К содержанию
РецензированоUZ2026

AJDODLAR MEROSINING YOSH AVLOD TARBIYASIDAGI AHAMIYATI

Botirova Lobar Xamid qizi · Mirsanova Moxira (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,) · poklanish, dunyoqarash, jamiyat (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,) · Amir Temur (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,) · Alisher Navoiy. (O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika instituti,)

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy meroslarimiz haqida fikr yuritilgan. Ma’naviy meroslarimiz bugungi kunda qay darajada o‘z ifodasini ko‘rsatmoqda. Ma’naviy merosimizni yanada boyitish, asrab avaylash kabi masalalar haqida ham so‘z yuritilgan. Kalit so‘zlar: Qadriyat, umuminsoniy qadriyat, ma’naviyat, ma’naviy meros, ruhiy poklanish, dunyoqarash, jamiyat, Bedil, Amir Temur, Alisher Navoiy. Ma’naviyat sohasidagi dolzarb muammolar, xalqimiz ma’naviyatini asrash va yuksaltirish, ayniqsa, bolalar va biz yoshlarning qalbi va ongini turli zararli g‘oya va mafkuralardan asrashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Biz yosh avlodni o‘z yurtimizga muhabbat va sadoqat, milliy g‘urur, yuksak axloq va ma’naviyat, qadimiy va boy ma’naviy merosimiz,i milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz bilan faxrlanish ruhida tarbiyalash bugungi davrning dolzarb vazifalaridandir. Qadriyat haqida so‘z ketar ekan eng avvalo bu so‘z qanday tushuncha anglatishini bilib olishimiz kerak. Qadriyat-Voqealikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko‘rsatish uchun qo‘llanadigan tushuncha. Jamiyat, inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan barcha narsa, hodisa va voqealar: erkinlik, tenglik, ezgulik, tinchlik, haqiqat, marifat, madaniyat, moddiy va ma’naviy boyliklar, obida-yodgorliklar, go‘zallik, axloqiy xislat hamda fazilatlar, an’ana, urf-odat, udum va boshqalar hisoblanadi. Odamzotning yashashi, farzadlari hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, madaniy, ma’naviy va axloqiy sohalarga taalluqli bo‘lgan insoniyat va jamiyatga tegishli bo‘lgan qadriyatlar umuminsoniy qadriyatlar deb ataladi. Shunday ekan, umuminsoniy qadryatlarimizga kiruvchi ma’naviy meroslarimiz haqida quyidagilarni aytishimiz mumkin. O‘zimizdan bizgacha yetib kelgan barcha ma’naviy boyliklar, ma’naviy taraqqiyot mahsuli, inson aql-zakovati bilan yaratilgan, kelajak avlodni ezgu taraqqiyot sari yetaklash xususiyatiga ega bo‘lgan, kishilarning ongi va dunyoqarashining o‘sishi, olamni bilish va o‘zlashtirish borasidagi sa’y-harakatlariga kuch-quvvat beradigan ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan azaliy qadriyatlar majmui. Xalqimizning haqiqiy ma’naviy merosi bo‘lmish iymon, insof, mehr-oqibat, andisha, or- nomus, kattaga hurmat, kichikka izzat, mehmondo‘stlik, yurtga va xalqqa sadoqat kabi fazilatlarini asrab-avaylab, kelajak avlodning qon-qoniga singdirish, jamiyat kundalik hayotida doimo ustuvorlik kasb etishi to‘g‘risida so‘z ketar ekan, avvalambor, dindorlar, din peshvolari bilan yaqindan hamkorlikda, hamjihatlikda ish olib borish zaruriyati hisobga olinishi kerak bo‘ladi. Insonning ruhiy poklanishi, axloqiy tarbiyasi, el yurti tinchligini o‘ylashi, osoyishta faoliyat yuritishi va millatlar totuvligini saqlashi bilan bog‘liq qadriyatlarni ifodalovchi ma’naviy merosni o‘zlashtirishda din bilimdonlarining o‘rni yaqqol ko‘rinib turadi. O‘rta Osiyo xalqlarining ma’naviy va ma’rifiy qarashlari xalqimizning boy ma’naviy merosining ajralmas qismi sanaladi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va marifiy qarashlarida inson 135 va uning fazilatlari, ta’lim-tarbiya, axloq muammolari markaziy o‘rinni egallab keldi. Unda komil inson muammosi o‘ziga xos ravishda o‘z yechimini topganligini alohida takidlash lozim. Zeroki, komillik manaviyatning asosiy mezoni hisoblanadi. Bu fazilatni egallashga intilish har bir inson uchun muqaddas maqsaddir. Komil inson esa, vatan, millt, xalq manfaatlarini o‘z manfaatidan ustun qo‘yishga qodirdir. Ana shu fazilatga ega bo‘lgan kishilar mamlakatda qanchalik ko‘pchilikni tashkil qilsa, u yuksak darjada rivojlanadi. Diyorimiz xalqi qadim zamonlardan o‘zlariga ma’lum bo‘lgan insoniyat bilan hamfikr bo‘lib keldilar, yaqindan aloqa bog‘lab yashadilar. Bunga ko‘pdan-ko‘p misollar bor. Butun madaniy olamga taniqli olimlar va mutafakkirlar, ulug‘ ajdodlarimizning ijodiyoti o‘zining ulug‘vorligi va go‘zalligi bilan hozirgacha hammani lol qoldirgan ma’naviy merosni yetkazib berdi. O‘z bilimlarini ulashib biz yoshlarga ibrat bo‘lib qolgan ko‘plab ijodkorlarimiz Bedil, Muqimiy, Furqat, Avaz o‘tar, Zavqiy, Alisher Navoiy va boshqa ko‘plab ijodkorlarni aytishimiz mumkin. Shulardan Boburiylar davrida ijod qilgan taniqli o‘zbek shoiri, mutaffakiri Bedil o‘z asarlarida avvalo inson haqida mirishkor dehqon haqida alohida mehr, hurmat va extirom bilan gapiradi. U insonni irqiy, milliy, va diniy e'tiqodlaridan qati nazar hurmat va ehtiromga sazovor oliy zot deb biladi. "Bu haqida shunday deydi: “Har kimki, hazrati insonni sajdaga sazovor demasa, u malundir” Qanday ajoyib fikr. Ushbu fikr har qanday davr uchun ham adolatli va oliyjanobdir. Inson borliqning, olamning toji. Inson o‘z baxtini o‘zi yaratadigan zot deb qaraydi. Buyuk shaxs Amir Temur zamonida yozilgan asarlarni qunt bilan o‘qisak, o‘rgansak, uning ko‘p yaxshi xislatlari: to‘g‘rilik, muruvvatlilik, el-yurtga mehr-muhabbat va boshqalarni bilib olishimiz mumkin. Amir Temurda vatanni sevish, xalqni ulug‘lash, faxrlanish va g‘ururlanish singari oliy ma'

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy meroslarimiz haqida fikr yuritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada milliy qadriyatlarimiz va ma’naviy meroslarimiz haqida fikr yuritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Bedil, Qadriyat, Amir Temur, umuminsoniy qadriyat, dunyoqarash, ma’naviyat, jamiyat, ruhiy poklanish, ma’naviy meros, Alisher Navoiy.
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники