К содержанию
РецензированоUZ1990

Tibbiyot zuluk (hirudo medicinalis) larini laboratoriya sharoitida ko‘paytirish istiqbollari

SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH ISTIQBOLLARI · Xurramov Alisher Shukurovich · Bobokeldiyeva Lobar Abdusamatovna · Zamonova Zamira

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 1990

Аннотация

Ushbu maqolada tibbiyot zuluk (Hirudo medicinalis)larini laborotoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Kalit soʻzlar: tibbiyot zuluklar, kichik mikroiqlimli laboratoriya, g‘umbak, harorat, bonka, biogumus, girudin. Tibbiyot zulugi (Hirudo medicinalis) zuluklar (Hirudinea) kenja sinfiga oid halqali chuvalchanglar tipining tipik vakili hisoblanadi. H. medicinalis O‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobiga zaif, qisqarib borayotgan, mozaik tarqalgan tur sifatida kiritilgan [2]. Hozirgi vaqtgacha O‘zbekistonda tibbiyot zuluklari (H. medicinalis) ni ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan laboratoriyalar hozirgacha tashkil etilmagan. Shuningdek, ushbu turlarni sun‘iy laboratoriya sharoitida ko‘paytirish texnalogiyalari ham ishlab chiqilmagan. Hozirgi kunda sog‘liqni saqlash tizimida va atir-upa sanoatida tibbiyot zuluk (H. medicinalis)lari va ulardan olinadigan, insonlarda qon quyilishi natijasida kelib chiqadigan xavfli kasallik bo‘lgan insultning oldini olishda, har qanday jarroxlik amaliyotlarida ham eng samarali hisoblangan zuluklar so‘lak bezlaridan ishlab chiqariladigan girudin (gemafilin) moddasiga 255 bo‘lgan talab ortib bormoqda. Girudin tibbiyotda gipertoniyaning ba‘zi shakllari, jumladan, tromboflebit, miokard infarkti, stenokardiya, nevrit, radikulit, chipqon va boshqa kasalliklarni davolashda juda ham keng foydalaniladi. Hozirgi vaqtda ushbu maqsadlarda tibbiyot zuluk (H. medicinalis)laridan foydalanishda ularni xorijiy davlatlardan juda qimmat bo‘lgan narxlarda O‘zbekistonga import hisobiga kirib kelinadi. Bemorlar tomonidan foydalanishga yetib kelguncha yanada tannarxi oshadi. Ushbularni hisobga olgan holda tibbiyot zuluklari (H. medicinalis)ni sun‘iy laboratoriya sharoitida ko'paytirish nafaqat moddiy balki amaliy ahamiyatga ham ega hisoblanadi. Ushbu yo‘nalishdagi tadqiqotlarni olib borishning asosiy maqsadi tibbiyot zuluklari (H. medicinalis)ni O‘zbekistonda sun‘iy laboratoriya sharoitida ko‘paytirish, bu orqali tabiatdagi yovvoyi turlarini antropogen ta‘sirlardan himoya qilish, tabiatda mavjud turlarni muhofazaga olish hamda ularni tabiatda erkin holda ko‘paytirish chora tadbirlarini ishlab chiqishdan iborat hisoblanadi. Biz tadqiqot ishimizda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun Temiz davlat universiteti zoologiya kafedrasi qoshida tashkil etilgan ilmiy laboratoriyada tajriba ishlarini olib bordik. Tajribalarni olib borishda rus olimi G.I. Nikonovning Bankali yopiq sikl usulidan foydalandik [3]. Bunda turli o‘lchamlardagi bankalarni xona haroratida turgan suv bilan 75 % miqdorda to‘ldirdik. Bonkalarni suv bilan to‘ldirishda ochiq havoli qism qolishiga alohida e‘tibor berildi. Shundan so‘ng har bir bonka 10 tadan 15 tagacha tibbiyot zuluk (H. medicinalis)lari bilan to‘ldirildi. Bunga asosiy sabab zuluklar germofrodit hayvonlar bo‘lishiga qaramay ular o‘z-o‘zini urug‘lantira olmaydi. Bunda bir organizmning yetilgan urug‘ hujayralari ikkinchi organizmlarning tuxum hujayralari bilan qo‘shilishi orqali urug‘lanish sodir bo‘ladi. Shuning uchun ham suv va zuluklar bilan to‘ldirilgan bonkalar 49 kun davomida suvni yangilab turish orqali urug‘lantirish uchun qoldiriladi. Bunda xona harorati o‘rtacha 22-23 C °ni tashkil etishi lozim. Shuningdek, suvning tozaligi qattiq nazoratga olinishi shart hisoblanadi. Suv tarkibida ayniqsa Cl ning konsentratsiyasi normadan oshishi zuluklar hayotining xavf ostida 2 qolishiga va ularning o‘limiga ham olib keladi. Bundan tashqari havoning namlik darajasi o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi. Chunki havo namligining pasayishi zuluklar biologik faol hayoti uchun salbiy ta‘sir ko‘rsatadi. Shundan so‘ng urug‘lantirilgan zuluklar biogumus bilan to‘ldirilgan konteynerlarga ko‘paytirish uchun ko‘chirildi va 22-23 C° harorat, 50-60 % RH tuproq namligi 53 kun davomida ta‘minlandi. Olingan natijalarga ko‘ra zuluklar hona harorati o‘rtacha 22-23 C° da 49 kun davomida urug‘lantirishga va 53 kun davomida esa ko‘paytirishga qo‘yildi. Bundan tashqari havoning namlik darajasi o‘rtacha 50-60 % RH da bo‘lishi ta‘minlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, 10 ta tibbiyot zulugi (H. medicinalis)dan 14 ta g‘umbak olindi. Har bir pillalar 10 kun davomida hona harorati 30-35 C ° da nam tuproqqa qo‘yildi. Olingan natijalarga ko‘ra, har bitta olingan g‘umbakdan minimum 10 ta, maksimum 16 ta yosh zulukchalar olindi. Xulosa o‘rnida aytish lozimki tabiatda tibbiyot zuluk (H. medicinalis)lari bir marta nasl beradigan bo‘lsa, laboratoriya sharoitida esa ikki marta nasl olish imkonini beradi. Natijada esa biz ularni ham tabiatga qaytarish ham tibbiyot maqsadli foydalanish imkonini beradi. Ushbularni inobatga olib ularni laboratoriya sharoitida sun‘iy ko‘paytirish orqali tabiatga qaytarish, tur sifatida saqlab qolish imkoniyatini ta‘minlash barobarida tibbiyot maqsadlari uchun iqtisodiy arzon va havfsiz tibbiyot zuluk (H. medicinalis)larini yetkazib berish imkoniyati mavjud bo‘ladi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati 1. O‗zbekiston Respublikasi ―Qizil Kitobi‖, ― Chi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada tibbiyot zuluk (Hirudo medicinalis)larini laborotoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada tibbiyot zuluk (Hirudo medicinalis)larini laborotoriya sharoitida ko‘paytirish usullari bo‘yicha ma‘lumotlar keltirilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
harorat, bonka, g‘umbak, tibbiyot zuluklar, girudin, kichik mikroiqlimli laboratoriya, biogumus
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники