К содержанию
РецензированоUZ1931

Arslonquyruq-zamonaviy tibbiyot javohiri

ARSLONQUYRUQ-ZAMONAVIY TIBBIYOT JAVOHIRI · Jo‗raqulova Sabina Shermat qizi

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 1 · 1931

Аннотация

Arslonquyruq tabobatda keng ishlatiladigan bir yillik va ko‗p yillik dorivor o‗simlik. Bu o‗simlikning hozirda 14 ta turi ma‘lum. O‗rta Osiyoda 4 turi o‗sadi. Yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Damlama va nastoykasi tutqanoq, yurak tez urushi, asabiylikda tinchlantiruvchi vosita sifatida hamda ruxiy kasalliklarni davolashda ishlatiladi. Zamonaviy tibbiyotda eng ko‗p ishlatiladigan dorivor o‗simlik hisoblanadi. Kalit so‗zlar: arslonquyruq, Leonurus cardiaca, fitoterapiya, xalq tibbiyoti, sedativ giyohlar. Leonurus cardiaca autt fl. Ross. juda keng tarqalgan dorivor o‗simlik. Oʻrta Osiyoda dengiz sathidan 3500 m balandlikdagi uchraydi. Ushbu turkum vakillari poyasi bir nechta, tik o‗suvchi, shoxlangan, to‗rt qirrali. Barglari tuxumsimon bo‗lib, besh bo‗lakka qirqilgan, yuqoridagilari cho‗ziq ellipssimon, uch bo‗lakka qirqilgan bo‗lib, poyasi bilan shoxlarida bandi yordamida qarama-qarshi o‗rnashgan. Pushti yoki pushti-binafsha rangli, besh bo‗lakli, ikki uyli, gullari o‗simlikning yuqori qismidagi barglari qo‗ltig‗ida halqa shaklida joylashib, boshoqsimon to‗pgulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta, yong‗oqcha. Iyun-avgust oylarida gullaydi, mevasi iyul- sentyabrda pishib yetiladi. O‗simlik gullagan paytida poyasining yuqori qismi 30-40 sm uzunlikda yig‗ib olinib, soya joyda quritiladi. Terapevtik faollikda farq qilmaydigan o‗simliklarning ko‗p navlari mavjud. Ushbu vosita qadim zamonlardan beri ishlatilgan. Ayniqsa, rus xalq tabobatida keng qo‗llanilgan. Zamonaviy tibbiyotda arslonquyruq eng ko‗p ishlatiladigan dorivor o‗simliklardan biridir. O‗simlikning kimyoviy tarkibi: o‗simlikda alkaloidlar - leonurin, leonuridin, staxidrin, xolin, saponinlar, taninlar, achchiq moddalar, efir moylari, steroid va flavonoid glikozidlar, iridoidlar, rutin, quercetin, vitamin C, karotin kabi moddalar uchraydi. Ushbu dorivor o‗simlikda 19 xil aminokislotalar aniqlangan. O‗simlik urug‗larida lektin moddasi mavjud, K, Ca, Mo tuzlariga boydir. Xalq tibbiyotida arslonquyruq choyi asab kasalliklarida, uyquni keltiruvchi, yallig‗lanishga qarshi, terlatuvchi, surgi dori sifatida tavsiya etiladi. Bundan tashqari o‗simlik siydik pufagi kasalliklarida, yo‗tallarda, glaukomada ishlatiladi. Ilmiy tibbiyotda arslonquyruq asosan tinchlantiruvchi vosita sifatida gipertoniya kasalligida, nevrozlarda ishlatiladi. Boshqa giyohlar bilan birgalikda arslonquyruq depressiv holatlarni ham davolashda ishlatiladi. Uning kardioprotektiv immunomodulyator, og‗riqsizlantiruvchi xususiyatlari ham aniqlangan. Zamonaviy tojik xalq tabobatida arslonquyruq asabiy charchoq, isteriya, epilepsiya, yurak urishi, uyqu tabletkalari sifatida, yallig‗lanishga qarshi, diaforetik va laksatif vosita sifatida ishlatiladi. Belarusiyaning xalq tabobatida arslonquyruq qovuq, yo‗tal, og‗riqli kasalliklarni davolash, hayz ko‗rish, glaukoma, tonik sifatida ishlatiladi. 254 Zamonaviy tibbiyotda arslonquyruq gipertenziya, koronar arteriya kasalliklarini davolashda keng qo‗llaniladi. Boshqa o‗tlar bilan hosil qilingan to‗plamlarda arslonquyruq depressiyani davolashda muvaffaqiyatli qo‗llanilgan. Ta'kidlanishicha, arslonquyruqning tinchlantiruvchi xususiyatlari valeriandan 2 marta ustundir. O‗simlikning moyli ekstraktlari anksiyolitik ta'sirga ega. Eksperimental tadqiqotlar shuni ko‗rsatdiki, 500 mg / kg dozada arslonquyruq o‗tining og‗riq qoldiruvchi xususiyatlari borligini ko‗rsatdi. O‗simlik past toksiklikka ega, ammo uni ehtiyotkorlik bilan past qon bosimi va bradikardiyada ishlatish kerak. Shunday qilib ushbu ishimizning asosiy mazmuni arslonquyruq o‗simligining tarkibini hamda uning farmakologik xususiyatlarini yanada chuqurroq o‗rganishni talab etmoqda. Ushbu o‗simligimizning yurtimizda yurak qon-tomir kasalliklari hamda uyqusizlikka chalingan bemorlar soni aholi tarkibining ancha ko‗p miqdorini egallagan. Bu o‗simlik esa aynan shu kabi kasalliklarning oldini olish uchun qo‗llaniladigan dorivor o‗simlik hisoblanadi. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Abduraimov O.C., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E., Erdonov Sh.―Turkiston tog‗ tizmasida tarqalgan Elwendia Boiss (Apiaceae) turkumi turlari‖. http://mamaun.uz/uz/page/56 2. Abduraimov O.C., Narxadjayeva A., Maxmudov A.B., Mamatqulova I.E ―O‗zbekiston florasidagi madaniy o‗simliklar yovvoyi ajdodlarining ozuqabob turlari‖ 3. Амасиацы Амирдовлат Ненужное для неучей М., Наука 1990. 4. Арушанян Э.Б., Ованесов К.Б., Щуровская И.Ю. Влияние грандаксина и настойки пустырника на тревожность и световосприятие у молодых людей – Психофарм. и биол. Наркология – 2004, 1, 608-611. 5. https://fayllar.org/osimlik-toqimalaridan-dnk-ni-ajratib-olish.html TIBBIYOT ZULUK (HIRUDO MEDICINALIS) LARINI LABORATORIYA SHAROITIDA KO‘PAYTIRISH ISTIQBOLLARI Xurramov Alisher Shukurovich Biologiya fanlari doktori (DSc), TerDU, Surxondaryo viloyati Bobokeldiyeva Lobar Abdusamatovna Biologiya fanlari falsafa doktori (PhD), TerDU, Surxondaryo viloyati Zamonova Zamira Biologiya 4 bosqich talabasi, TerDU, Surxondaryo viloyati Annot

Доказательный фрагмент

«Arslonquyruq tabobatda keng ishlatiladigan bir yillik va ko‗p yillik dorivor o‗simlik.»

Образец извлечения

Демо-превью

Arslonquyruq tabobatda keng ishlatiladigan bir yillik va ko‗p yillik dorivor o‗simlik. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Leonurus cardiaca, fitoterapiya, xalq tibbiyoti, sedativ giyohlar, arslonquyruq
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники