К содержанию
РецензированоUZ2026

TALABALARNI ONA TILI DARSLARIDA DIVERGENT TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH MUAMMO SIFATIDA

SHAKLLANTIRISH MUAMMO SIFATIDA · Adizova Nigora Baxtiyorovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

Maqolada ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iboratligi ta’kidlab o‘tildi. Kalit so‘zlar: divergent, intellektual, diqqat, idrok, assotsiatsiyalar jarayoni, tafakkur, reproduktiv, ijodiy fikrlash. Hozirgi ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Uning vazifasi faol bilish jarayoniga undash va tafakkurda ilmiy-tadqiqot uslubini shakllantirishdir. Muammoli o‘qitish ijodiy faol shaxs tarbiyasi maqsadlariga mos keladi. Pedagogik adabiyotlarda muammoli o‘qitishning turli ta’rif va tavsiflari bor. Muammoli o‘qitishning mohiyati muammoli vaziyatni vujudga keltirish orqali yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishdan iborat. Muammoli vaziyat muayyan pedagogik vositalarda maqsadga muvofiq tashkil etiladigan o‘ziga xos o‘qitish sharoitida yuzaga keladi. Shuningdek, o‘rganilgan mavzular hususiyatlaridan kelib chiqib, bunday vaziyatlarni yaratishning maxsus usullarini ishlab chiqish zarur. Shunday qilib, o‘qitishda muammoli vaziyat shunchaki “fikr yo‘lidagi kutilmagan to‘siq” bilan bog‘langan aqliy mashaqqat xolati emas. U bilish maqsadlari maxsus taqozo qilgan aqliy taranglik xolatidir. Bunday vaziyat negizida avval o‘zlashtirilgan bilimlar va yangi yuzaga kelgan vazifani hal qilish uchun aqliy va amaliy harakat usullari yotadi. Muammoli ta’lim talabalarning aqliy harakatlarida tayyor aqliy mashqdan foydalanishida yordam beradi. Muammoli ta’lim o‘qituvchidan talabalarning sistematik suratda bilish harakatlarini keltirib chiqaradigan muayyan harakatlarni talab qiladi. Bu harakatlar yangi tushunchaning mohiyatini ochib beruvchi usulni mustaqil o‘rganishi bilan xarakterlanadi. Muammoli ta’lim bilan an’anaviy ta’lim orasidagi farqni bir ikki holatda ko‘ramiz. Ular asosan maqsad va pedagogik prosessni tashkil qilish tamoyillariga ko‘ra farq qiladi. Tarkib topayotgan ta’lim tipining maqsadi – ilmiy bilish natijalarini o‘zlashtirish o‘quvchilarni fan asoslari bilan qurollantirish hamda ularda tegishli ko‘nikma va malakalarni hosil qilishdir. Muammoli ta’limning maqsadi ilmiy bilish, bilimlar sistemasi natijalarini o‘zlashtirishgina emas, balki bu jarayon natijalariga erishish yo‘lini ham o‘zlashtirishdir. O‘quvchining mustaqil bilishini shakllantirish hamda uning ijodiy qobiliyatini o‘stirishdir. “O‘qituvchi tomonidan tashkil qilinadigan izohli-illyustrativ ta’lim asosida o‘quvchilarga fandagi tayyor xulosalarni berish yotadi.”1 Muammoli ta’limni tashkil qilish asosida o‘quvchining mustaqil bilishini hsakllantirish hamda uning ijodiy qobiliyatini o‘stirishdir. Izohli ta’limda o‘quvchilarning izlanishli faoliyat elementlari ayniqsa predmet mazmunining o‘zi masalani yechishni kuzatishni umumlashtirishni nazarda tutadigan tabiiy 1 Maxmutov M. Maktabda problemali ta’limni tashkil qilish. T. “O’qituvchi”, 1981, 18-bet. 99 matematika sinfidagi predmetlarni o‘rganishda istisno qilinmaydi. Biroq o‘qituvchitomonidan fandagi tayyor xulosalarni o‘quvchilarga yetkazish, xususan ijtimoiy sikldagi predmetlarda ustunlik qiladi. Muammoli ta’limda ham reproduktiv faoliyatni talab qiladigan masala va topshiriqlarni o‘qituvchi tushuntirib berishi va uni o‘quvchi tomonidan bajarilishi istisno qilinmaydi. Biroq tabiiy-matematika sikli predmetlarida izlanishli faoliyat tamoyili ayniqsa ustunlikka ega. Shunday qilib o‘quv jarayonini tashkil qilish xarakteri muammoli ta’limning izohli ta’limdan farqi negizida qurilgan. Izohli ta’limda o‘qituvchi dalillarni o‘zi bayon qiladi, o‘zi ularni tahlil qiladi va yangi tushunchakarning mohiyatini tushuntiradi. Yangi teoremalar, qoidalar, qonunlarni aniqlashni o‘zi ta’riflaydi. Ko‘rinib turibdiki, bu yerda muammoli vaziyatlar yo‘q. Bunda talabalar o‘qituvchining tushuntirganlarini tinglaydilar va idrok etadilar hamda yangi bilimlarni esda qoldirish yo‘li bilan yangi harakatlarni esa o‘qituvchi harakatiga taqlid qilish yo‘li bilan o‘zlashtiradilar. Muammoli ta’limda o‘qituvchi faoliyati shundan iboratki, u zarur hollarda eng murakkab tushunchalar mazmunini tushuntira borib muntazam ravishda muammoli vaziyatlar vujudga keltiradi, o‘quvchilarni dalillardan xabardor qiladi va ularning o‘quv bilish faoliyatini hsunday tashkil qiladiki, bunda o‘quvchilar dalillarni analiz qilish asosida mustaqil ravishda xulosa va umumlashmalar qonunlarni aniqlab ifoda qilishni yoki ma’lum bilimlarni yangi vaziyatlarda mustaqil qo‘llanishni yoki nihoyatda borliqni badiiy tasvirlashni o‘rganadi, insho yozadi, rasm chizadi. Natijada o‘quvchilarda aqliy operatsiya va harakatlar malakasi bilimlarni amaliyotda qo‘llanish malakasi hosil bo‘ladi, diqqat, iroda, ijodiy tasavvur, faraz qilish rivojlanadi, yangi bilimlarni kashf qilish hamda gipotezalarni ilgari surish va asoslash yo‘li bilan yangi harakat usullarini topish qobiliyati tarkib topadi. Tabiiyki, yuqorida ko‘rsatilgan qoidalarni mutlaq deb bilish to‘g’ri emas, chunki o‘zlas

Доказательный фрагмент

«Maqolada ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada ta’lim tizimida samarali o‘qitish texnologiyalaridan biri – bu muammoli o‘qitishdir. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
reproduktiv, tafakkur, intellektual, divergent, ijodiy fikrlash., idrok, diqqat, assotsiatsiyalar jarayoni
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники