Современная трансформация образованияOtelbayev Bekzod Atabek ug`li2025
O‘ZBEK TILIDA QAT’IYAT KONSEPTINING SHAKLLANISHI
Jamoliddinova Iroda Bahodir qizi
Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2006
Аннотация
В статье рассказывается о том, как “решительность” формируется в узбекском языке как понятие. Понятие” настойчивость " исследуется лингвокультурно. Ключевые слова: понятие, понятие “настойчивость”, концептосфера, лингвокультурное понятие, познавательное понятие. Konsept lingvomadaniyatshunoslikda katta ahamiyatga ega ham lingvistik, ham madaniy birlik hisoblanadi. Sh.Usmanova konsept lingvomadaniy birlik sifatida u yoki bu xalq madaniyatining o‘ziga xos jihatlarini ifoda qilishini e’tirof etadi[Safarov, 2006:91]. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, lingvokulturologik konsept etnomadaniy xususiyatga ega bo‘lgan va borliq haqidagi funksional ahamiyatga ega axborotni uzatadigan madaniyatning asosiy birligidir. Bu sohada konsept xalqning madaniyati ko‘rsatkichi sifatila talqin qilinadi. Masalan, o‘zbek tilidagi “qat’iyat” konseptida o‘zbek er kishisining vatanparvarligi, oilaparvarligi kabi; “vafo” konseptida esa o‘zbek ayolining ibo-hayosi aks etishi ma’lum usullar, tahlillar orqali ochiqlanishi mumkin. Lingvokulturologiyada madaniyat konseptlari alohida tadqiq qilinadi, chunki madaniyatning asosiy konseptlari jamoaviy til ongida muhim ahamiyat kasb etadi. “Madaniyatning asosiy konseptlari deganda esa mavhum otlar, xususan, vijdon, taqdir, qismat, iroda, gunoh, qonun, erkinlik vatan vatanparvarlik, muhabbat, go‘zallik, sadoqat, mehr, mehmondo‘stlik kabilar tushuniladi. Madaniyat konseptlarini A.Y.Guriyevich ikki guruhga bo‘ladi: 1) “fazoviy”, falsafiy kategoriyalar, ya’ni madaniyatning universal kategoriyalari – vaqt, makon, sabab, o‘zgarish, harakat kabilar; 2) ijtimoiy kategoriyalar, ya’ni madaniyat kategoriyalari – erkinlik, huquq, haqiqat, mehnat, boylik, mulk kabi tushunchalar. Maslova esa bular qatoriga yana bitta guruh, ya’ni milliy madaniyat kategoriyasini ham kiritish kerakligini aytadi”31. T.Yandasheva konseptlarning quyidagi turlarini keltiradi: 1. “Dunyo – vaqt, sana, tong, tun vatan kabilar. 2. Tabiat – gullar, o‘simliklar, daraxtlar, suv, olov, tuproq kabilar. 3. Inson xususiyatlari – aqllilik, ahmoqlik, qarilik, bilimdonlik, go‘zallik, yoshlik kabilar. 4. Ma’naviy konseptlar – vijdon, haqiqat, adolat kabilar. 5. Ijtimoiy tushuncha va munosabatlar – ozodlik, do‘stlik va urush kabilar. 22 6. Emotsional konseptlar – baxt, xursandchilik, quvonch, qayg‘u. 7. Ilmiy bilimlar konseptosferasi falsafa, filologiya, matematika, biologiya, fizika kabilar. 8. San’at konseptosferasi – arxitektura, xattotlik, raqs, musiqa, rassomlik, haykaltaroshlik kabilar”[Yandasheva, 2021:21]. Konseptlarning bir umumiy nom ostida birlashishi bevosita lingvokulturologiyada konseptosfera terminining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Konseptosfera terminini birinchi bo‘lib D.S.Lixacheva qo‘llagan. Ba’zi olimlar esa konseptlar tizimi degan jumladan foydalanishni ma’qul ko‘radilar. Bu insonlarning dunyo haqidagi bilim va tafakkurining daliliy tizimi bo‘lib, tajriba va tildan qay holda foydalanish jarayonidan kelib chiqadi. Xususan, dunyoning umumiy manzarasi har bir madaniyat vakilida quyidagi universal konseptlar – makon, zamon, taqdir, tinchlik, olov, suv, haqiqat, qonuniyat va sevgi-muhabbat kabi tushunchalardan iborat bo‘ladi. Amerikalik psixolog D.Millerning fikriga ko‘ra, har bir madaniyatda o‘ziga xos miflar mavjud bo‘ladi va madaniyatlar bevosita qaysidir bir mif asosida shakllanadi. Bu esa bevosita o‘ziga xos konseptosferani shakllantiradi. Ma’lum bir tildagi konseptlarni tahlil qilish jarayonida ana shu xususiyatlarni hisobga olish muhim hisoblanadi. Umuman olganda, esa konsept lingvokulturologik birlik sifatida ma’lum bir millat tarixi va madaniyatidan xabar beruvchi o‘ziga xos vosita bo‘lib, u o‘zi ifodalayotgan tushunchani millat va elat a’zolarining xos xususiyatlaridan va lisoniy imkoniyatlaridan kelib chiqib tasvirlaydi. Umuman, konseptning lingvomadaniy va kognitiv ta’riflari chambarchas bog‘liqdir, chunki bilish tafakkur, til va madaniyat orqali amalga oshiriladi. Uning leksik ma’no va tushunchadan asosiy farqi shundaki, u o‘zida faqatgina ma’no komponentlarini emas, inson hayotiy tajribasida orttirilgan bilimlari, ongdagi axborot yig‘indisi, u yoki bu predmet-hodisa haqidagi ensiklopedik bilimlari majmuidan iborat. Biz tadqiqotimizda “qat’iyat” konseptini lingvomadaniy konsept sifatida tadqiq qilishga harakat qilamiz. Zero, ushbu konseptga til egalarining qadriyatli baho munosabati mavjud bo‘lib, uni o‘zbek milliy madaniyati bilan bog‘lab o‘rganish ilmiy tadqiqotimizning maqsadini tashkil etadi. Qat’iyat tushunchasi kishining o‘z fikrini, so‘zini, qarorini o‘zgartirmasdan qattiq turish holatini, fazilatini anglatar ekan, bu tushunchaning psixologiya fanida o‘ziga xos talqinlari mavjud. “Kishi ba’zan tez qarorga keladi bu qarorning bajarilishi mumkinligiga ishonadi. Buni qat’iyat deb ataymiz… Qat’iyat faqat tezlik bilan qarorga kelishdagina emas, shuningdek, bu qarorni tez va dadil bajarishda ham zohir bo‘ladi. Tezlik bilan qarorga kelish va uni aniq belgilangan muddatda bajarish– qat’iyatni namoyon qilish dema
Доказательный фрагмент
«В статье рассказывается о том, как “решительность” формируется в узбекском языке как понятие.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье рассказывается о том, как “решительность” формируется в узбекском языке как понятие. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- concept, concept of” perseverance", conceptuosphere, linguistic concept, konseptosfera, Konsept, “qat’iyat” konsepti, lingvomadaniy konsept, kognitiv konsept.
Смежные источники
Медицина и инновацииМ Сабиров, О Скосырева +12021
Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ЖУРНАЛ ПРАВОВЫХ ИССЛЕДОВАНИЙСуванов Сардор Бахадирович2026