К содержанию
РецензированоUZ1975

Shomon marosimi morfologiyasiga doir

DOLZARB MASALALARI · Olim Qayumov · Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat

Современные инновационные исследования актуальные проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы · 1975

Аннотация

ushbu maqolada o‗zbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari ko‗rib chiqiladi. Oʻzbek shomanlarining etnofolkloristik jihati ―Surpa yangilash‖ga bagʻishlash anʼanalarining alohida shakli sifatida oʻrganildi. Yangi dala materiallari asosida inisiatsiya marosimlarining turlari, oʻzbek shomanlarining shaman homiylari oʻrganilgan. Marosimning morfologik tabiati, nutqiy jihatlari, shuningdek, badiiy tafakkurning bosqichma-bosqich rivojlanishidagi roli haqida fikr-mulohazalar bildiriladi. Kalit so‗zlar: marosim, shaman, ektaz, Surpa, shaman homiysi. Shomon marosimlari o‗zining mazmun mohiyati bilan badiiy tafakkurning betakror in‘ikosi sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Turkiy qavmlarning shomoniylik e‘tiqodi rus olimlari tomonidan o‗rganilgan [Chistov K.V. 1975; Zaliznyak A.A., Ivanov Vyach. V.S., Toporov V.N. 1962; Bogatirev P.G. 1971.; Gracheva G.N. 1983: Gemuyev I.N., Sagalayev A.M. 1986;] Meletinskiy Y.M.1970; Meletinskiy Ye.M. 1972; Smolyak A.V. 1976; Tokarev S.A. 1959;). Tokarev S.A. 1964; Toporov V.N. 1987.] P.G.Bogatirov tadqiqotida Sibir shomonlari marosim jarayonini ―bir kishilik teatr‖ deb atagan [Bogatiryev P.G/.1971s.192.] bo‗lsa, Sibir shomonlari marosimi folklorining taniqli tadqiqotchisi Y.S.Novik shomon marosimi koinotning drammatik tarifi sifatida‖ [Novik ye.S.1973.s.2025.] nomli maqolasini e‘lon qilgandi. Maqolada tadqiqotchi marosimga semiotik yondashib, marosimni etnografiya va e‘tiqodni bog‗lovchi matn degan xulosaga keladi. Haqiqatdan ham shomon marosimlarida so‗z san‘ati bilan bir qatorda raqs, harakat, ishora, musiqa, rasm va haykalchalar, marosim taomlari, shomon marosimi uchun zarur predmetlardan foydalananiladi. Elshunoslar tomonidan shomon marosimlari jarayoni va detallari atroflicha o‗rganilgan. Ilohlar bilan ruhiy bog‗lanishga qaratilgan bunday marosimlarning ta‘sirida xalq dramasi shakllangan bo‗lishi mumkin. Shomon marosimlari dramatik asarni maydonga kelishiga asos bo‗lgan degan fikrni Y.S. Novik olg‗a suradi. Olimaning fikriga tayangan holda masalaga yondoshadigan bo‗lsak, o‗zga olam vakillarining g‗ayri tabiiy ko‗magi ular tomonidan tanlangan kishilargagina tegadi. Demak, san‘at sohasidagi iqtidorli noyob iste‘dod egalari g‗ayb olami vakillari tomonidan tanlangan va ularning madadidan foylanishi borasidagi xalq qarashlari, so‗z san‘ati, musiqa san‘ati raqs va boshqa san‘atning ko‗pgina turlari ajdodlarimizning shomoniy qarashlari, ruhlar va g‗ayb olami vakillari to‗g‗risidagi e‘tiqodiy qarashlari natijasida maydonga kelgan degan xulosaga kelamiz. Musiqa san‘ati bilan shug‗ullanadigan aksariyat san‘at ustalari bilan yaqindan tanishsangiz ularning ―orqasi bor‖ligini sezish qiyin emas. Buryat xalqida qo‗shiq ruhi duun ko‗kdan yerga tushib odamlarni qo‗shiq kuylashga majburlaydi. Odamlar qo‗shiqni shu qadar berilib kuylarkanki, oqibatda shomonning trans holatiga tusharkan. [Bolxosev S.B.2005. S.196.] Homiy ruhlarning madadi bilan ular boshqalar ijro qilaolmaydigan avj nuqtada ashula ijro etadilar yoki boshqalar eplay olmaydigan tezlik va chaqqonlikda raqs harakatlarini bajaradilar. Umuman, ijodiyot, xayolot, betakror tasvirlar yaratish muayyan san‘at turiga kiradi. Uning ibtidosi shomoniylik e‘tiqodi bilan bog‗liqligini inobatga olsak, shomon folklorini o‗rganish ma‘naviyatimiz mohiyati va tafakkurimiz taraqqiyoti uchun nechog‗li muhim ahamiyat kasb etishini anglaymiz. 523 O‗zbek xalqida har bir kasb-hunarning piri bor degan qarash mavjud. Masalan, Hazrati Dovud alayhissalom temirchilarning piri, Hazrati Nuh alayhissalom duradgorlarning piri, Hazrati Yusuf asalarichilarning piri sanaladi. Demak, kasbni egallashda piriga atab qurbonlik berish, pirini yod etish an‘anasi Shomoniylikka xosdir. Qozoqlarda Korkut ota hofizlar va shomonlar piri sanalishi V.N.Basilov tomonidan qayd etilgan edi. [Basilov V.N.1970S.41] Shomon o‗z pirlari ruhidan madad oladi. Pirlar ruhi vositasida o‗z faoliyatini amalga oshiradi. Shomon marosimini bir butunlikda o‗rganadigan bo‗lsak, shomonning ruhlar olamiga ramziy sayohat qilishining guvohi bo‗lamiz. Shomonning raqsga tushushi, kuylashi, g‗alati harakatlar qilishi, yiqilib qolishi va yana joyidan turishi, ekstaz holatda ruhlar bilan gaplashishi, marosim ishtirokchilarining shomon bilan bir xil muhitda uni kuzatishi haqiqiy teatr sahnasini eslatadi. Qizig‗i shundaki, teatr tomoshosida aktyor voqelikning kechinmalari qorishig‗ida bo‗lishi mumkin, ammo tomoshobinlarning hammasi ham bunday kechinmani boshidan kechirgandek samimiy qabul qilmaydi. Shomon marosimlari ishtirokchilarining barchasi ruhan shomonga ergashadi. 2006-yilda Jang‗il baxshi Axmedova xonadonida ―Momo oshi‖ marosimini kuzatganimizda ishtirokchilar marosim boshida xonaning yuqorisiga qarab ―Assalomu alaykum, xush kelibsiz‖ deb takrorlashdi. Keyin shomon doirasini chalib hasbu holini bayon qildi. Kutilmaganda doiraning ritmi tezlashdi va yig‗ilgan ayollar birdan o‗rinlaridan turib, jazavaga tusha boshlad

Доказательный фрагмент

«ushbu maqolada o‗zbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari ko‗rib chiqiladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

ushbu maqolada o‗zbek urf-odatlari folkloridagi shamanlik inisiatsiya marosimining xususiyatlari, shamanlik urf-odatlari va uning nutqiy xususiyatlari ko‗rib chiqiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ektaz, Surpa, marosim, shaman homiysi, shaman
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники