К содержанию
РецензированоRU2026

NUTQI RIVOJLANMAGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI O’YIN ASOSIDA SO'Z BOYLIGINI SHAKLLANTIRISH BO'YICHA KORREKSION-RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIMNING MAZMUNI, USULLARI VA TASHKIL ETILISHI

KORREKSION-RIVOJLANTIRUVCHI TA'LIMNING MAZMUNI · Shoaxmedova Surayyo Kamilovna · Nizomiy nomli TDPU · Arifxanova Naziraxon Nasriddinovna · Nizomiy nomli TDPU

Инновационные исследования в науке · 2026

Аннотация

Содержание, методы и организация коррекционно- развивающего обучения по формированию игрового словаря у детей со слаборазвитой речью в дошкольном образовании, значение игр и игрушек в развитии устной речи. Annotation: The content, methods and organization of corrective- developmental education on the formation of vocabulary on the basis of games in children whose speech is not developed in preschool education, the importance of games and toys in the development of oral speech. Kalit so'zlar: Tarbiyalanuvchi, o'yinchoq, qo'g'irchoq, tarbiya, ta'lim, ertak, nutq o'stirish, maktabgacha ta'lim, yozuv, milliy o'yinchoqlar, milliy qadriyatlar. Mamlakatimizda nutq kamchiligiga ega bolalar bilan olib boriladigan korreksion –pedagogik va tarbiyaviy ishlar olib borishda katta e’tibor berilmoqda. Bolalardagi nutq kamchiliklarini o’z vaqtida oldini olish nerv psixik kasalliklarni oldini olishdan boshlanadi. Odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining harakatlari aniq va to’g’ri bo’lishi kerak. Nutqning normal faoliyati holatida uning psixofiziologik mexanizmlari saqlangan bo’ladi. Nutq buzulishlari gapiruvchi shaxsning ma’lum til muhitida qabul qilingan nutq faoliyati normal holda ishlaydigan psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligida nutqning kechroq paydo bo'lishi, lug'atning kambag'alligi, agrammatizm, talaffuz kamchiliklari kuzatiladi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi tushunchasi bola nutqi rivojlanishining aniq holatidan kelib chiqqan holda o'zining etiologiyasi 60 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference bo'yicha nutq rivojlanmaganligining turli xil ko'rinishlariga yagona pedagogik yondashuv imkoniyati haqidagi ilg'or nuqtayi nazarga asoslanadi. Nutqning to'liq rivojlanmaganligi termini nutq rivojlanishi buzilishiga g'oyat chuqur yondashuvni ifodalaydi va uni tahlil qilish pedagog zimmasidadir. Nutqi to‘liq rivojlanmagan bolalarni maxsus tekshirish bu kamchilikning turli xil klinik ko‘rinishlari mavjudligini ko‘rsatdi. Ularni shartli ravishda uch asosiy guruhga bo‘lish mumkin..Bolaning nutqining paydo bo'lishi va rivojlanishini o'rganish nafaqat psixologiya nuqtai nazaridan dolzarb, balki shaxsiy va ijtimoiy ahamiyatga ham ega. Z.M.Ahmedova, M.Yu.Ayupova, M.P.Xamidova [1;20-b]. Nutq kommunikativ faoliyat tarkibidagi tarkibiy element, bu esa o'z navbatida bolaning bilish faoliyatini rivojlantirishda hal qiluvchi rol o'ynaydi. Aloqa va nutq orqali bola insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasi xazinasidan ma'lumot olishni o'rganadi. Maktabgacha yoshdagi og'zaki monologik nutqni rivojlantirish maktabda muvaffaqiyatli o'qitish uchun asos yaratadi. Maktabgacha yoshdagi bolaning nutqini rivojlantirish uchun asosiy o'yin vazifalaridan biri bu bolaning so'zlarini boyitish, tushunchalarni o'zlashtirishda, ishlatilgan so'zlarning polisemiyasini va ularning semantik soyalarini tushunishda. O'yinlarda nutq faoliyati rivojlanadi, ona tiliga qiziqish va e'tibor tarbiyalanadi. O'yin bolani har tomonlama har jihatdan to'g'ri tarbiyalashga qaratilgan faoliyatdir. O'yin insonni barkamol avlod sifatida rivojlantiradi. O'yinchoq bu narsaning o'ziga xos predmeti bo'lib, bolani maqsadini bilib oladi va shu maqsadga yo'naltirishga ko'maklashadi. Ko'pgina tadqiqodchi olimlar shuni isbotladiki, o'yinchoqlar orqali bolalar kelajakda o'zlari duch keladigan vaziyatlarga tushadi va ulardan qanday vaziyatlardan chiqishga o'rgatadi. Bola o'yinchoqlar bilan tanishish, o'ynash orqali ular atrof-olam bilan tanishadi. Bolalar o'zlari orasida bo'ladigan munosabatlari, bir-birlariga muomila madaniyatlari, o'zlari orasida xuddi kattalardek gaplashishlarini xoxlashadi. O'yinchoqlar orqali bola sizga, atrofdagilarga nima demoqchiligini tushuntira oladi. Ular o'yinchoqlar orqali borliq haqidagi bilimlarini boyitishadi. O'yin nazariyasini va o'yinchoqlarning bolaning shaxsiyatini rivojlantirishdagi o'rni haqida L.S.Vigotskiy, A.N.Leontiev, samarali izlanishlar olib borgan[3; 64- b] Buyuk rus olimi R.Ye.Levina "O'yinchoq, avvalambor bolani hayratda qoldiradi va bu tuyg'u tushunishning boshlanishidir". O'yinchoq bolani atrof-muhit bilan tanishtiradi, ularni o'rgatadi, taassurotlarini mustahkamlaydi va muloqotga bo'lgan ehtiyojni qondiradi [6;100-b] O'yinchoq bola tug'ilganidan to 3 yoshigacha bo'lgan davrda katta ahamiyatga ega. Chunki ular o'ynash davomida o'zlarini rag'batlantiradi, o'yin tashkil etish qonun-qoidalarini o'rganadi: qo'g'irchoq bilan ular ona va qiz bo'lib 61 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference o'ynashsa, raketa yoki moshina, samolyot bilan ular haydovchi rolini o'ynashga kirishib ketadi. O'yinchoqlar orqali o'yin qay tarzda ketayotganini va nima maqsad borligini tushuntira oladi. Bola ota-onaga ichidagi his tuyg'ularini o'yin orqali yetkazib beradi. Bola o'yin mazmuni o'yinchoqqa bog'liqligini bilib, uning ijodiy faoliyatini shakllantiradi. Bola o'

Доказательный фрагмент

«Содержание, методы и организация коррекционно- развивающего обучения по формированию игрового словаря у детей со слаборазвитой речью в дошкольном образовании, значение игр и игрушек в развитии устной речи.»

Образец извлечения

Демо-превью

Содержание, методы и организация коррекционно- развивающего обучения по формированию игрового словаря у детей со слаборазвитой речью в дошкольном образовании, значение игр и игрушек в развитии устной речи. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Tarbiyalanuvchi, o'yinchoq, qo'g'irchoq, tarbiya, ta'lim, ertak, maktabgacha ta'lim, milliy o'yinchoqlar, nutq o'stirish, yozuv, milliy qadriyatlar.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники