К содержанию
РецензированоUZ2026

AMIRIY LIRIKASIDA NAVOIYGA MUXAMMASLAR

Dilmurod Asqarov · O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan. Amiriy muxammaslarini yaratishda ustoz salaflari Lutfiy, Fuzuliy, Jomiy, Navoiy g’azallaridan unumli foydalangan. Muxammas shakllarining har ikki turida ijod qilgan Amiriyning taxmislari badiiy jihatdan yetuk namunalar hisoblanadi. Navoiy g’azallariga bog’langan tazmin muxammaslarning vazn, qofiya, badiiy san’at jihatidan tahlillari asosida muxammasnavislik mahorati ochib berilgan. Tayanch so‘z va iboralar: adabiy muhit, o’zbek adabiyoti, mumtoz adabiyot, badiiy ijod, musammat, muxammas, obraz, ifoda usuli, vazn, qofiya, band. Qo‘qon adabiy muhiti o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixining alohida bosqichini tashkil etadi. Uning vujudga kelishi, rivojlanishi va yaxlit bir adabiy muhit darajasiga ko‘tarilishi Qo‘qon xoni Amir Umarxon nomi bilan bog‘liq. Ma’lumki, o‘zbek adabiyoti tarixini “saroy adabiyoti”dan ajratib olib tasavvur qilish mumkin emas. Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Munis, Ogahiy, Uvaysiy, Nodira kabi o‘zbek so‘z san’atining zabardast namoyandalari ijodi bevosita saroy muhiti bilan bog‘liq bo‘lgan edi. Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur, Ubaydiy, Feruz kabi hukmdorlar o‘zlari badiiy ijod bilan Shug‘ullanibgina qolmay, fan, madaniyat va adabiyot taraqqiyotiga homiylik qilganlar. O‘zbek mumtoz adabiyotining asosiy qismi saroyda va unga bog‘liq holda yaratilgan. Qo‘qon adabiy muhiti shoirlari o’zlariga ustoz deb bilgan ulug’ salafi hazrat Navoiyning ijod mahsullaridan ta’sirlanganlar. Bu ta’sirni Qo’qon adabiy muhiti vakillari asarlarining mavzu doirasi, obrazlar sistemasi, fikrni bayon etish usuli kabi shakllarida ko’ramiz. Salafi g‘azallariga bog‘langan tatabbular, tazminlar va muxammaslar esa qo‘qonlik ijodkorlarning ustoziga muhabbati hamda ustoz maktabidan o‘rganish, she’r yozishda mahorat qozonish omilidir. “Muxammas bog’lash shoir ijodiy doirasining kengayishiga, o‘tmishdagi ilg’or shoirlar ijodi bilan qiziqishning oshishiga, ular qoldirgan ijodiy tradisiyani egallashga va ularning ilg’or fikrlarini xalqqa yetkazishga xizmat qilgan”. [5.89] “Hech qayerda muxammaschilikka berilish Xorazmdagichalik ko’zga tashlanmaydi”,[7.45]- deb yozgan edi navoiyshunos olim A.Hayitmetov. Bu jihatdan Amiriy boshchiligidagi Qo’qon adabiy muhiti vakillari ham sira kam emasligini, bu muhitda ham muxammasnavislik yuksak bir cho’qqiga chiqqanligini ham e’tirof etish kerak. V.Mo’minova so’zlari bilan aytganda, “klassik shoirlar muxammas janriga o’zlarining eng yaxshi g’oyalarini singdirish bilan birga, bu davrda yuz bergan voqea-hodisalardan olgan o’z taassurotlarini g’azalga nisbatan chuqurroq ifodalaganlar”. [3.127] Shuni ham nazardan soqit qilmaslik kerakki, “Navoiyga muxammas bog’lash jiddiy va mas’uliyatli ish. Chunki Navoiyga muxammas bog’lagan shoir o’zi qo’shgan satrlarida Navoiy darajasida fikr, mazmun chuqurligiga erishishi, badiiy tasvir sohasida ham unga yaqinlashishi kerak”. [6.14] “Majmuai shoiron”da Navoiyga izdoshlik yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu buyuk shoir g‘azallariga bog’langan muxammaslar va tatabbularda ko’rinadi. Tazkirada Amiriyning Navoiy 87 g‘azaliga bog’langan bir muxammasi bor. Ushbu taxmis haqida amiriyshunos olima Z.Qobilova o’zining nomzodlik dissertasiyasida1 qisman to’xtalib o’tganlar. Qo‘qon adabiy muhitida muxammas yozish ham nihoyatda rivojlangan. Shoirlar Amiriy va bir-birlarining g‘azallariga ham, Lutfiy, Navoiy, Fuzuliy kabi buyuk salaflarining g‘azallariga ham ko‘plab taxmislar bog‘laganlar, ayni paytda, mustaqil muxammaslar ham ijod qilganlar. Amiriy, Nodira, Uvaysiy, Mahzuna, Muznib, Fazliy, Nola, Xotif, Ma’yus, Ramziy, Kiromiy, Shavqiy, Sharifiy, Nozik, Jaloliy kabi deyarli barcha shoirlar ijodida muxammas namunalariga duch kelish mumkin. Masalan, Amiriyning o‘zi Navoiyning 24 g‘azaliga taxmis bog‘lagan, Shuningdek, Kamol, Lutfiy, Jomiy, Fuzuliy, Bedil, Zaliliy, Nobiy g‘azallariga muxammaslar yozgan. O‘zining alohida muxammaslari bilan qo‘shib hisoblaganda shoir devonida jami 60 ta muxammas mavjud. Alisher Navoiyning to‘rt devonni o‘z ichiga olgan “Xazoyin ul-maoniy” sida 10 ta muxammas mavjudligini hisobga olsak, Amiriy ijodida va Qo‘qon adabiy muhitida muxammas janrining qanchalik katta o‘rin tutgani o‘z-o‘zidan ayon bo‘ladi. Navoiy va Fuzuliy g‘azallariga Uvaysiy, Nodira, Ramziy, Kiromiy, Ma’yus, Xotif va boshqa shoirlar ham ko‘plab muxammaslar bog‘laganlar. Amiriy Navoiyning “Ko’lum o’rtansun, agar g’ayringga parvo aylasa”, “Sahldur to’bo demak, ra’no niholingni ko’rub”, “Lolazor ermaski, ohimdan jahonga tushdi o’t”, “Botqali xoki tanimg’a novaki ishqing kushoq”, “O’yla hijron toshlarin yog’durda charxi tezgard”, “Yo’q damekim furqati jonimg’a bedod aylamas”, “Muhabbat shevasining lozimi ajzu niyoz ermish”, “Ko’ngullar quti shirin dostoning”, “Bo’ldi qotil ko’z bila zulfi siyahkori aning”, “vah, nadur maydonda har dam azmi javlon aylamak?!”, “Donayi xoling bila ko’nglum qushin qom aylading”, “G’am xazoni zohir etmish chehrayi zardim mening”, “Ohi

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Qo’qon adabiy muhiti ijodkorlari, xususan, Amiriy ijodida muxammas adabiy shaklining o’rni ochib berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
mumtoz adabiyot, muxammas, qofiya, musammat, obraz, band., adabiy muhit, ifoda usuli, vazn, o’zbek adabiyoti, badiiy ijod
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники