Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK ADABIY TILIDA ISTAK MA’NOSINI BILDIRUVCHI VOSITALAR MA’NODOSHLIGI
VOSITALAR MA’NODOSHLIGI · Safarov Firuz Sulaymonovich
Инновационные исследования в науке · 287-291 · 2026
Аннотация
Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi istak ma’nosini bildiruvchi vositalar ma’nodoshligi tahlil qilingan. Istak semasi ham shart-istak mayli tarkibiga kiruvchi modal ma’no bo‘lib mazkur sema shart semasidan farqli ravishda subyektiv xususiyatga ega. O‘zbek adabiy tilida istak semasi shart-istak maylining -sa, -sa edi, -sa ekan shakllari bilan ifodalanib koshki, zora, shoyad, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Binobarin -sa, -sa edi, -sa ekan shakllari bilan mazkur yordamchi so‘zlar orasida ma’nodoshlik mavjud bo‘lib yordamchi so‘zlar konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: istak ma’nosi, modal ma’no, subyektiv ma’no, ma’nodoshlik, konnotatsiya, tugallanganlik, hozirgi zamon, kelasi zamon, qulay kontekst, oydinlashtiruvchi kontekst, noqulay kontekst, -sa shakli paradigmatik xususiyatining o‘zgarishi. Istak semasi ham shart-istak mayli tarkibiga kiruvchi modal ma’no bo‘lib mazkur sema shart semasidan farqli ravishda subyektiv xususiyatga ega. O‘zbek adabiy tilida istak semasi shart-istak maylining -sa, -sa edi, -sa ekan shakllari bilan ifodalanib koshki, zora, shoyad, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi yordamchi so‘zlari vositasida kuchaytiriladi. Binobarin -sa, -sa edi, -sa ekan shakllari bilan mazkur yordamchi so‘zlar orasida ma’nodoshlik mavjud bo‘lib yordamchi so‘zlar konnotatsiya ifodalashga xizmat qiladi. -sa shakli istak, hozirgi va kelasi zamon semalariga betaraf bo‘lib bu semalarning ifodalanishi uchun qulay vosita talab qilinadi. Istak semasi ifodalanganda -sa shaklining sintaktik xususiyati tugallanganlik sifatida namoyon bo‘lib gap shaklan ham mazmunan ham tobe bo‘lmaydi. Tugallanganlik -sa shaklida belgilangan bo‘lib kontekstda noqulaylik bo‘lmasa voqelanaveradi. - sa shaklining lisoniy xususiyati shundan iborat bo‘lib uni jadvalda quyidagicha aks ettirish mumkin. -sa shakli istak semasini qulay kontekstda ifodalaydi. Qulay vosita vazifasini urg‘u bajaradi. Urg‘u -sa qo‘shimchasiga tushsa istak semasi namoyon bo‘ladi [3, 422]. Istak semasi sodda gap, bog‘langan qo‘shma gap, bosh gap hamda ko‘chirma gapda ifodalanadi [2, 151]. -sa shakli istak semasini ifodalaganda 42 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference sintaktik tugallanganlik xususiyati namoyon bo‘lganidan mazkur semaning namoyon bo‘lishi uchun eng kichik qulay kontekst yetarli: [Shunaqa do‘ndiqchasiga] uylansam. (Mirmuhsin, Umid) Qavsga olingan so‘zlar inobatga olinmasa bu misol -sa shaklining istak semasi uchun eng kichik qulay kontekst. Istak semasining ifodalanishiga urg‘u qulaylik tug‘dirgan. Qavsga olingan so‘zlar tushirib qoldirilsa ham mazkur sema namoyon bo‘ladi. Bu gapda istak so‘zlovchining istagi sifatida namoyon bo‘lgan. -sa shaklini II yoki III shaxs shaklida qo‘llasak ham so‘zlovchining istagi ifodalanadi. Demak sodda gapda -sa shakli hamma shaxsda so‘zlovchining istagini ifodalaydi. Misolda -sa shakli istak semasi bilan birga kelasi zamon semasini ifodalagan. Kelasi zamon semasiga fe’l o‘zagi (uylan)ning lug‘aviy ma’nosi qulaylik tug‘dirgan. Bog‘langan qo‘shma gapning ikkala qismidan ham hamma shaxsda so‘zlovchining istagi anglashiladi: Qamoqdan qutulib chiqsa, uni bir ko‘rsam. (Oybek, Qutlug‘ qon) Bosh gapda ham -sa shakli hamma shaxsda so‘zlovchining istagini ko‘rsatadi: Agar bizga yigirmata kuchli nasos bersangiz, shu nasoslar yordamida bir yarim kilometr masofada toshloq trassalar tagiga loyqa oqizsak. (S. Ahmad, Ufq, 155) Bu misol hajmiga ko‘ra mikrokontekst bo‘lib ikki qismdan iborat. Ikkinchi qism (bosh gap)da qo‘llangan -sa shakli istak semasini ifodalagan. Mazkur semaning ifodalanishiga urg‘u qulaylik tug‘dirgan. -sa shaklida istak semasi bilan birga kelasi zamon semasi namoyon bo‘lgan. Kelasi zamon semasining voqelanishiga mikrokontekstning umumiy mazmuni qulaylik tug‘dirgan. Ko‘chirma gapda istakning qanday ko‘rinishda namoyon bo‘lishi xabar egasini bildiruvchi gap kesimining shaxsiga bog‘liq. Kesim III shaxsda bo‘lsa -sa shakli o‘zganing istagini bildiradi: Nizomjon, u kunlarni sira eslamasam, derdi. (S. Ahmad, Ufq, 351) Xabar egasini bildiruvchi gap kesimi I shaxsda bo‘lsa -sa shakli so‘zlovchining istagini bildiradi: ‒ Ketsam deyman. (S. Ahmad, Ufq, 458) Men ham odamlarday yashasam, deyman. (O‘. Usmonov, Girdob, 16) Ikkala misolda -sa shakli istak semasini ifodalab so‘zlovchining istagini bildirgan. Xabar manbaini bildiruvchi gap kesimi II shaxsda bo‘lsa -sa shakli tinglovchining istagini bildiradi. Bunga amin bo‘lish uchun yuqoridagi misollardan birining kesimini ikkinchi shaxsga qo‘yib ko‘ramiz: Sen ham odamlarday yashasam deysan. Ko‘rinib turibdiki bu gapda -sa shakli tinglovchining istagini ifodalagan. Nutqiy maqsadu vazifa istak semasini kuchaytirib ifodalashni taqozo qilishi mumkin. Bunday holda -sa shakli oydinlashtiruvchi kontekstda qo‘llanadi. Bunday kontekstda istak semasini kuchaytirish uchun koshki, zora, shoyad, qani endi, qani edi, koshkiydi, qaniydi kabi yordamchi so‘z qo‘llanadi. Bu so‘zlar 43 INNO
Доказательный фрагмент
«Maqolada o‘zbek adabiy tilidagi istak ma’nosini bildiruvchi vositalar ma’nodoshligi tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada o‘zbek adabiy tilidagi istak ma’nosini bildiruvchi vositalar ma’nodoshligi tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qulay kontekst, modal ma’no, hozirgi zamon, -sa shakli paradigmatik xususiyatining o‘zgarishi., ma’nodoshlik, tugallanganlik, noqulay kontekst, subyektiv ma’no, konnotatsiya, oydinlashtiruvchi kontekst, kelasi zamon, istak ma’nosi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
УчебникиМ.Исаова, Р.Хасанов +32014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024