Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
BOSHLANGʻICH SINF O‘QUVCHILARIGA MANTIQIY MASHQLARNI O‘RGATISH
Allamuratova Gulchinar Ilmuratovna · Ajiniyoz nomidagi NDPI Boshlangʻich taʼlim
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yosh bolalarning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishi uchun boshlangʻich sinfdan boshlab ularga toʻgʻri taʼlim va tarbiya berishda , mantiqiy mashqlardan foydalanish usullarini aytib oʻtamiz. Kalit soʻzlar:Mantiqiy mashqlar, oʻquvchi, taʼlim va tarbiya,predmet, logik mashqlar, soʻz boyligi, soʻzlar. Mantiqiy mashqlarni koʻpincha boshlangʻich sinf oʻquchilarida qoʻllash lozim. Mantiqiy mashqlar haqida aytadigan boʻlsam, mantiqiy mashqlar bolalarning narsa va atrof-muhit haqidagi bilimlarini tartibga soladi va ularga to’g’ri fikrlash usullarini o’rgatadi. O’quvchi maktabga kelganda, keng lug’at boyligiga ega bo’lsa ham, odatda, tafakkurning taqqoslash, qarshi qo’yish, umumlashtirish, guruhlash usullaridan foydalanishni bilmaydi (ayniqsa, bilish faoliyatining ob’ekti aniq predmet emas, uni ifodalovchi so’zlar bo’lsa). Mantiqiy mashqlarning vazifasi u yoki bu narsa va hodisalar bilan tanishish asosida bolalarni predmet va hodisalardan muhimini, umumiysini ajratishga, so’z bilan aniq ifodalashga o’rgatish, bolalarga mantiqiy usullar tizimini o’rgatish bilan bilimini material tomondan boyitish va uni aqliy tomondan o’stirish hisoblanadi. Mantiqiy mashqlar bolalarning so’z boyligi va tilining umumiy o’sishida katta ahamiyatga ega bo’lib, lug’at ishi va tilga oid boshqa ishlar bilan bog’lab olib boriladi. Logik mashqlar juda xilma-xil: 1.Narsalarning mavzuga tegishli guruhini tuzish: ust kiyimlar (ko’ylak, kostyum, . . .) va oyoq kiyimlar (botinka, tufli, .. ); uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar kabi. Bunda bolalar «Bu nima?» so’rog’iga javob berishga o’rgatiladi: Bu n i m a? – Avtobus. Avtobus nima? – Mashina. 2.Bir turdagi narsalarni sanab ko’rsatish va umumlashtiruvchi bir so’z bilan nomlash. Masalan, stol, stul, shkaflarni bir so’z bilan qanday nomlash mumkin? (Mebelь) 3.Berilgan narsalardan bir guruhga kirmaydiganlarini ajratish. Masalan, qalam, pero, chizg’ich, o’chirg’ich, stul ko’rsatiladi, o’quvchilar o’quv qurollarini ajratadilar, stul o’quv quroliga kirmasligini, mebelь ekanini aytadilar. 5 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference Bunday mashq o’yin tariqasida o’tkazilishi ham mumkin: ma’lum so’zlar berilib, ortiqchasini topish va nima uchun ortiqcha ekanini tushuntirish talab etiladi: qaldirg’och, chumchuq, mushuk, musicha. 1.Predmet nomlari va belgi bildirgan so’zlarni guruhlarga ajratish. Bunda so’zlar choynak, tesha, bolta, piyola, arra, tarelka kabi aralash beriladi. O’quvchilar guruhlab, idishlar nomi: choynak, piyola, … ; ish qurollari nomi: tesha, bolta, … kabi yozadilar. Narsa belgisini bildirgan so’zlar ham aralash beriladi, bolalar to’rt guruhga (rang, maza, shakl, xususiyat) ajratadilar. 2.Qarama-qarshi qo’yish bilan umumlashtirish: qaldirg’och, chumchuq, bulbul – qushlar, tovuq, xo’roz, kurkalar-chi? (Parrandalar.) Mantiqiy mashqlar sermazmun bo’lishi, o’quvchilarning tajribasi bilan bog’lanishi, ularni to’g’ri fikrlashga o’rgatishi, bilimlariga aniqlik kiritishi va tartibga solishga xizmat qilishi lozim. Bunday mashqlardan o’rni bilan boshqa darslarda ham, o’qish va grammatika darslarida ham foydalanilsa maqsadga muvofiq boʻladi.Mantiqiy mashqlarni bola yoshiga qarab belgilanadi masalan, 6- 7 yoshli bolalar uchun mantiqiy o'yin turlari.Bugungi kunda maktabgacha yoshdagi bolalarda mantiqni rivojlantirish uchun juda ko'p turli xil o'yinlar mavjud. Ularning barchasini bir nechta toifalarga bo'lish mumkin: ✅Grafik o'yinlar- bu o'yinlar rivojlantirishga qaratilgan nozik vosita qobiliyatlari va o'qituvchilarning fikriga ko'ra, boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun eng qiyin mavzu bo'lgan bolaning qo'lini yozishga tayyorlash; ✅Matematik o'yinlar- bunday o'yinlar bolada mantiq va aql-zakovatni rivojlantirish, uning ko'nikmalarini, mavhum fikrlash, mantiqni shakllantirishda asosiy hisoblanadi; ✅Nutq o'yinlari- bu nutq apparatini rivojlantirish, nutqning sofligi va ravshanligi, bolaning so'z boyligini diversifikatsiya qilish uchun o'yinlar. Ular, ayniqsa, har qanday nutq nuqsonlari bo'lgan va nutq terapevtining yordamiga muhtoj bo'lgan bolalar uchun juda yaxshi; ✅Jumboq va stol oʻyinlari- bunday o'yinlar bolada katta qiziqish uyg'otadi. Psixologlarning fikriga ko'ra, bu eng yaxshi o'yinlar tafakkur va mantiqni rivojlantirish, jamoada ishlash ko'nikmalarini shakllantirish, boshqa bolalar bilan muloqot qilish; O'yinlar bilan adabiyot. Bir tomondan, bu bolani o'qish orqali o'qish va dunyoni o'rganishga o'rgatishning yaxshi usuli bo'lsa, boshqa tomondan, bu mantiq, xotira va e'tiborni bevosita rivojlantirishga yordam beradi; Kompyuter o'yinlari va turli elektron qurilmalar zamonaviy bolalarning sevimli o'yinlari bo'lib, psixologlar va o'qituvchilarning katta taassufiga sabab 6 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference bo'ladi. Lekin, albatta, buning ijobiy tomoni bor. Agar kompyuter o'yinida foydasiz «yuruvchilar» va «otishmalar» dan tashqari, ba'zi vazifalar – kvestlar mavjud bo'lsa, ularni bajarish orqali bola ham foydali ta
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yosh bolalarning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishi uchun boshlangʻich sinfdan boshlab ularga toʻgʻri taʼlim va tarbiya berishda , mantiqiy mashqlardan foydalanish usullarini aytib oʻtamiz.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yosh bolalarning barkamol avlod boʻlib voyaga yetishi uchun boshlangʻich sinfdan boshlab ularga toʻgʻri taʼlim va tarbiya berishda , mantiqiy mashqlardan foydalanish usullarini aytib oʻtamiz. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Mantiqiy mashqlar, soʻzlar., oʻquvchi, predmet, taʼlim va tarbiya, logik mashqlar, soʻz boyligi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026