Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar (jizzax viloyati misolida)
Boltayeva Mohichexra Jamshid qizi
Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 2021
Аннотация
Maqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar o‗rganiladi. Jahon tajribasidagi iqtisodiy o‗sishlar va pasayishlar tarixini o‗rganar ekanmiz, dunyoning eng rivojlangan davlatlarining iqtisodiyotining poydevori bu kichik biznesdir. Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish o‗z –o‗zidan undagi imkoniyatlarning ortishiga olib keladi. Lekin xar doim ham natijalarga erishish to‗siqlarsiz bo‗lmaydi. Kalit so‗zlar: tadbirkorlik, kichik biznes, investitsiya, bandlik, korhonalar, Jizzax viloyati. So‗nggi yillarda O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, tadbirkorlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish uchun ko‗plab islohotlar amalga oshirildi. Bu esa kichik biznes, xususiy tadbirkorlik sohalarida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarni yanada jadallashtirish, buning uchun esa sohani yanada kengroq, turli aspektlarda tadqiq etish imkonini berdi. Unga muvofiq soha rivojiga to‗siq bo‗luvchi barcha cheklovlarni bartaraf etish, sohaga to‗liq erkinlik berish bo‗yicha ustuvor yo‗nalishlar belgilab berildi hamda nazariy asoslari yaratildi. Bu esa O‗zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning shakllanishi va rivojlanish bosqichlarini tarixiy nuqtai-nazardan ilmiy tadqiq etish, olib borilgan tadqiqotlarni tarixshunoslik nuqtai nazaridan tahlil etish imkonini berdi. Yaqin o‗tmishga nazar tashlar ekanmiz, xar doim ham bu sohadagi faoliyatlarning silliq kechmaganligini anglash mumkin. Mustaqillikning datslabki yillaridayoq O‗zbekiston Respublikasida nafaqat siyosiy balki, iqtisodiy mustaqillikni mustahkamlash yo‗lida xarakatlar boshlandi. Albatta, yosh davlat sifatida O‗zbekiston iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida to‗laqonli o‗z-o‗zini moliyalash imkoniyatiga ega emas edi. Shunday bir paytda tadbirkorlikni qo‗llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun eng oqilona yo‗l bu xorijiy investitsiyalar edi. Yosh davlat iqtisodiyotiga xorijiy investorlar o‗z mablag‗larini tikishga va ―tavakkal‖ qilishga xaddilari sig‗magan. Respublikadagi xar bir hududning iqtisodiy va ijtimoiy imkoniyatlari o‗zgachadir. Lekin viloyatlar orasida o‗zining qulay geografik va turistik imkoniyatlariga ega Jizzax viloyati azal-azaldan tadbirkorlikning qulay nuqtalaridan biridir. Jizzax viloyati Buyuk Ipak yo‗lining chorrahasida joylashgan savdo shaxobchalaridan biri ekanligi tufayli viloyat aholisida mayda tadbirkorlik va savdo-sotiqqa bo‗lgan qiziqishning ijobiy ekanligini anglash mumkin. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq viloyatdagi kichik korhonalarning ijobiy o‗sish dinamikasi ham buning yaqqol isbotidir. Birgina misol, Jizzax davlat arxivi ma‘lumotlariga ko‗ra viloyatda 1991-1992 yillarning o‗zidayoq 27 ta kichik korhona bo‗lgan bo‗lsa, shulardan 7 tasi xorijiy qo‗shma korhonalar edi[4]. Kichik biznesga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi mustaqillikning dastlabki yillaridagi muammolarni o‗rganar ekanmiz, muammolar davriylik nuqtai nazardan turlicha ekanligini anglash mumkin. Shu nuqtai nazardan sohadagi muammolarni quyidagilardan iborat: -xorijiy investorlar tomonidan yosh davlat iqtisodiyotiga bo‗lgan xadiksirash; -qonunchilikdagi xorijiy investorlarning huquqlari va majburiyatlarini to‗laqonli ximoya qilinmaganligi; -iqtisodiyotda ishlab chiqariluvchi mahsulotlarning ro‗yhatining tor doirada ekanligi; 541 -qo‗shma korhonani ochishdagi qog‗ozbozliklar va rasmiylarning ruhsati uchun uzoq navbat kutishlar; -korhonalarga bo‗lgan imtiyozlarning domiy emasligi, iqtisodiy vaziyatdagi qiyinchiliklarda ko‗proq mahalliy korhonalarning manfaatlari ko‗proq hisobga olinganligi; -mustaqillikning dastlabki 10-15 yilligidagi xorijlik investorlarning sud orqali shikoyatlarida doimiy ravishda ko‗rib chiqish rad etilganligi; - kichik biznes bo‗yicha xorijiy investorlarga berilgan imkoniyatlarning amalga oshiruvchi mexanizmning faoliyatining sustligi; -korhonalarning faoliyat turlarini qonunchilik asosida cheklab qo‗yilganligi; -Muntazam tekshiruvlar va byurokratik to‗siqlar; Mamlakat mustaqillik yillarida ishbilarmonlik va investitsion muhitning xalqaro parametrlari doirasida ―Iqtisodiy erkinlik indeksi‖, ―Korruptsiyaga qarshi kurashish indeksi‖, ―Logistika effektivligi indeksi‖, ―Insoniyat taraqqiyoti indeksi‖, ―Global raqobatbardoshlik indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlari xususiy mulk himoyasi indeksi‖, ―Dunyo mamlakatlarini xalqaro savdoga jalb qilish indeksi‖ larida umuman ishtirok etmadi. Ma‘lumolarga ko‗ra, xalqaro investitsion muhit jozibadorligi doirasida «Fitch Ratings, Moodys, Standart & Poors» xalqaro tashkilotlari reytingida umuman ishtirok etmayotgan bo‗lsa, Konsensus «OESR va SOFACE» da quyi o‗rinlarni egallab kelmoqda, bu, shubhasiz mamlakatimizda tadbirkorlar uchun imkoniyatlarni yaratib berishda hali ko‗plab muammolar borligini anglatadi[1]. 1994 yildagi xalqaro ―Investitsiya indeksi‖ guruhining bahosiga ko‗ra, respublikamiz xorijiy investitsiyalarni jalb qil
Доказательный фрагмент
«Maqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar o‗rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada mustaqillik yillarida respublikaning markaz viloyatlaridan biri Jizzax viloyatidagi kichik biznes va unga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi muammolar o‗rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kichik biznes, tadbirkorlik, bandlik, Jizzax viloyati, korhonalar, investitsiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
МонографииK.J.Murodov2026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025