Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISSIQLIK ALMASHINISH QURILMASINI TAKOMILLASHTIRISH ORQALI ISSIQLIK ALMASHINISH JARAYONINING SAMARADORLIGINI OSHIRISH
A.N. Islomov · O.R. Abduraxmonov · A.H. Temirov
Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini ichki quvurlarida isitiluvchi suyuq xomashyo oqimini qizdirilishidan qurilmaning ichki quvurlarida bug‘ hosil bo‘lishini oldini olish orqali isituvchi agentga yuqori haroratgacha pechda qizdirish uchun sarflanayotgan issiqlik va energiya tejamkorlikka erishish va qurilmada yuzaga kelayotgan avariyalarni oldini olish ta’mirlararo vaqtini uzaytirish bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan. Kalit so‘zlar: isituvchi va isitiluvchi agent, bug‘latgich, bug‘simon uglevodorod, klapan, quvurlararo bo‘shliq, quvur to‘ri. Kirish. Neft-gaz sanoatida uglevodorod xomashyosini chuqur qayta ishlash jarayonida issiqlik almashinish qurilmalarini ish unumdorligini oshirish va energiya tejamkor texnologiyalarini yaratish keng qamrovli ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Asosiy qism. Neft-gaz va kimyo sanoatida issiqli almashinish jarayoni quyidagi maqsadlarda olib boriladi: jarayon temperaturasini berilgan darajada ushlab turish; sovuq, mahsulotni isitish yoki issiq mahsulotni sovitish; bug‘ni kondensasiyalash; eritmalarni quyiltirish va boshqalar kiradi. Bu jarayonlar alohida olingan issiqlik almashinish qurilmalarida yoki texnologiya qurilmasining o‘zida amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sanoatdagi issiqlik almashinish qurilmalari tipi, o‘lchamlari, parametrlari va materiallari bo‘yicha farqlanadi. Shuning uchun aniq sharoit uchun barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha optimal bo‘lgan qurilma tanlab olish imkoniyati mavjud [1]. Issiqlik almashinish qurilmalarini quyidagi qonuniyatlarga asoslanib tanlash mumkin: - isituvchi agentlarning bosimi yuqori bo‘lsa, qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak, bunday sharoitda quvurlarning ichiga bosimi kattaroq bo‘lgan issiqlik tashuvchi agent yuboriladi, chunki quvurlarning diametri qurilma qobig’ining diametriga nisbatan kichik bo‘lganligi sababli birmuncha yuqori bosimga bardosh bera oladi; -korroziyaga uchraydigan issiqlik tashuvchi agentni quvurli issiqlik almashinish qurilmasining quvurlari orqali beriladi, chunki quvurlar korroziya ta'sirida yemirilganda ham qurilmaning qobig’i o‘zgartirilmaydi; -korroziyaga uchratadigan issiqlik tashuvchi agentlar ishlatilganda korroziyaga bardosh beruvchi polimer materiallar (masalan, ftorplast va uning sopolimerlari) dan tayyorlangan issiqlik almashinish qurilmalari ishlatilishi kerak; -agar issiqlik tashuvchi agentlardan biri iflos bo‘lsa yoki qurilma yuzasiga cho‘kma berish xossasiga ega bo‘lsa, bunday issiqlik tashuvchini issiqlik almashinish yuzasining tozalashga qulay tomoniga yuborish zarur (masalan, qobiq-quvurli qurilmalarda quvurlarning ichki yuzasi, zmeevikli qurilmalarda esa quvurlarning tashqi yuzasi); -issiqlik almashinish sharoitini yaxshilash har doim issiqlik tashuvchining tezligiga bog‘liq bo‘lmaydi (masalan, bug‘ni kondensasiyalanish tezligi kondensatni issiqlik almashinish yuzasidan uzatishni to‘g‘ri 9 tashkil etishiga bog‘liq bo‘ladi), shu sababdan xar bir aniq sharoit uchun tegishli konstruksiyaga ega bo‘lgan qurilma tanlash lozim. Neft-gazni birlamchi hamda chuqur kimyoviy qayta ishlash texnologiyasida ko‘pincha bevosita issiqlik manbasi sifatida yoqilg‘ilarning yonishidan hosil bo‘lgan gazlar va elektr energiyasi ishlatiladi. Texnologik jarayonlarda issiqlik almashinish qurilmalarida isituvchi agent sifatida asosan suv, suv bug‘lari va texnologik jarayondan chiqayotgan yuqori temperaturali uglevodorodlardan foydalaniladi [2,3]. Qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmalarida xomashyoni isitishda qurilmaning ichki quvurlaridan suyuq xomashyo harakatlanganda ichki quvurlarda xomashyoning (xomashyoning bug‘lanish haroratiga bog‘liq holda) qisman bug‘lanishi yuz beradi. Buning natijasida quyidagi hоlatlar sodir bo‘ladi [4,5]: - isitilayotgan suyuq xomashyoning bug‘lanishi natijasida qurilmaning ichki quvurlarida bug’ hosil bo‘lish boshlanadi. Buning natijasi isitilayotgan xomashyoni ichki quvurlarda harakatlanishiga qarshilik paydo bo‘ladi hamda bosim yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi; -issiqlik almashinish samaradorligi haroratlar farqi bilan baholanadi. Issiqlik almashinish samaradorligiga katta ta’sir etuvchi omillardan biri issiqlik almashinish yuzasi, isituvchi va isitiluvchi agentlarning issiqlik berish, issiqlik o‘tkazish va issiqlik o‘tkazuvchanlik koeffitsientlari kiradi. Suyuqlikning issiqlik berish va o‘tkazish koeffitsientlari gazsimon moddalardan ancha yuqori hisoblanadi. Shuning uchun, uglevodorod xomashyosini isitishda qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini ichki quvurlarida isishidan isitiluvchi agent bug’lana boshlaydi va bu esa issiqlik almashinish samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi; -qurilmaning ichki quvurlariga bug‘ hosil bo‘lishi qurilmaning ichki quvurlarida yuzasiga ortiqcha bosim bilan ta’sir qiladi. Natijada qurilmaning ta’mirlararo vaqtini qisqartirishga sabab bo‘ladi. -qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini ichki quvurlarida suyuq xomashyo harakatlanuvchi xomashyoni yuqori haroratga isitish jarayonida
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini ichki quvurlarida isitiluvchi suyuq xomashyo oqimini qizdirilishidan qurilmaning ichki quvurlarida bug‘ hosil bo‘lishini oldini olish orqali isituvchi agen…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada qobiq quvurli issiqlik almashinish qurilmasini ichki quvurlarida isitiluvchi suyuq xomashyo oqimini qizdirilishidan qurilmaning ichki quvurlarida bug‘ hosil bo‘lishini oldini olish orqali isituvchi agen… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- bug‘latgich, quvur to‘ri., bug‘simon uglevodorod, quvurlararo bo‘shliq, isituvchi va isitiluvchi agent, klapan
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
МонографииK.J.Murodov2026