim? Rus tilida omonimlik turlarida so’zlarning turkumligi bo’yicha omonimlik, morfologik omonimlik va leksik omonimlik farqlanadi. E’tiborli jihati shundaki so’zlarni morfologik va leksik omonimligi bo’yicha guruhlanishi tabiiy tilni qayta ishlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Morfologik omonimlikda bir turkumga 5 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference mansub bo’lgan shakldosh so’zlar lemma (asosi)si turlicha, ammo muayyan shakllaridagina omonimlikni yuzaga keltiruvchi so’zshakllar e’tiborga olinadi. Masalan: lemmasi ter terim mening terim (-im egalik qo’shimchasi: I shaxs, birlik) lemmasi terim terim hosil Leksik omonimlikda bir lemmaga mansub so’z turli ma’nolarni beradi: ot bog’ to’dalab bog’langan holat Bog’lamoq, bog’lam. Bir bog’ piyoz ot bog’ o’simlik va daraxtlar ko’p ekilgan joy bog’-rog’, bog’- bo’ston; Uzumini ye, bog’ini surishtirma. Omonimshakllarning morfologik va leksik guruhlanishi matnlarni qayta ishlovchi dasturiy ta’minot va tizimlarda lemmatizatsiya va stemming jarayonlari uchun muhim sanaladi. Har ikki texnologiya so’z yoki so’zshaklning asosini topishga yo’naltirilgan bo’lib, Ta’kidlash o’rinliki, omonimlik hodisasi avtomatik qayta ishlash jarayonida eng dolzarb masala hisoblanadi. Shu bois NLPda omonimshakllarni aniqlash va ularni tahlil qilish maxsus o’rganiladi, hatto bir necha usullar ham ishlab chiqilgan. Omonimlikni aniqlash metodlarining barchasi ikki guruhga bo’linadi: 1. Qoidalarga asoslangan usullar. O’z navbatida, ular quyidagilarga bo’linadi: a) Qoidalarni qo’lda kiritish usullari. b) Qoidalarni avtomatik ishlab chiqarish usullari. 2. Statistikaga asoslangan usullar. Ushbu guruhlarning har birining o’ziga xos afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Bunday vaziyatlarda tez-tez sodir bo’ladiganidek, ikkala guruhning xususiyatlarini (va afzalliklarini) bir usulda birlashtirish avval erishilgan natijalarga qaraganda yaxshiroq natijani ko’rsatishi mumkin. Bunday usul gibrid usuli deb nomlanadi. 1-sxema. Omonimlikni aniqlash usullari. Mazkur usullarga tayananuvchi tizimlar o’z navbatida quyidagi guruhni tashkil etadi: 1. Qo’lda yaratilgan qoidalarga asoslangan tizimlar. 2. Ehtimoliy modellar asosida yaratilgan va tavsiflangan korpuslarga tayanadigan tizimlar. 3. Ehtimollik modellari va qoidalarga asoslangan gibrid tizimlar. Omonimiyani aniqlash uchun har bir so’zshaklni tasniflash kerak, ya’ni uning lemmasi, so’z turkumi va bir tegga birlashuvchi morfologik xususiyatlar to’plami bilan bog’lab qo’yiladi. Yashirin Markov modeli Baum L.E. va uning hamkasblari tomonidan ishlab chiqilgan mazkur model omonimlikni aniqlashning statistik metodi statistik jarayonda yuzaga keladigan barcha variantlar ehtimolligini hisobga olishga yordam beradi. Masalan, ma’lum bir matn

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada oʻzbek lug’atchiligi tarixida shakldosh so’zlar tavsifi haqida fikr-mulohazalar bildirildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada oʻzbek lug’atchiligi tarixida shakldosh so’zlar tavsifi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
omonim, analiz, turkum, leksik, til, vazifa, shakl
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники