Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
CHET TILINI O’QITISHDA KOMMUNIKATIV O’YINLARDAN FOYDALANISH
Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Chet tilini o‟qitishda kommunikativ o‟yinlardan foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish judayam yaxshi samara beradi. Mashg‟ulotlarda kommunikativ o‟yinlardan foydalanilsa, o‟quvchilarda chet tilini o‟rganishga faol qiziqish vujudga keladi va chet tiliga doir bilimlarni egallashga intilish kuchayadi. Bunday mashg‟ulotda asosan o‟quvchilar faolligi kuzatiladi, o‟qituvchi esa ularni yo‟naltiruvchi vazifasini bajaradi. Kalit so’zlar: ko‟nikma, malaka, muloqot oldi faoliyatlari, konservativ metod, savol javob, debatlar, fuksional muloqot, monolog, dialog, polilogik nutq Zamonaviy pedogogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‟qitishnining ilg‟or va ustivor uslublarini joriy etish, o‟sib kelayotgan yosh avlodga chet tillarini puxta o‟rgatish, shu tillarda erkin so‟zlasha oladigan mutaxasislarni tayyorlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Dars mashg‟ulotlari davomida ta‟limiy-kommunikativ o‟yinlardan foydalanib ham o‟quvchilar faolligini oshirish, ularning o‟z ustida ishlashlariga imkoniyat yaratish mumkin bo‟ladi. O‟qitishning bu usullari ma‟lum ma‟noda dars uslubini o‟zgartira oladi, o‟quv jarayonida ijobiy natijaga erishishni ta‟minlaydi. Shuningdek pedogogik texnologiya o‟qituvchi va o‟quvchilarning birgalikdagi faoliyatiga asoslangan holda mustaqil fikrlash, o‟quv materialini o‟zlashtirishda faollikni ta‟minlaydi. Bugungi kunda chet tilini o'qitishning an'anaviy usullarining zaif tomonlari sababli til ko‟nikmalarini egallashda bir qancha qiyinchiliklarni yuzaga keltirayotganligi kommunikativ o‟yinlardan foydalanib chet tilini o‟rganishni talab qilmoqda. Demak, chet tilini o„qitishni isloh qilish va til ko‟nikmalarini takomillashtirish borasida hali ko„p ish qilish kerak, desak xato bo„lmaydi. Shu sababli, tilni o'qitishning kommunikativ yondashuvini qo'llash usullarini muhokama qilish va ulardan o‟rinli foydalanish hamda chet tili darslarida kommunikativ o'yinlardan foydalanish talabalarni kommunikativ bo'lgan sinf faoliyatiga jalb qilishning eng yaxshi usullaridan biri hisoblanadi.Til o'yinlari chet tilini o‟rgatishdagi eng qimmatli va samarali usullardan biri sifatida ko'plab g'arb o'qituvchilari tomonidan uzoq vaqt davomida qo'llanilgan. Chet tilini o‟rganish o‟ziga xos jarayon bo‟lib, uning samaradorligi quyidagilarga bog‟liq: – chet tilini o‟qitish orqali ta‟lim mazmunini tashkil qilgan aspektlarni, nutq faoliyati turlari (tinglab tushunish, gapirish, o‟qish va yozuv) ni yaxlit va izchillikda lingivistik 39 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference kompetensiyaning asosi bo‟lgan nutqiy kompetensiya tarkibida o‟rgatish; lingivistik nutqiy (kommunikativ), til, pragmatik, sotsio-lingivistik va o‟quv- kognitiv kompetensiyalarni shakllantirish; fanlararo integratsiya (o‟quv fanlarining o‟zaro aloqadorligi)ni tashkil qilish; nutq faoliyati turlari (o‟qish, yozish, tinglab tushunish va gapirish) hamda shakllari (og‟zaki va va yozma nutq) orasidagi o‟zaro bog‟liqlikni ta‟minlash maqsadida rivojlantiruvchi mushtarak tizimni ishlab chiqish; o‟quvchilarga madaniyatlararo muloqotga xos bo‟lgan urf-odatlarni singdirish bilan o‟z xalqi madaniyatini chuqur anglab yetishga o‟rgatib borishdan iborat. Zamon talablariga mos holda chet tillarini mukammal o‟rganish har bir o‟sib kelayotgan yosh uchun juda ham muhim. Chet tillarni bilish orqali yoshlarimiz xorijlik tengdoshlari bilan bemalol ilm- fanda raqobatlasha oladi, jahon sahniga chiqa oladi. Chet tilini o`rganishda talabalarda muloqot faoliyatini olib borish qobiliyatini shakllantirishda va ularni jonli muloqotda qo`llash, ko`nikma va malakalarni shakllantirishda quyidagi faoliyatlar qo`l kelishi va samara berishligi aniqlandi: 1. Muloqot oldi faoliyatlar ( pre – communicative activities ). 2. Muloqot davridagi faoliyatlari: a) funksional muloqot faoliyatlari (functional communicative activities) b) Ijtimoiy o`zaro kechadigan faoliyatlar 3. Muloqotdan keyingi faoliyatlar ( post communicative activities ) Bunday faoliyatlarning har birini o`ziga xos tomoni bo`lib, biri ikkinchisiga xizmat qiladi. Masalan: muloqot oldi faoliyatlar talabalardan muloqot birliklari (gap, sodda, qo`shma gaplarning qo`llanilishi haqidagi dastlabki bilimlarni bo`lishini taqozo etadi ). An`anaviy metodlardan farqli o`laroq, barcha mavjud metodlarning ijobiy hizmatlarning o`zida mujassamlashtirgan kommunikativ metod, jumladan, interfaol metod bilan dars berishganda ayniqsa, talabalar kommunikativ faoliyatini o`stirish maqsadida darslar o`zgacha tusda va ruhda, ya`ni zamonaviy yutuqlarini hisobga olgan holda, ayniqsa, psixologiya, pedagogika va metodika fanlari yutuqlariga tayangan holda kommunikativ o‟yinlar orqali chet tilida muloqotga o`rgatish asosiy vazifani tashkil etadi. Asosiy e`tibor talabalar kommunikativ faoliyatini o`stirishga xizmat qiluvchi barcha faoliyatlarni o`ziga mujassamlashtirgan kommunikativ o‟yinlar orqali talabalar nutqning muloqotga layoqatliligi, muloqot strategiyasi kabi jihat
Доказательный фрагмент
«Chet tilini o‟qitishda kommunikativ o‟yinlardan foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish judayam yaxshi samara beradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюChet tilini o‟qitishda kommunikativ o‟yinlardan foydalanish zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish judayam yaxshi samara beradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- chet tilini, kommunikativ yinlardan, muloqot oldi, communicative activities, yinlardan foydalanish, sib kelayotgan, kelayotgan yosh
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026