К содержанию
РецензированоEN2026

QORA BALIQ(SCHIZOTHORAX INTERMEDIUS)NING YASHASH MUHITIGA MOSLASHUVCHANLIGI

Norova Dilfuza Xolmatovna

Инновационные исследования в современном мире: теория и практика · 2026

Аннотация

The article discusses the general adaptation of blackfish to the aquatic environment in which it lives, typical of all fish species, as well as its specific adaptation to environmental factors in the reservoirs in which it occurs. In particular, information is provided about its adaptation to water temperature, its composition, seasonal changes, and food composition. Keywords: fin, protective color, ecological group, adaptation, abiotic factors, hydrobiomass, zoomass, fauna. Абстрактный. В статье описана общая приспособляемость черной рыбы к водной среде, в которой она обитает, свойственная всем видам рыб, а также ее специфическая приспособляемость к факторам среды водоемов, в которых она встречается. В частности, приведены сведения о его приспособляемости к температуре воды, ее составу, сезонным изменениям и составу питательных веществ. Ключевые слова: плавник, защитная окраска, экологическая группа, адаптация, абиотические факторы, гидробиомасса, зоомасса, фауна. Baliqlar suv muhitiga juda qulay adaptatsiyalangan umurtqali hayvon hisoblanadi. Jumladan maqolada yoritmoqchi bo’lgan qora baliq (schizothorax intermedius) turimiz ham sovuq suv muhitiga juda yaxshi moslashgan tur hisoblanadi. U mansub bo’lgan turkumning boshqa turlari singari uning ham tashqi tuzulishi va suzgichlari suv muhitiga qulay va tez harakatlanishiga imkon beradi. Qora baliqning boshqa baliq turlari singari suv muhitiga anotomik moslashish belgilari mavjud bo’lib, jumladan deyarli barcha umurtqali hayvonlarda uchraydigan yurish oyoqlari o’rnida ularda suzgich qanotlari mavjud. Bu ularning suv muhitiga tez va qulay suzishi imkonini yaratadi. Aksari baliq turlarida uchraydigan suyak tangachalar esa bir-birini ustiga joylashib, tana qoplamasini hosil qiladi. Tangachalar yupqa plastinkalardan iborat bo’lib, ancha yengil va baliqning suzishini qulaylashtiradi. Baliqning yoshi oshgan sari tangachalar ko’paymaydi, balki ularning hajmi kattalashib boradi. Sovuq tushgach tangachalar o’sishdan to’xtaydi. Ularning terisi shilimshiq modda va pigmentli hujayralar ishlab chiquvchi bezlarga boy bo’ladi. Bu esa baliq ta’nasining suvda ishqalanishini kamaytirish bilan bir qatorda uni har xil bakteriyalardan himoya qiladi. 65 Qora baliq oqayotgan suvga samarali suzish imkonini beruvchi tana shakliga ega. Barcha karplar singari qora baliq tanasi ham to’liq tangacha bilan qoplangan holda, ikkita juft suzgich bilan ta’minlangan. • Gavdaning ikki yon tomonida, jabra yoriqlaridan keyinda ko’krak suzgichi; • Gavda bo’limining qorin qismi o’rtasida qorin suzgichi joylashgan. Tanasidagi toq suzgichlar soni esa uchta bo’lib • Gavdasining deyarli o’rtasida joylashgan orqa suzgichi; • Anal teshigi yonida joylashgan anal suzgichi; • Tanasining yakuniy qismi hisoblangan dum suzgichi; Baliq tanasidagi har bir suzgich ma’lum bir funksiyani bajaradi. Masalan juft suzgichlari baliq muvozanatini saqlab, burulishni qulaylashtiradi. Toq suzgichlaridan eng muhim vazifa dum suzgichiga tegishli, ya’ni baliq harakatlanayotganda dum muskullari kuchli va tez qisqarib, suzgich baliq tanasini oldinga itaradi Shu bilan bir qatorda, tanasida faqat baliqlar sinfi uchun xos bo’lgan boshidan toki dum suzgichigacha o’tgan yon chizig’i mavjud. Bu organ tangachalarni teshib o’tgan qator qora teshiklardan hosil bo’lgan. Teshiklarning oxirgi uchi nerv uchlari bilan yon chizig’i joylashgan maxsus kanalga ochiladi. Yon chizig’i suv sharoitidagi o’zgarishlarni qabul qiladi. Ya’ni suvning oqimi va bosimini aniqlaydi. Bundan tashqari suvning tovush o’tkazuvchanligi juda kuchli bo’lganligi sababli, baliqlar uzuq- yuluq tovushlar orqali o’zaro aloqa o’rnatadi. Ya’ni ularda tovush signalizatsiyasi kuchli rivojlangan. Bu baliq turi uchun tiniq tosh yoki shag’alli substratga ega suv muhiti ideal yashash joyi hisoblanganligi sababli, asosan O’zbekiston, Qirg’iziston va Tojikistonning bir qismini o’z ichiga olgan Farg’ona vodiysi va Sirdaryo viloyatining daryo hamda tiniq oqadigan suvlarida uchraydi. Bundan tashqari Navoiy viloyati Nurota tumanidagi chashmaning hovuzida va toza suvli ariqlarida ham ular bemalol ko’payib, nasl qoldiradi. Bu baliq turlari mayda tosh shag’allar orasidan chiqadigan mnerallar va kislorotga nisbattan o’ta sezuvchan bo’lib, qayerdan suv va kislorod chiqsa, o’sha joyga yopiriladi, hamda qum va shag’allarni tumshuqlari bilan itarib yangi suv ko’zlarini ochishadi.Bu jarayon esa chashma suvi ko’payishiga sabab bo’ladi. Qora baliq turi suvda mavjud bo’lgan kaliy, kalsiy, xlor, nitrat, sulfat, magniy, kremniy, kobalt, ruh kabi 20 dan ziyod mnerallarni o’zlashtira oladi. Ekologik guruhlari va sistemetik holatidan qat’iy nazar, baliqlarning hayoti bir-biri bilan almashinib turadigan biologik sharoitning yil fasllariga qarab o’zgarib turishiga bog’liq. Ya’ni barcha tuban xordalilar singari bu baliqning ham tana harorati tashqi muhit harorati o’zgarishiga bevosita bog’liq bo’lib, havo haroratining pasayishi, ularning ham tana haroratining pasayib, harakat jadalligini susayishiga sabab

Доказательный фрагмент

«The article discusses the general adaptation of blackfish to the aquatic environment in which it lives, typical of all fish species, as well as its specific adaptation to environmental factors in the reservoirs in whi…»

Образец извлечения

Демо-превью

The article discusses the general adaptation of blackfish to the aquatic environment in which it lives, typical of all fish species, as well as its specific adaptation to environmental factors in the reservoirs in whi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
fin, protective color, ecological group, adaptation, abiotic factors, abiotik omillar, fauna., adaptatsiya, gidrobiomassa, himoya rangi, zoomassa, suzgich qanot, ekologik guruh
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники