К содержанию
РецензированоUZ2017

JAZONI IJRO ETISH MUASSASALARIDA MAHKUMLARNING MUROJAATLARI BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

BILAN ISHLASHNI TAKOMILLASHTIRISH · Nasirov Izzatilla Sunnat o‘g‘li · O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi · To‘rayev Qodir Tohir o‘g‘li

Общественные науки в современном мире: теоретические и практические исследования · 2017

Аннотация

Maqolada ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning murojaat qilish huquqlari va ularni ko‘rib chiqishda vakolatli shaxslarning majburiyatlari hamda mahkumlar, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan qamoqqa olingan shaxslarning huquqlari va ularning murojaat qilish imkoniyatlari, ijro etuvchi organlarning oldida turgan dolzarb vazifalari to‘g‘risida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: Ariza, taklif, shikoyat, murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari, ochiqlik va shaffoflik. Har bir shaxs o‘z hayoti davomida huquqlaridan foydalanib shaxsiy muammolarini hal qilib keladi. Ayniqsa, siyosiy huquqlarning amalga oshirilishi jamiyat va davlatning iqtisodiy- ijtimoiy rivojlanishi, qolaversa, fuqarolarning turmush tarzini yengillashtirishga olib keladi. O‘zbekistonda mahkumlarning huquq, erkinlik va boshqa qonuniy manfaatlarining ta’minlanishiga xizmat qiladigan bir qator normativ-huquqiy hujjatlar [1], O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 11-sentyabrdagi “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-445-son qonuni [2], jumladan, O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 30- iyundagi O‘zbekiston Respublikasining jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘RQ-625-son qonuni [3], O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 2-apreldagi “Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5050-son [4] qarorlari hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-martdagi “Ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq jazolarni ijro etish muassasalarining faoliyati samaradorligini ta’minlash bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 128-son [5] qarori bu kabi normalar ko‘p chiqarilgan bo‘lib, ularda mahkumlar huquqlarini amalga oshirilish belgilangan. Bunda bevosita davlat organlari va mansabdor shaxslar masuldir. Biroq, barcha fuqarolar o‘zining huquqlaridan to‘liq foydalana olmaydi. Bunga bir qancha sabablar bo‘lishi mumkin: huquqiy bilimning yetishmasligi, siyosiy yangiliklar va qonunchilikdagi o‘zgarishlarni bilmaslik va boshqalar. Erkinlikda yurgan shaxs huquq va erkinliklari ro‘yobga chiqarishda muammolarga duch kelmasligi mumkin, lekin ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar bu borada bir qancha cheklanishlarga duch kelishi mumkin. Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinayotgan mahkumlarni ijtimoiy reabilitatsiyasi va adaptatsiyasini amalga oshirish masalasi ham alohida o‘rin egallaydi. Jinoyat-ijroiya qonunchiligiga muvofiq ozodlikdan mahrum qilingan shaxslar amaldagi qonunchilikda belgilangan istisno hamda cheklashlarni inobatga olgan holda, O’zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun nazarda tutilgan huquqlar, erkinliklarga ega bo’lishlari va 99 majburiyatlarni bajarishlari belgilangan [6]. “Inson huquqlarini ta’minlash masalasi shaxs ozodlikda yoki jazoni o‘tashidan qat’i nazar, o‘z dolzarbligini yo‘qotmaydi. Mahkumlar va mahkumlar ham qonun bilan belgilangan muayyan huquqlarga ega”[7]. Masalan, mahkumlar jazoni ijro etish muassasalarida jazoni o’tash mobaynida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 9-moddasiga muvofiq quyidagi huquqlarga ega bo’ladi:  “Jazoni o‘tash tartibi va shartlari to‘g‘risida, o‘z huquqlari va majburiyatlari haqida axborot olish;  jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ ma’muriyatiga, boshqa davlat organlari va jamoat birlashmalariga o‘z ona tilida yoki boshqa tilda taklif, ariza va shikoyatlar bilan murojaat etish;  o‘z taklif, ariza va shikoyatlariga murojaat etilgan tilda javob olish. Murojaat etilgan tilda javob berishning iloji bo‘lmagan taqdirda javob O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida beriladi. Javobni intizomiy qismga jo‘natish va ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxs murojaat etgan tilga tarjima qilib berish jazoni ijro etuvchi muassasa yoki organ tomonidan ta’minlanadi;  O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga va xalqaro shartnomalariga muvofiq, agar davlatning huquqiy himoyaga doir barcha ichki vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, insonning huquq va erkinliklarini himoya qiluvchi xalqaro organlarga murojaat etish;  tushuntirish berish hamda yozishmalar olib borish, zarur hollarda tarjimonning shu jumladan surdo tarjimonning xizmatidan foydalanish;  o‘quv, badiiy va boshqa xil axborot materiallaridan foydalanish;  sog‘lig‘ini saqlash, shu jumladan tibbiy xulosaga ko‘ra ambulatoriya-poliklinika va statsionar sharoitda tibbiy yordam olish;  ob-havo sharoiti yo‘l qo‘ysa, ishdan bo‘sh vaqtida toza havoda jismoniy mashqlar bilan shug‘ullanish;  jazoni ijro etish muassasasining psixologik xizmat ko‘rsatish xodimlari tomonidan ko‘rsatiladigan psixologik yordamni olish. Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslarning psixologik yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq tadbirlarda ishtirok etishi faqat ularning roziligi bilan amalga

Доказательный фрагмент

«Maqolada ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning murojaat qilish huquqlari va ularni ko‘rib chiqishda vakolatli shaxslarning majburiyatlari hamda mahkumlar, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan qamoqqa olingan shaxslar…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarning murojaat qilish huquqlari va ularni ko‘rib chiqishda vakolatli shaxslarning majburiyatlari hamda mahkumlar, jinoyat sodir etishda ayblanayotgan qamoqqa olingan shaxslar… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
shikoyat, ochiqlik va shaffoflik., Ariza, taklif, murojaatni ko‘rib chiqish muddatlari
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники