Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ESHITISHIDA NUQSONI BO’LGAN MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALAR TA’LIM TARBIYASI
TA’LIM TARBIYASI · Jo’raxo’jaev M.X. · Raxmonova Zahro Baxromjon qizi (Andijon davlat pedagogika instituti katta o’qituvchisi)
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026
Аннотация
сегодня красиво освещены некоторые проблемы речевого развития у дошкольников и недостатки у детей с нарушениями слуха. В семье разъясняется, как родители вместе с воспитанием ребенка разговаривают с ребенком, рассказывают ему сказки, а также умелая деятельность воспитателей. Даны рекомендации и предложения детям с нарушениями речи в семье и детском саду. Annotation: today, in preschool children, some problems with speech growth and deficiencies in children with hearing impairments are beautifully illuminated. In the family, together with the upbringing of the child, a clarification of how the parents talk to the child, tell him fairy tales, and skillfully work the caregivers. Recommendations and suggestions were made to children with speech impairments in the family and in kindergarten. Kalit so'zlar: Suyrdopedagogika, jarayon, fan, nutq, oila, nuqson, talaffuz, ong, aql, ta'lim - tarbiya. Ключевые слова: Сюрдопедагогика, процесс, наука, речь, семья, дефект, произношение, сознание, интеллект, образование - воспитание. Keywords: Suyrdopedagogy, process, Science, speech, family, defect, pronunciation, mind, intelligence, education. Maxsus pedagogika tarmog'i - surdopedagogika (lot. «surdus»-karlik), eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalar va katta kishilarning rivojlanishi, ularga ta'lim-tarbiya berish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan (maxsus pedagogika tarmog'i). Eshitishda nuqsoni bo'lgan ilk va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning rivojlanishi, ularga ta'lim-tarbiya berish jarayonlari va qonuniyatlari - maktabgacha surdopedagogika fanining predmeti hisoblanadi. Maktabgacha davr eshitishda nuqsoni bo'lgan bolaning rivojlanishida muhim ahamiyatga egadir, zero korreksionpedagogik tadbirlarning barvaqt boshlanishi bola o'sishidagi kamchiliklarining oldini olishga, shuningdek, ijtimoiy faol, har tomonlama rivojlangan shaxsni tarbiyalashga yordam beradi. Maktabgacha surdopedagogikaning alohida fan sifatida o'rganilishi, eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarning yosh davrlariga xos jismoniy, psixik va fiziologik xususiyatlarning mavjudligi, bolalar turmushini tashkil etish va qulay ta'lim-tarbiya shart-sharoitlarini yaratishda ushbu omillarni hisobga olish zarurligi bilan belgilanadi. Eshtishida nuqsoni bo'lgan bolalarning rivojlanish xususiyatlari va imkoniyatlari, ularga ilk davrdan boshlab korreksion-pedagogik yordam ko'rsatish zaruratidan kelib chiqqan holda 62 belgilanadi. Eshitish qobiliyatining pasayishi bolaning umumiy va psixik rivojlanishiga, eng asosiysi nutqining shakllanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Eshitmaydigan va zaif eshituvchi bola maxsus o'rgatib borilmasa, u gapira olmaydi, atrofdagilar bilan muomalada esa chegaralangan miqdordagi imo-ishoralardan foydalanadi. Bolalar kundalik hayotida kattalarga taqlid qilgan holda oddiy amaliy faoliyat turlarini bajara oladilar, turli buyumlarning funksional vazifalarini o'zlashtiradilar va ulardan to'g'ri foydalanadilar, o'z- o'ziga xizmat ko'rsatish malakasini egallab oladilar. Bunday bolalarga maxsus ta'lim berish shart-sharoitlari yaratilmagan holda, ular o'zgalar nutqini idrok eta olmasligi oqibatida sensor va aqliy rivojlanishi so'zlashuv nutqning ta'sirisiz kechadi. Shunday qilib, eshitish qobiliyatining pasayishi va nutqiy rivojlanishning buzilishi oqibatida bolaning rivojlanishi to'xtamasa-da, ancha cheklanib qoladi. Demak, bolalarning risoladagidek rivojlanishi uchun, me'yorda eshitadigan bolalardan-da ko'proq maxsus ta'lim-tarbiya sharoitlarini yaratish talab etiladi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarga ilk yoshdan boshlab maxsus ta'lim-tarbiya berilgan holda, ularning umumiy rivojlanishidagi orqada qolishning oldini olish, mavjud nuqsonlarni korreksiyalash va ularning har tomonlama kamol topishini ta'minlash mumkin bo'ladi. Pedagogikada tarbiya qonuniyatlari to'g'risidagi fan sifatida hodisalarning keng doirasi qamrab olinadi va turli sharoitda ta'lim-tarbiyani tashkil etish masalalari ishlab chiqiladi. Maktabgacha surdopedagogika fani pedagogika fanining umumiy qonuniyatlariga asoslangan holda rivojlanadi. Maktabga surdopedagogikaning ilmiy-metodologik negizini falsafa tashkil etadi, zero, falsafa tarbiyaning maqsad va vazifalarini o'rganish metodologiyasini belgilaydi, tarbiya masalasiga ilmiy asoslangan holda yondashish imkoniyatini beradi. Ma'lumot va ta'lim nazariyasi bo'lgan didaktika surdopedagogika fanlari tizimiga kiradi. Eshitishda nuqsoni bo'lgan bolalarga ta'lim-tarbiya berish mohiyati, qonuniyatlari, tamoyillari va istiqbollarini o'rganish didaktikaning vazifasiga kiradi. Shu asosda ta'limning maqsadi, mazmuni, prinsiplari, metodlari, tashkiliy shakllari va vositalari ishlab chiqiladi. Zaif eshituvchini tekshirish jarayonida eshituvchidan foydalangan holda nutqni idrok etish imkoniyatlari aniqlanadi. Zaif eshituvchining birinchi darajasida, eshituvning pasayishi 50 db dan oshmaganda, bola 1-2 metrdan uzoq masofada gaplashish balandligidagi nutqni aniq qabul qila olgani sababli , nutqiy muomalaga kirisha oladi. Zaif eshituvchining ikk
Доказательный фрагмент
«сегодня красиво освещены некоторые проблемы речевого развития у дошкольников и недостатки у детей с нарушениями слуха.»
Образец извлечения
Демо-превьюсегодня красиво освещены некоторые проблемы речевого развития у дошкольников и недостатки у детей с нарушениями слуха. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Suyrdopedagogy, process, Science, speech, family, defect, pronunciation, образование - воспитание., ong, education., интеллект, ta'lim - tarbiya., семья, jarayon, процесс, речь, oila, mind, сознание, aql, fan, Suyrdopedagogika, intelligence, дефект, Сюрдопедагогика, talaffuz, произношение, nutq, nuqson, наука
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026