Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O‘ZBEK VA INGLIZ GEORTONIMLARIDA SINONIMLIK HODISASI
Aliyeva Sarvinoz Abbosjon qizi
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
Ushbu maqola o‘zbek va ingliz geortonimlarida uchraydigan sinonimlik hodisasini yoritadi. Geortonimik sinonimlar bir birlari bilan paradigmatik munosabatga kirishib, sinonimik qator hosil qiladi va rasmiy hamda norasmiy nomlarni yuzaga keltiradi. Kalit so‘zlar: geortonimik sinonimlar, sinonimik qator, rasmiy nom, norasmiy nom, ko‘p komponentli, bir komponentli sinonimlar. Geortonimlar sirasiga mansub bayram nomlari ma’lum an’analarning bardavomligini ta’minlaydi. Atoqli otlarning paradigmatik munosabatlari tilshunos olimlarning azaldan diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, asosiy munozaralar onomastik birliklar yuzaga chiqaradigan mazmuniy va shakliy qarama-qarshiliklar hamda ular o‘rtasidagi o‘zaro o‘xshashlik munosabatlari doirasida olib borilgan. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasida sinonimlar (yun. synonymos – bir nomli)ga bir umumiy nomga ega bo‘lgan (denonativ ma’nosi bir xil), qo‘shimcha (konnotativ) ma’nosi (ekspressiv, uslubiy va boshqa munosabat kabilarni ifodalovchi xususiyatlari) bilan o‘zaro farqlanadigan til birliklari – so‘z, ibora va sintaktik birliklardir deb izoh berilgan1. Onomastikada sinonimiya muammosi ko‘plab olimlar tomonidan o‘rganilgan2. Onomastik birliklarga nisbatan A.Superanskaya maxsus onomastik sinonimiya tushunchasini kiritadi va uni “polionomiya” deb nomlashni taklif qiladi. Ushbu termin bilan olima “parallel yoki turli davrlarda mavjud bo‘lgan bir xil predmetni bildiruvchi turli leksemalar”ni izohlaydi3. A.Superanskayaning fikricha, polionimlar “номинативные дублеты” (nominativ dubletlar) hisoblanib, etimologik, leksik, fonetik, morfologik jihatdan leksemali obyektlarning turli nomlarini ko‘rsatadi. Rus onomastik terminlari lug‘atida “variant (onim)” termini berilgan bo‘lib, turli til hodisalarida fonetik, morfologik va leksik jihatdan modifikatsiya qilingan nom yoki obyekt nazarda tutilgan. Bu esa A.Superanskayaning “polionim” yoki “nominativ dublet” tushunchasini yanada qo‘llab - quvvatlaydi. I.Kryukova yuqoridagi fikrlarga norasmiy astionimlar (shahar nomlari) asosida misollar keltiradi va uning yozishicha, bunday astionimlar ko‘pincha juda uzun sinonimlar qatorini hosil 1 Ўзбекистон Миллий энциклопедияси, Давлат илмий нашриёти. – Тошкент. 7-жилд, – Б. 631. 2 Азарх Ю.С. О грамматических и лингвогеографических различиях имен нарицательных и собственных с омонимичными суффиксами // Ономастика и грамматика: сб. ст. / отв. ред. Калакуцкая Л.П. – М.: Наука, 1981. – С.5–29.; Гурбанова Ф.А. О синонимии ономастических единиц в германских языках // Вестник МГОУ. Сер.: Лингвистика. 2010. № 6. – С.108–110.; Крюкова И.В. Стилистическое варьирование астионимов в современной городской лингвокультуре (по материалам словаря «Языки русских городов») // Известия Волгогр. гос. пед. ун- та. Сер.: Филол. науки. 2015. № 3. – С.134–138.; Подольская Н.В. Словарь русской ономастической терминологии. – М.: Наука, 1988.; Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973.; Чеснокова П. Лингвокультурологические особенности чешских и русских названий праздников: дис. ... канд. филол. наук. Волгоград, 2012. 3 Суперанская А.В. Общая теория имени собственного. – М.: Наука, 1973. – C.203–304. 49 qiladi, dominant so‘z neytral rasmiy astionim hisoblanib, qolgan sinonim qator so‘zlari tarqalish areali, hissiy va stilistik uslub jihatidan o‘zgargan so‘zlarni aks ettiradi4. Geortonimlarni tahlil qilish orqali milliy va umumxalq bayram nomlari orasida sinonim geortonimlar mavjudligi aniqlandi. Odatda, bunday bayram nomlari rasmiy va norasmiy nomlarga ega bo‘ladi. Rasmiy bayram nomi dominant so‘zni ifodalasa, norasmiy nomlar esa sinonimik qatorning qolgan a’zolarini aks ettiradi. Masalan, o‘zbek tilida Mehrjon (sinonimik qator dominati) – Mehrgon, Chiriruj, Nimsarda; ingliz tilida Thanksgiving (sinonimik qator dominanti) – Turkey Day, Harvest Festival, Giving Thanks Day. Bayramlarning sinonim nomlari, ko‘pincha, mamlakatimizning turli hududlarida bir xil bayramni nishonlashda odamlar tomonidan berilgan turli onomasiologik nomlar tufayli yuzaga keladi. Onomastik struktura jihatidan apellyativlarga o‘xshab sinonimlarni ikki tuzilishga ajratish mumkin: a) har xil asosli sinonimlar (Labor Day, Worker’s Day, May day;) va b) bir xil asosli sinonimlar (o‘zbek tilida Mehrjon, Katta Mehrjon, Kichik Mehrjon, ingliz tilida Halloween, All Hallows’ Eve, Hallowe’en). Shuningdek, tarkibiy tuzilmasiga ko‘ra, geortonimik sinonimlar: a) bir komponentli (Christmas, Xmas, Yuletide, Nativity;) va b) ko‘p komponentli (o‘zbek tilida Qariyalar bayrami, Umri chinorlar bayrami, Umri boqiylar bayrami; ingliz tilida Valentine’s Day, Saint Valentine’s Day, Feast of Saint Valentine, Love Day). a) har xil asosli sinonimlar 1) onomastik asosiga ko‘ra b) bir xil asosli sinonimlar Geortonimlarda sinonimlik a) bir komponentli 2) tarkibidagi komponentlar soniga ko‘ra b) ko‘p komponentli Geortonimlarda sinonimlik hodisasi “Sinonimiya” atamasi onomastik lug‘at bilan shug‘ullanuvchi onomatologlar tomonidan munozaralarga
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqola o‘zbek va ingliz geortonimlarida uchraydigan sinonimlik hodisasini yoritadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqola o‘zbek va ingliz geortonimlarida uchraydigan sinonimlik hodisasini yoritadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- norasmiy nom, sinonimik qator, geortonimik sinonimlar, ko‘p komponentli, rasmiy nom, bir komponentli sinonimlar.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026