Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TIL BIRLIKLARINING KOGNITIV TAHLILI
D. Yunusova (Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi dotsenti)
Инновационные исследования в науке · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning muhim tushunchalarida biri konsept tushunchalarining ifodalanishi hamda bu tushunchaning til vositalari, har bir tildagi leksik-semantik pardigmalar orqali namoyon bo‘lishi haqida so‘z yuritilgan va misollar asosida tahlil qilingan. Kalit so‘zlar: kognitiv tilshunoslik, konsept, tushuncha, leksik-semantik, frazema, termin. Bugungi kunda tilga antroposentrik yondashuv tilshunoslik sohasining eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida mujassam etib, mustaqil paradigma sifatidagi maqomini tobora mustahkamlab bormoqda. Ko‘plab tadqiqotchilarning e’tirof etishicha, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya antroposentrik paradigmaning yetakchi yo‘nalishlari hisoblanadi. Ma’lumki, til birliklariga kognitiv yondashuv til hodisalarini bilish nazariyasi yordamida izohlash usullaridan biri hisoblanadi [1]. Shu ma’noda kognitiv tahlil lingvistik tahlilning bir turi, uning bir ko‘rinishida namoyon bo‘lishidir. “Kognitiv” termini (lot. Cognition - bilim) inglizcha “idrok, anglash, bilish” ma’nolarini ifodalaydi. Kognitiv tilshunoslik inson ongida kechayotgan borliqni idrok qilish, anglash va ularni ro‘yobga chiqarish turlari va shakllari kabi ongli jarayonni o‘rganadi. Til vositasida bilimlarni saqlash, ifodalash va uzatish mexanizmlarini, til va ong munosabatini, olamni konseptuallashtirish va kategoriyalarga ajratish, bilish jarayoni va tajribalarni umumlashtirishda tilning o‘rni kabi masalalarni tadqiqot etuvchi sohadir. Bu yo‘nalish XX asarning 70-yillarida Amerikada paydo bo‘lib, hali to‘la shakllanib ulgurmagan paradigma hisoblansada, lekin keyingi yillarda jahon tilshunosligida til hodisalarini kognitiv nuqtayi nazaridan tahlil qilishga bag‘ishlangan tadqiqotlar soni ortib bormoqda [2]. Shuningdek, ularning aksariyatida kognitiv tilshunoslikning tayanch tushunchalaridan konsept tushunchasiga alohida e’tibor berilmoqda [3]. Taniqli kognitolog Y.S.Kubryakovaning fikricha “konsept” atamasi tafakkur, anglash, tushunish, ma’lumotlarni saqlash va qayta ishlash kabi muammolar bilan shug ‘ullanuvchi kognitiv psixologiya, kognitiv tilshunoslik va lingvokulturologiya fanlari uchun “soyabon” (tayanch) vazifasini bajarishi haqida so‘z yuritgan bo‘lsa [4], D. S. Lixachev o‘zining “Konseptosfera russkogo yazika” ilmiy ishida konseptni so‘zning lug‘at ma’nosi va insonning o‘z milliy 116 INNOVATIVE RESEARCH IN SCIENCE International scientific-online conference qarashlari bilan to‘qnashuvi natijasida hosil bo‘ladigan fikrlash jarayonining mahsuli deb ta’riflaydi [5]. E. Komarov o‘zining nomzodlik ishida konseptning mazmun strukturasiga ko‘ra leksik ma’nodan katta ekanligini alohida ta’kidlaydi. Buning sababi sifatida konseptning mental hodisa ekanligi bilan izohlaydi. Umuman, konsept til vositalari, har bir tildagi leksik-semantik pardigmalar orqali namoyon bo‘ladi. “Baxt” va “baxtsizlik”, “urush” va “tinchlik”, “go‘zallik” va “xunuklik” kabi har bir konseptning umumiy mazmunini bir markazga birlashgan semantik maydon hosil qiluvchi leksik-frazeologik birliklar tashkil etadi. Ana shu umumiy semantik maydonga kiruvchi leksik-frazeologik birliklar ma’nosiga ko‘ra bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘ladi. Shu jihatdan “konsept” tushunchasi o‘ziga mantiqshunoslik, psixologiya, tilshunoslik va gnoseologiya (bilish nazariyasi) fanlarining o‘zaro birligi va hamkorligini aks ettiradi. Aniqroq qilib aytganda, “konsept” ko‘p qirrali logik-psixologik-gnoseologik-lingvistik termin sanaladi. Masalaga shu jihatdan qaraganda “konseptning ma’no salmog‘i lug‘aviy ma’no tushunchaga nisbatan kengdir. Konsept yuksak darajadagi mazmuniy umumiylikka ega ekanligi bilan ajralib turadi. Har bir til egasi dunyoni o‘zicha tasavvur etadi. Til egasi o‘zi ifodalayotgan jumla yoki gap mazmunini shu xalqqa xos bo‘lgan dunyoni ko‘rish tarziga muvofiqlashtirishga intiladi. Inson til tufayligina, obyektiv olamni va o‘zini tushunishga qodirdir. Bunda ijtimoiy-tarixiy tajriba umuminsoniy va milliy omil sifatida ishtirok etadi. Milliy omil har bir tilning fonetik, leksik, morfologik kabi sathlarida namoyon bo‘ladi. Tilning o‘ziga xosligi til egasi ongida til vositalari orqali dunyoni bilish va uni aniq, ravon ifodalash imkonini beradi. Bu hodisalarning barchasi so‘z yoki frazemalarning semantik strukturasida ham bevosita namoyon bo‘ladi. Til vositalari orqali dunyoni ko‘rishda so‘zlar bilan birga metaforalar, frazemalar, o‘xhsatishlar, turli ramzlar alohida o‘rin tutadi. Masalan, hech qachon bajarish imkoniyati bo‘lmagan ishni anglatadigan ma’noni kuchaytirish rus tilida “kogda rak na gore svisnet” frazemasi bilan, o‘zbek tilida esa “tuyaning dumi yerga tekkanda”, “qizil qor yoqqanda” , “qurbaqa daraxtga chiqqanda” kabi ravish frazemalar yordamida amalga oshirish mumkin bo‘ladi. Arab xalqlarida “tuya” zoonimi ayollar go‘alligini intensiv ifodalashga xizmat qiladi, xuddi shu zoonim boshqa ko‘pgina xalqlarda, jumladan, o‘zbeklar orasida ham qo‘pollik va xunuklik kabi salbiy holatlarni ifodalash vositasi sifatida namoyon bo‘ladi: ignadek nars
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kognitiv tilshunoslikning muhim tushunchalarida biri konsept tushunchalarining ifodalanishi hamda bu tushunchaning til vositalari, har bir tildagi leksik-semantik pardigmalar orqali namoyon bo‘lishi haq…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kognitiv tilshunoslikning muhim tushunchalarida biri konsept tushunchalarining ifodalanishi hamda bu tushunchaning til vositalari, har bir tildagi leksik-semantik pardigmalar orqali namoyon bo‘lishi haq… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- tushuncha, leksik-semantik, termin., konsept, kognitiv tilshunoslik, frazema
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026